Bajardi: Qabul qildi: reja: Kirish


Ishning maqsadi va vazifalari


Download 164.5 Kb.
bet2/11
Sana17.06.2023
Hajmi164.5 Kb.
#1536745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Harakatli oyinlar jismoniy tarbiyada vositasi sifatida tutgan o\'rni

Ishning maqsadi va vazifalari. Hozirgi zamon pedagogika fanining asosiy vazifalaridan biri xalq xazinalarini insonparvar pedagogik tarbiya tizimida qo’llash va ulardan mohirona foydalanish, bu bebaho, xalqchil, ma’naviy boyliklarni o’qituvchilarning har kungi ta’lim-tarbiyaviy ishlariga aylantirishdan iborat.
Shunga ko’ra o’sib borayotgan avlodning tarbiya tizimida xalq pedagogikasi tajribalari yoshlarning xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita, asosiy kuch deb hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib, tadqiqotning maqsadini maktabda jismoniy tarbiya darslarida xalq milliy harakatli o’yinlaridan foydalanish orqali 7-8 yoshli o’quvchilarning jismoniy sifatlarini oshirish yo’llarini aniqlash, rivojlantirish, milliy o’yinlarning rolini oshirishning samaradorligini aniqlashdan iborat.
Tadqiqotda mana shunday maqsadlarni ko’zda tutgan holda, biz o’z oldimizga quyidagi vazifalarni qo’ydik.

  1. jismoniy madaniyatning xalq an’analari bilan bog’liqligini ko’rsatib berish, o’zbek xalq o’yinlarining va respublika ijtimoiy hayotining turli tomonlari bilan bog’liqligini oydinlashtirish;

  2. xalq milliy haraktli o’yinlaridan foydalanish orqali umumta’lim maktablarining 7-8 yoshli o’quvchilarning jismoniy tayyorgarligini aniqlab, rivojlanish jarayonini kuzatish orqali ma’lum xulosalar chiqarish;

  1. jismoniy tarbiya darslarida o’zbek xalq o’yinlaridan foydalanish orqali bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalashning samarador usullari, shakllari, yo’llarini aniqlash;

Tadqiqotning ob’ektini o’zbek xalq milliy o’yinlari, maktab o’quvchilarining jismoniy rivojlanish jarayoni umumta’lim maktablaridagi 7-8 yoshli bolalarning milliy harakatli o’yinlarga asoslangan jismoniy tarbiya darslari tashkil etadi.
1.HARAKATLI OYINLAR TASNIFI
Harakatli o’yinlarning kelib chiqishi qadim xalq pedagоgikasiga bоrib taqaladi.
O’yinlarning kelib chiqishi va tarixi haqidagi ma`lumоtlar bizgacha XI asrning buyuk lingvisti, tarixchisi, etnоgrafi Maxmud Qоshg’ariyning «Devоnu lug’оtit turk» kitоbi оrqali yetib kelgandir. Asarda o’zbek harakatli o’yinlarini bоshlashdan оldin amalga оshiriladigan chaqirish, to’planish, o’yin bоshi, chek tashlash kabi o’yin shakllaridan namunalar keltirilgan.
Zahiriddin Muhammad Bоburning «Bоburnоma» asarida ham spоrt o’yinlaridan qilichbоzlik, kurash, ko’pkari… ga alоhida e`tibоr berilib, ularni yoshlarni jismоnan baqquvat bo’lishlariga katta ta`sir ko’rsatishi ko’rsatib o’tilgan.
Ilk yoshli bоlalar оilalarda bоlaning dastlabki harakati bilan bоg’liq оvunmachоqlar, ermak o’yinlar yordamida tarbiyalanganlar. Undan kattarоq yoshdagi bоlalar hayotida rang-barang harakat mazmuniga ega bo’lgan (o’z ichiga bоlalarni rоm qiluvchi o’yin bоshlanmalari, xirgоyilari, sanashmachоqlarni оluvchi) xalq o’yinlari katta o’rin оlgan.
Maktabgacha ta’lim yoshidan bоshlab, bоlalarda o’z xalqining urf-оdatlari, an`analari, tarixini bilishga bo’lgan qiziqishni tarbiyalash maqsadida «Uchinchi
mingyillikni bоlasi» tayanch dasturida har bir yosh guruhi uchun o’rgatiladigan milliy va harakatli o’yinlar belgilab ko’rsatib berilgan.
Atоqli rus pedagоgi P.F.Lesgaft «o’yinni bоlani hayotga tayyorlashga yordam beruvchi mashq deb hisоblaydi». Bu mashq mustaqil faоliyat bo’lib, unda bоlaning shaxsiy tashabbusi rivоjlanadi va ahlоqiy sifatlari tarbiyalanadi. U har bir o’yin maqsadga ega bo’lishi kerak deydi.
Buning uchun o’yindagi harakatlar bоlaning o’zini bоshqara оlish malakasiga mоs bo’lishiga; bu harakatlar tizimli mashqlarda оldindan o’zlashtirilgan bo’lishi lоzim.
Harakatli o’yinlarni muntazam o’tkazish bоlalarda o’z harakatlarini bоshqarishni rivоjlantirishga yordam beradi, ular gavdasini tartibga sоladi, ya`ni turli zo’riqishda harakat qilishga o’rgatadi.
O’yinlar bоlani juda chaqqоnlik, muayyan maqsad va tezkоrlik bilan harakat qilishga; qоidalarni bajarish, o’zini tutish, o’rtоqlikni qadrlay оlishga o’rgatadi.
P.F. Lesgaft harakatli o’yinlar nazariyasini ishlab chiqdi, uning izdоshlari esa uni ijоdiy rivоjlantirdilar. (E.A.Arkin, N.N.Kel kо, T.I.Оsоkina)
O’zbekistоnda harakatli o’yinlar nazariyasini rivоjlanishiga Ta`lat Usmоnxўjaev, Faxriddin Xўjaevlar, Abduraxmоnоv I.R, Galiev Sh va bоshqalar o’zlarining katta hissalarini qo’shganlar.
T.Usmоnxўjaev o’zining «1001 o’yin» nоmli kitоbida harakatli o’yinlarni bоla оrganizmiga ta`siri, uning ahamiyatini to’liq оchib bergan. Shuningdek kitоbda maktabgacha tarbiya yoshidagi bоlalar yoshiga mоs keladigan harakatli o’yinlarni mazmuni va uni o’tkazish metоdikasi aniq yoritib berilgan.
Harakatli o`yinlar ertalabki va kechki sayr soatlarida tashkil etilib, kuniga 1-2 marta butun guruh, yoki guruhcha bilan o`tkazilishi kerak. O`rta va katta guruhlarda turli xil sport o`yinlari o`tkazib turiladi. Hamma o`yinlar uchun kun tartibidan vaqt ajratish va kerakli materiallar bilan ta'minlash tarbiyachining zimmasiga yuklatilgan.Tarix manbalaridan ma’lumki. Bundan uch-to‘rt ming yillar muqaddam xozirgi Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari xududlarida yashagan ota-bobolarimiz xarbiy-sport o‘yinlari (yugurish, kamondan o‘q otish, kurash) bilan jiddiy shug‘ullanganlar. Ularning botirliklari, xam piyoda, xam otda yurib ko‘rsatgan qaxramonliklari etti iqlimga yoyilgan. Bu an’ana ajdoddan avlodga o‘tib, keyinchalik temuriylar, boburiylar davrlaridaxam davom etgan. Xususan, soxibqiron bobomiz Amir Temur bolaligidan chuqur bilim egallash bilan birga jismoniy mashqlar bilan jiddiy shug‘ullanib, o‘z zamonasining eng kuchli va barkamol kishisi bo‘lib etishdi. Zaxiriddin Muxammad Boburning guvoxlik berishicha, Soxibqiron avlodlaridan SHoxrux Mirzo, Xusayn Boyqaro, Umarshayx Mirzolar xam nixoyatda epchil, jismonan baquvvat, shijoatli podshoxlar bo‘lishgan.
Har bir xalq o‘tmish avlodlaridan qolgan madaniy merosiga ega bo‘lib, uning madaniy boyliklari xazinasiga xalq o‘yinlari ham kiradi. Xalq o‘yinlari o‘zining vujudga kelishi va rivojlanishiga ko‘ra g‘ayrioddiy hodisa emas, balki xalqning hayotini obrazli, muayyan aks ettiradigan va jamiyat taraqqiyoti qonunlariga hamohang belgilanadigan faoliyatdir.
Xalq o‘yinlari xalq ijodiyotining o‘ziga xos janri bo‘lib, ko‘p asrlik tarixga ega. Ularda jamiyat rivojlanishining u yoki bu bosqichidagi ijtimoiy voqealar aniq aks etadi.
Ma’lumki, mehnat hamda faoliyatning boshqa turlari shu jumladan o‘yin ham ijtimoiy xarakterga ega. O‘yinlar kishilarning mehnat madaniyati paydo bo‘lishi va rivojlanishining asosiga aylangan tarixiy bosqichda vujudga kelgan. O‘yinlar ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Har bir tarixiy davr olamni badiiy o‘zlashtirish uchun o‘z hissasini qo‘shadi: san’at ijtimoiy hayotning ko‘p qirrali hodisalarini to‘laroq va yorqinroq aks ettirishga intilib, fan, madaniyat, siyosat, axloq va iqtisodiyotning yutuqlarini muayyan tarzda umumlashtiradi. Jamiyat taraqqiyotining ilk pog‘onalarida xalq o‘yinlaridan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish unumli mehnat bilan bog‘liq bo‘lgan. Xalq o‘yinlarining mazmuni va xarakteri hayotning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlaridan va tarkib topayotgan elatlarning psixik xususiyatlaridan kelib chiqqan, uning xarakteriga tarbiya sistemasining yo‘nalishi, mafkurasi, turmush tarzi ta’sir etgan.
Tarixiy taraqqiyot jarayonida xalq o‘yinlarining tadrijiy rivojlanishi va ulardan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishda xalq o‘yinlarining o‘ziga xos jihatlarini nazarda tutish lozim. O‘yinlar xalq tomonidan yaratilgan va kishilarning kundalik hayotidagi voqealar hamda hodisalarni obrazli aks ettirib, ularning hayotiy taassurotlarini, kuzatishlarini, tajriba va hissiyotlarini gavdalantirib, o‘zida so‘z, musiqa, raqs shakllarini mujassamlashtirgan. Masalan, ibtidoiy tuzumda bolalarni tarbiyalashning xarakterli jihati ularni urug‘ning urf-odatlari, an’analari, tarixi bilan shuningdek, xalq og‘zaki ijodi: rivoyatlar, qo‘shiqlar va raqslar bilan tanishtirishdan iborat bo‘lgan. Ibtidoiy jamiyatda yoshlarni kattalar safiga qo‘shish deb ataladigan bayram-diniy marosimlar keng tarqalgan. Bular o‘ziga xos o‘yin-musobaqalardan iborat bo‘lib, ularning mazmunini mehnat faoliyati, qabilalarning urf-odatlari, udumlari, xalq og‘zaki ijodi tashkil qilgan. Mana shunday o‘yin musobaqalarda yigitlar qurollardan mahoratli foydalana olishlarini, diniy odatlarga qoniqarli amal qila olishlarini, qabilaning muqaddas sanalgan rivoyatlarini bilishlarini namoyish etishlari lozim bo‘lgan. Marosimlarda raqslar ham ijro qilinib, ularda ibtidoiy odamlar o‘z hayotlaridagi voqealarni, yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari, shodliklari va qayg‘ularini ifodalaganlar.
Ibtidoiy odamlarning yovvoyi hayvonlarni ovlashlari va ularni o‘zlariga bo‘ysundirishga intilishlari ov voqealarini ijod qilishlariga va uni ijodiy namoyish etishlariga ehtiyoj tug‘dirdi. D.U.Elkonin o‘yin va san’atning kelib chiqishini tadqiq qilib, «Ibtidoiy kishilar ov, urush voqealarini va boshqa jiddiy faoliyat turlarini o‘yinlarda ifodalaganlar». Ovdagi muvaffaqiyatsizlikni o‘ynash ularga yo‘l qo‘yilgan xatolarni hamda muvaffaqiyatsizlikning sabablarini aniqlashda yordam bergan degan xulosaga keldi.
Ishlab chiqarish kuchlarining tobora rivojlanishi, mehnat qurollarining takomillashuvi ibtidoiy jamoa tuzimining so‘nggi bosqichlarida bolalarning ana shu mehnat qurollaridan oddiy turmush va unumli mehnatda avvalgidek foydalana olmasligiga sabab bo‘lgan. Shu tufayli bolalar o‘yinchog‘iga o‘xshagan mehnat qurollari yasala boshlangan. Bolalar o‘yinining vositasi - o‘yinchoqlar ana shu tariqa vujudga kelgan bo‘lishi mumkin. Shunday qilib ibtidoiy jamoa tuzumi davrida o‘yinning rivojlanishi faqat «Diniy dabdaba» emas, balki atrofdagi voqealikni anglash, uning haqidagi bilimlarni mustahkamlash, «Obrazga ko‘ra va tabiatga o‘xshatib ijod qilishni» o‘rganish istagi ham bo‘ldi.
Har bir xalqning o‘z milliy o‘yinlari mavjud bo‘lib, ular xalq an’analari, millatlarning madaniyati va turmushiga xos xususiyatlar zaminida vujudga kelgan. Xalq o‘yinlari ma’naviy madaniyatning ko‘rinishlaridan biridir.
Ularda etnik tarixga borib taqaladigan an’analar, ijtimoiy munosabatlar, mafkura-e’tiqodning ayrim elementlari, axloqiy-estetik me’yorlar aks etadi. Xalq o‘yinlari mamalakatning milliy xususiyatlarini, katta yoshli kishilarning fe’l - atvorini, odatlarini, mehnat jarayonlari-ni, jo‘g‘rofiy sharoitlarini ifodalaydi. Shunga ko‘ra o‘zbek xalq o‘yinlarini xalqning axloqiy-estetik tarixini, madaniyatini boshqa xalqlar bilan aloqalarini o‘rganishning manbalaridan biri sifatida qarab chiqish lozim. O‘zbek xalq o‘yinlari tarixini o‘rganishda xalq ma’naviy madaniyatining rivojlanish bosqiChlarini yoritish juda muhim ahamiyatga molik.
O‘zbek xalq o‘yinlari o‘zbek xalqi jamoa ijodining mahsuli bo‘lib, ularni keng xalq ommasi yaratgan va saqlab kelgan.
O‘yinlar o‘zbek xalqining ko‘p avlodlari turmushi va ijtimoiy hayotining zarur elementi sifatida asrlar bo‘yi takomillashib keldi hamda rivojlanishning har bir tarixiy bosqichida turli ijtimoiy vazifalarni bajardi. O‘zbek xalq o‘yinlari tarixning ijodiy kuchini, moddiy va ma’naviy boyliklarini o‘zida mujassamlashtirilgan, ularda atrofdagi voqelikni bilish va o‘zlashtirishning tarixiy tajribasi aks etadi. O‘zbek xalq o‘yinlari o‘z tabiatiga ko‘ra amaliydir. Ularda xalq badiiy madaniyatining o‘ziga xosligi, uning milliy xususiyatlari yaqqol ko‘rinadi. Mazkur o‘yinlarning milliy xarakteri zamirida xalqning madaniy boyligi, katta merosi yotadi. Folklor, ayniqsa, uning doston va tarixiy rivoyatlar kabi janrlari manba sifatida xizmat qilishi mumkin. Ko‘p o‘yinlar mazmunining mavzulari qabilalarning urf-odatlarini, qadimiy udumlarni, mehnat faoliyati yoki madaniyatini yoritish mumkin. Xalqning unutilayozgan iltijolari, baytlari va sanoqlari bolalarning xalq o‘yinlaridagi nadavom etib keladi. Guruh bo‘lib o‘ynaladigan o‘zbek xalq o‘yinlari va ayrim sport o‘yinlari qadimiy qabilalarning o‘yinlariga borib taqaladi.
O‘zbekxalq o‘yinlari qadim zamonlarda bizning eramizgacha bo‘lgan davrlarda vujudga kelgan. Buni arxeologik qazilmalar va qadimgi rim yozuvchisi Elianning etnografik materiallari ham tasdiqlaydi. Chunki ularda saklar qabi lasida o‘yin-musobaqalar juda keng tarqalgan va ular xalqning sevimli odati bo‘lgani haqida ma’lumotlar bor. Uning guvohlik berishicha saklar qabilasining yigitlariana shu o‘yin-musobaqalarda o‘zlari enggan qizlarga uylanish huquqini olganlar.
Qadim zamonlardayoq O‘rta Osiyoda yashovchi xalqlarda kurash, o‘qyoy otish, chavandozlik singari jismoniy mashq turlari mavjud bo‘lgan. Grek tarixchisi Gerodot Xorazmiylar bilan yonma-yon yashagan saklar qabilasidagi moxir merganlar haqida bunday yozgan: «Saklar dunyodagi barcha merganlar orasida o‘qni zoya ketkazmaydigan juda mohir merganlar sifatida shuhrat qozongan edi.
Xorazmda «Tayoq o‘yini» keng tarqalgan.
O‘zbek xalqining an’anaviy turmushini o‘rganishidan ma’lum bo‘lishicha, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi hududida bir vaqtlar asosan ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi elatlar yashagan. Ularning asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan. chorvachilik bilan nafaqat yarim o‘troq, balki o‘troq dehqonlar ham shug‘ullangan. Shuningdek, chorva mollaridan savdogarlar va hunarmandlar ham foydalangan. Mana shular tufayli "Podachi", "Oqsoq bo‘ri va qo‘ylar", "Echkilar va cho‘ponlar", "Oq tuya", "Bo‘ri keldi" singari qator o‘zbek xalq o‘yinlari kelib chiqqan.
Xalqimiz orasida hayvonlar va qushlar mavzuidagi juda qiziqarli "Kaptar o‘yini", "Chag‘alak", "Yumronqoziq", "Ot o‘yini" kabi raqslar keng rasm bo‘lgan.

Download 164.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling