Bajardi: qabul qildi: Reja


Download 470.08 Kb.
bet3/4
Sana22.04.2023
Hajmi470.08 Kb.
#1381915
1   2   3   4
Bog'liq
Sevinch

Yunon arxetikturasi
Qadimgi yunon adabiyotining kelib chiqishi uzoq otmishga borib taqaladi. Yunon adiblari ajoyib afsona, rivoyat, sher, qoshiq, doston, tragediya va komediyalar yaratishgan. Yunon baxshilari esa qadimgi afsona va rivoyatlarni ogzaki tarzda ijro etib avloddan-avlodga yetkazganlar.
«Gerakl», «Didalva Ikar», «Argonavtlar», «Iliada» va «Odisseya» kabi afsona, doston va rivoyatlar Yunon adabiyotining eng nodir asarlaridan hisoblanadi. Yunon adabiyotining eng mashhur namoyandalaridan biri Gomer bolib, u miloddan avvalgi VIII asrda, boshqa malumotlarga qaraganda XII asrda yashagan ekan. Gomer «Iliada» va «Odisseya» dostonlarining muallifidir. Dostonlarda yunonlarning Kichik Osiyodagi Troya shahriga qilgan yurishlari, qahramonlarning kurashlari va boshlaridan otkazgan sarguzashtlari hikoya qilingan. Yunon adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Gesiod bolib, u miloddan avvalgi VIII asr oxiri – VII asr boshlarida yashagan. Uning «Mehnat va kunlar» poemasi yunon mehnatkashlariga mehr-muhabbat, tekinxor aslzodalarga nafrat ruhida yaratilgan. Gesiod oz asarida mehnat ahlini uluglagan. Miloddan avvalgi VI–IV asrlarda Yunonistonda Esxil, Sofokl, Evripid kabi mashhur shoir-dramaturglar ijod etganlar. Ularning har biri olmas qoshiq, sher va tragediyalar yozib qoldirganlar. Ularning eng mashhuri Esxil bolib, u miloddan avvalgi 525–456-yillarda yashagan. U 90 dan ortiq tragediya yozgan. U «Tragediya otasi» hisoblanadi. Uning eng mashhur tragediyalari «Zanjirband Prometey» va « Forslar» dir. «Zanjirband Prometey» asarida pahlavon Prometeyning xudo Zevs irodasiga qarshi borib, odamlarga qamish poyasida osmondan olov keltirib beradi. Rivoyatga kora u odamlarga uy-joy qurishni, hayvonlarni qolga orgatishni, kema yasashni, «hisob ilmi» va xat-savodni orgatgan ekan. Bu ishlar Zevsni gazablantirib Prometeyni tog qoyasiga zanjirband qilishni buyuradi. Zevs temir tumshuqli qushga Prometeyning jigarini choqib yeyishni buyuradi. Prometey kelajakda kimlar Zevsni hokimiyatdan mahrum qilajagini biladi. Ammo u bu sirni Zevs yuborgan Germesga aytmaydi. Shunda Zevs Prometeyga shunday gazab qiladiki, zanjirband Prometey qoya bilan yer qariga tushib ketadi.
Esxilning «Forslar» tragediyasi miloddan avvalgi 492–449-yillardagi Yunon-Eron urushlari voqeasiga bagishlangan. Yunonistonning yana bir shoir dramaturgi Sofokldir. U miloddan avvalgi 496–406-yillarda yashab ijod etgan tragik shoirdir. U 120 dan ortiq tragediyayozgan bolib, uning «Shoh Edip» va «Antigona» tragediyalari mashhurdir. Yunon adiblari komediya sohasida ham shuhrat qozonganlar. Yunon komediyasining yirik namoyanda-laridan biri Aristofan bolib, u miloddan avvalgi 480–388-yillarda yashab ijod etgan. U «Tinchlik», «Ayollarxalqyiginida» va «Suvoriylar» kabi komik – kulgili pyesalar yaratgan. Yunoniston tarixini organishda yunon adabiyotining hissasi beqiyos darajada kattadir.
Yunonistonda ilmiy bilimlarning rivojlanishi. Qadimgi Yunonistonda fanning turli sohalari boyicha mashhur olimlar yetishib chiqqanlar.
Qadimgi Yunon olimlari Misr, Bobil va Kichik Osiyo xalqla-rining bilimlaridan kop bahramand bolganlar.
Qadimgi Sharq fani yunon dunyosi ilm-fanining rivojiga barakali tasir korsatdi.
Miloddan avvalgi VII–I asrlarda Yunoniston Gomer, Gesiod, Gerodod, Demokrit, Protagor, Gippokrat, Suqrot, Aflotun va Arastu (Aristotel) kabi ulug siymolarni yetkazib berdi.
Miloddan avvalgi VI–V asrlarda Kichik Osiyoning garbiy sohilidagi Milet shahri ilm-marifat markaziga aylangan. Bu shaharda osha zamonning mashhur olimlari, tarixchilari toplangan edi. Ularning biri miloddan avvalgi 490–424-yillarda Kichik Osiyodagi Balikarios shahrida yashab otgan Gerodotdir. U juda bilimli olim bolib, miloddan avvalgi 477–455-yillarda Misr, Bobil, Suriya, Kichik Osiyo va Qora dengiz sohillaridagi mamlakatlarga sayohat qilgan. Gerodot «Yunoniston-Eron urushlari tarixi» va kop jildli «Tarix» kitobining muallifidir.
Gerodot ozi haqida: «Gerodot ellinlar va boshqa xalqlarning ulug ishlari nom-nishonsiz qolib ketmasin deb bu malumotlarni topiadi va yozdi», deb qoldirgan. Tarixchining «Yunoniston-Eron urushlari tarixi» kitobida Yunoniston-Eron urushlari va bu urushda bevosita ishtirok etgan mamlakatlar tarixi haqida ham malumot beradi. Gerodotning «Tarix» kitobida Yunoniston, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Bobil, Eron, Turon va boshqa xalqlar haqida ham kop malumotlar bor. Gerodotni «tarix otasi» ham deydilar. Gerodotning zamondoshi Fukidid miloddan avvalgi 470–400-yillarda yashab ijod etgan. U Peloponnes urushi ishtirokchisi va u haqida asar yozgan tarixchilardandir. Mashhur yunon qomusiy olimlaridan biri Fraksiyaning Abder shahrida tugulib ijod etgan Demokritdir. Miloddan avvalgi 460–370-yillarda yashab ijod etgan Demokrit osha davrda mavjud bolgan hamma fanlar bilan shugullangan tengi yo`q olim edi. U tabiatda mavjud narsalarning hammasi zarracha – atomlardan tu-zilgan degan dohiyona fikrni ilgari surgan.
Qadimgi yunonlarda memorchilik, haykaltaroshlik va rassomchilikning kelib chiqishi Krit Mikena davriga borib taqaladi. Sanatning bu turlari asta-sekin rivojlana borib miloddan avvalgi V asrda ozining yuqori pogonasiga kotariladi. Yunon memorlari ibodatxona, teatr, saroy va jamoat binolarini qurishga alohida etibor berganlar. Ular yigilish va majlislar otkaziladigan ustunli peshayvonlar qurishga alohida etibor berganlar. Ustalar peshayvonlarning ustunlarini yogon yogochdan yonib ishlaganlar. Keyinchalik esa yogoch ustunlar orniga marmar ustunlar ishlatilgan. Miloddan avvalgi VI–V asrlarda ikki xil ustunlar ishlatilgan. Biri marmar polning ozidan osib chiqqandek usti oddiy plita bilan jilolangan. Bunday salobatli ustunlar doriy uslubidagi ustunlar deb atalgan. Bunday ustunlarni kuchli erkak kishining yogon gavdasi qiyofasida ishlaganlar.
Ikkinchi xil ustunlar ota nozik, xushbichim bolib, ular kelishgan ayol qiyofasida ishlangan. Ustunning yuqori qismi esa qochqoraing gajak va qayrilma shoxlariga oxshatilgan. Bu ustunlaiga nafis naqshlar ham ishlangan. Bunday ustun ioniya uslubidagi ustunlar deyilgan. Yunonlar agora, gimnaziya, teatr, ibodatxona va boshqa binolar qurilishiga katta etibor berganlar. Ibodatxona «xudoning uyi» hisoblanib, u togri tortburchak shaklida qurilgan. Uning tort tomoniga ustunlar ornatilgan. Ibodatxona va jamoat binolarining tomi ikki tomonga nishab qilib ishlangan.
Afinadagi Parfenon, Zevs, Afina ibodatxonalari, Afina akropoli va boshqalar jahon me`morchiligining nodir durdonalaridan hisoblanadi.
Ibodatxonalarning ichi, tashqarisi xudolar, afsonaviy qahra-monlarning haykallari bilan bezatilgan.
Afina Yunonistondagi eng gozal shahariardan biri bolgan. Qadimgi yilnomalarda «Agar sen Afinani kormagan bolsang tonkasan! Korgan bolsang-u, undan zavqlanmagan bolsang eshaksan! U yerdan oz ixtiyoring bilan ketgan bolsang tuyasan!», deb yozilgan ekan.
Haykaltaroshlik ham qadimgi yunon sanatining bir turi hisoblanadi. Bu davrda haykaltaroshlik shu darajada rivoj topgan ekanki, qadimgi yunon tarixchisi Plutarx hazil tariqasida «Afinada odamlarga qaraganda haykallar koproq» deb yozgan ekan. Ustalar asosan Zevs, And, Afina, Appalon, Dionis, Germes, Gefest kabi xudolar va mabudlarning Gomer, Gerodot, Solon, Femistokl, Perikl, Demokrit, Suqrot, Sofokl, Esxil kabi tarixiy shaxslarning byust va haykallarini juda ustalik bilan ishlaganlar. Haykaltaroshlar kurash tushayotgan polvonlar, nayzabardorlar, disk uloqtirayotgan yigitlar, Gerakl va boshqa afsonaviy qahramonlarning haykallarini shunday. mahorat bilan ishlaganlarki, uni korib kishi hayratga tushadi. Marmardan yasalgan odam haykallari bazan kishi badani rangiga boyalgan. Ularga bazan rangli toshlardan koz ham ornatganlar. Haykallar bazan yalangoch, bazan kiyimda ishlangan.
Kiyimsiz va yarim yalangoch haykallar orqali haykaltaroshlar odam tashqi qiyofasining gozalligini korsatmoqchi bolganlar.
Miloddan avvalgi V asrda yashab ijod etgan Miron, Poliklet va Fidiy kabilar Yunonistonning eng mashhur haykaltaroshlari hisoblanadilar. Haykaltarosh Mironning «Disk otayotgan yigit», «Afina bilan Marsiy», Polikletning «Nayzabardor», «Diodumen» kabi haykallari bugungi zamon kishisini ham hayratga soladi.
Fidiy oz zamonining mashhur memori va haykaltaroshi sifatida shuhrat qozpngan. Uning Parfenondagi oltin, fil suyagi va yogochdan ishlangan 12,5 metrli mabuda Afinaning tik turgan haykali juda mashhurdir. Fidiy yunonlarning bosh xudosi Zevsning Olimpiya shahridagi ibodatxonasi ichiga ishlagan haykali ham nihoyatda gozaldir. Afinadagi Parfenon ibodatxonasining tashqi va ichki tomonlari Fidiy ishlagan haykallar bilan bezatilgan. Praksitel ham mashhur haykaltarosh bolib, uning Dionis bilan Germeslarning o`ynab turgan haykali maqtovga sazovordir.

Download 470.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling