Yaratilgan sanasi: Fri, 7 Mar 2023 13: 08: 12 +0500 Page 1-savol
Download 53.75 Kb. Pdf ko'rish
|
Xotin-qizlar o‘rtasidagi Zakovat intellektual turniri hududiy saralash bosqichi 1-15
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-savol: .
- 6-savol: .
- 7-savol: .
4-savol:
. Oksana Chusovitina haqidagi bir faktda bolgariyalik 6 marta Olimpiada o‘yinlarida qatnashgan Yordan Yaratilgan sanasi: Fri, 17 Mar 2023 13:08:12 +0500 Page 2 Yovchev eslab o‘tiladi. Oksana Yordanni ham ortda qoldirib, ko‘rsatkichni 8 taga oshirgan. Savol: Bu faktda qaysi kitob eslab o‘tilgan? Javob:“Ginnes rekordlar kitobi”. Izoh: Oksana Olimpiadalarda qatnashish soni bo‘yicha rekord sohibasi hisoblanadi. Manba: https://tinyurl.com/2p8d58bh 5-savol: . Ensiklopediyaga ishonsak, U Buxoro va Samarqandda tik holatda, Farg‘ona vodiysi va Toshkentda yotiq holatda bo‘ladi. UNI tayyorlashda qo‘y, echki yoki tuya juni ham ishlatilishi mumkin. Savol: U nima? Javob:Tandir. Izoh: Turli viloyatlarda tandirni turlicha usulda qurishadi. Tandir yasashda turli hayvon junlaridan ham foydalaniladi. Manba: https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Tandir 6-savol: . “Prendre” fransuzcha “olmoq” deb tarjima qilinadi. Fransuz tilidan kirib kelgan U hayratlanish ma’nosida ishlatilib, 1960-yilgi filmda televizor ham U deb taxmin qilinadi. Savol: U o‘rnidagi o‘zbekcha bo‘lmagan so‘zni yozib bering. Javob:Syurpriz. Izoh: Sur+ prendre nimadir olmoq ma’nosini anglatadi, syurpriz so‘zining yaxlit tarjimasi esa “inom etilgan narsadan hayratlanish” ma’nosini anglatadi. “Mahallada duv duv gap” filmida esa kir yuvadigan mashina yoki televizor syrurpiz bo‘lishi mumkin deb taxmin qilinadi. Manba: https://ru.wiktionary.org/wiki/%D1%81%D1%8E%D1%80%D0%BF%D1%80%D0%B8%D0%B7 7-savol: . Sem Bardell UNGA shunday ta’rif beradi. “U – psixiatr qimmat narxga beradigan savollarini sizga tekin taqdim etuvchidir”. 1967-yili suratga olingan filmda UNING do‘stligi ta’kidlangan. Savol: U kim? Javob:Xotin. Izoh: Xotiningiz psixatr sizga pul evaziga beradigan savollarini tekinga beradigan inson deyilgan. “Kavkaz asirasi” filmida o‘rtoq Saaxov “Arkadiy Raykin aytganidek: xotin do‘stdir odamga” jumlasini aytadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling