Bajardi: Raimov Behzod Tekshirdi: Sayfiddinov. S tom


Download 443.81 Kb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi443.81 Kb.
#1014818
  1   2
Bog'liq
bino va inshootlar


Toshkent arxitektura Qurilish Instituti
Muhandislik Qurilish Infrastrukturasi
Fakulteti
Bino va inshootlar arxitekturasi fanidan


MUSTAQIL ISH
MAVZU:Tom yopmalari va ularga qo’yiladigan asosiy talablar
Bajardi: Raimov Behzod


Tekshirdi: Sayfiddinov.S

Tom — binoning ustini yopib turuvchi qismi. Devorlar va binoning ichini yogʻinsochindan asraydi. Yuk koʻtaruvchi (fermasarrovstropilaxari va boshqalar) hamda tunukashifertol singari yopuvchi qismlardan iborat. Shakliga koʻra, tomlar bir nishabli, ikki nishabli, toʻrt nishabli, koʻp nishabli, shatr (qubba) shaklli, chordoqli yoki chordoqsiz (yassi), baland chordoqli mansarda koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Eni keng sanoat binolarida tabiiy yoritish va havo almashtirish maqsadlarida tom oʻrtasiga fonar (oynavand tuynuk) ishlanadi. Bundan tashqari tomlarning gumbazlipiramidasimonkonussimon va qobiqsimon xillari ham boʻladi.


Tomlarning turlari

Odatda tomlar ikki turga ajratiladi: nishabli tomlar va yassi tomlar, ular bir-biridan yer sathiga nisbatan nishablik darajasi bilan farq qiladi. Ikkala turdagi tomlar oʻzining qadim arxitektura anʼanalariga ega. Nishabli tomlar asosan yomgʻirli iqlim sharoitlarida qoʻllanilgan. Yassi tomlaranchagina quruq iqlimda, yomgʻir onda-sonda yogʻadigan, qor muammosi esa deyarli mavjud boʻlmagan joylarda foydalaniladi.


Nishabli tomlar
Binoning nishabli tomi quyidagi unsurlardan tashkil topadi: nishab deb ataluvchi qiya tekisliklar, ularning asosini stropil toʻsinlari va obreshyotkalar tashkil qiladi. Tom nishabligining asosiy vazifasi – suv va qorni yoʻnaltirib yuborish. Kuchli qor va yogʻingarchilik boʻlib turadigan hududlar aholisi tikka nishabli tomlar barpo etishni afzal koʻradilar. Bunday tomlar qimmatroq boʻladi, chunki ularni qurish uchun qoʻshimcha materiallar talab etiladi, buning ustiga bunday tomlarni taʼmirlash ham murakkabroq boʻladi.
Yassi tomlar
Yassi tomlar deb odatda nishablik darajasi 3%gacha boʻlgan tomlarni aytadilar. Biroz nishablik suvni samarali tarzda ketkazish uchun zarurdir.[2] Yassi tomlarda odatda chordoq boʻlmaydi, lekin ulardan ayvon (terrasa) sifatida foydalansa boʻladi. Shuningdek yassi tomlarda oʻsimliklar eksa boʻladi. Yassi tomlar bilan bogʻliq eng katta muammo - bunday tomlar yuqori darajada harorat oʻzgarishlari taʼsiriga duchor boʻlishidir.

Download 443.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling