Bajardi: qabul qildi: Reja


Download 470.08 Kb.
bet1/4
Sana22.04.2023
Hajmi470.08 Kb.
#1381915
  1   2   3   4
Bog'liq
Sevinch


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI



R E F E R A T
MAVZU: Qadimgi Yunonistonda yozuvning paydo boʻlishi


BAJARDI:
QABUL QILDI:

Reja:
I.Qadimgi yunon yozuvini paydo bo’lishi
II.Qadimgi Yunoniston o'rni va tarixi
III.Qadimgi Yunonistonda adabiyot
IV.Yunon arxetikturasi
Foydalanilgan adabiyotlar

Yunon yozuvi - finikiy yozuvidan kelib chiqqan alifboli (harf—tovushli) yozuv; taxminan mil. av. 9—8-asrlarda paydo boʻlgan. Eng qadimiy yodgorliklari mil. av. 8—7-asrlarga mansub. Turi va harflar toʻplami jihatidan qadimiy frigiy alifboli yozuviga (mil. av. 8—7-asrlar) yaqinroqturadi. Yunon yozuvida, finikiy konsonant (undoshli) alifbosidan farqli ravishda, undoshlarni ifodalovchi harflardan tashqari unlilarni ifodalovchi harflar ham paydo boʻladi. Bu yozuv taraqqiyotidagi yangi bosqich sifatida katta umummadaniy ahamiyatga ega boʻldi.
Alifboli yozuv paydo boʻlgungacha greklar chiziqli boʻgʻin yozuvidan foydalanganlar (qarang Chiziqli yozuv). Alifboli Yunon yozuvi 2 tarmoqqa boʻlingan: gʻarbiy va sharqiy. Gʻarbiy Yunon yozuvi, oʻz navbatida, ayrim belgilarning yozilishidagi xususiyatlari bilan ajralib turuvchi bir qancha mahalliy koʻrinishlarga ega boʻladi. Sharqiy Yunon yozuvi klassik Yunon yozuvi va vizantiy yozuvi tarzida rivojlandi, qibtiy (kopt), got, slavyankirill, shuningdek, arman, qisman gruzin yozuvlariga asos boʻldi. Gʻarbiy Yunon yozuvi asosida esa etrusk, lotin va qadimiy german runik yozuvlari paydo boʻldi.
Klassik umumyunon alifbosi (mil. av. 4-asrdan) 27 harfdan iborat boʻlib, shu asosdagi matnlar chapdan oʻngga qarab yozilgan. "Stigma", "koppa", "sampi" belgilari faqat sonlarni ifodalash uchun qoʻllangan, keyinchalik alifbo qatoridan chiqarilgan. Yangi yunon (grek) alifbosi 24 harfdan iborat.
YU.yo.ning bir necha turlari, koʻrinishlari boʻlgan: tosh, metall, sopol kabi qattiq jismlarga bitilgan m o numental yozuv (qatʼiy kvadrat shaklli, qirrador yozuv; mil.av. 8-asr dan), unsial yozuv (dumaloqroq shaklli, nlmoqsimon yozuv; mil.av. 4-asrdan papirusda, mil. 2-asrdan pergamentda), kursiv yozuv (tez yoziladigan, qoʻlyozma shaklidagi yozuv, mil. 3-asrdan). 13-asrdan kichik minuskul (kichik harflardan iborat yozuv) barqarorlashib, dastlabki yunon bosma shrifti (15-asr) uchun asos, andoza boʻladi. Hoz. yunon bosmacha harflari 17-asrda yaratilgan.

Qadimgi Yunoniston o'rni va tarixi
Bolqon ya.o.ning jan., Egey dengizidagi orollar, Frakiya sohillari, Kichik Osiyoning gʻarbidagi dengiz sohilida joylashgan qadimiy yunon davlatlari hududining umumiy nomi.
Tarixi. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Yu. hududida odamlar paleolit davridan yashab kelmoqda. Xalkidika ya.o.dan neandertal odamining bosh suyagi chiqqan. Neolit davrida Yu. aholisi dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanib, oʻtroq hayot kechirgan. Yu.ning jez davri madaniyati shartli ravishda Kritmiken madaniyati yoki Egey madaniyati deb atalgan. Miloddan avvalgi 3-ming yilliqda Yu. etnik tarkibi rangbarang(pelasglar, leleglar va boshqalar) boʻlgan; ularni protoyunon qabilalari — axeylar, ioniyaliklar siqib chiqarib oʻz tarkiblariga singdirib yuborganlar. Miloddan avvalgi taxminan 20—17-asrlarda Krit o.da axeylarning ilk davlatlari (Knos, Fest, AgiaTriada, Mikena, Tirinf, Pilos va boshqalar) barpo etilgan. Miloddan avvalgi taxminan 1260 yil Mikena, Tirinf, va boshqalar davlatlar Troyani bosib olib, uni vayron etishgan (qarang Troya urushi). Doriy qabilalarining kirib kelishi (miloddan avvalgi taxminan 1200 yil) oqibatida davlatlar parchalanib, urugʻchilik munosabatlari jonlangan. Miloddan avvalgi 9-asrga kelib Shim. Yu.da — eoliylar, Oʻrta Yu. va Peloponnesda — doriylar, Attika va orollarda — ioniyaliklar istiqomat qilgan: 8—6-asrlarda yunonlar Oʻrta dengiz, Marmar va Qora dengiz sohillarini kolonizatsiya qilganlar. Bu davrda Yu.da polislar (shahar davlatlar) shakllangan. Dehqonlar va hunarmandlarning urugʻ zodagonlari bilan kurashi natijasiga qarab polisdagi davlat hokimiyati yo demokratik (Afinada) yoxud oligarxik (Sparta, Krit o.da) tarzda boʻlgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan polislarda (Korinf, Afina va boshqalar) qulchilik keng tarqalgan; Sparta, Argos va boshqalarda urugʻchilik tuzumi qoldiqlari saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi 6-asrda polislar Sparta boshchiligida Peloponnes ittifoqiga va Fiva rahbarligi ostida Beotiya ittifoqiga birlashganlar. 5— 4-asrlar polislarning eng ravnaq topgan davri sanaladi. U yunonfors urushlarida (500—449) yunonlarning gʻalabasi natijasida Afinaning yuksalishi va Delos ittifoqining (Afina boshchiligida) barpo etilishi bilan bogʻliq boʻlgan


Download 470.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling