Bajardi: Rajabova Inobat Tekshirdi


Download 44.21 Kb.
bet3/3
Sana21.03.2023
Hajmi44.21 Kb.
#1285614
1   2   3
Bog'liq
Banklarning muammoli kreditlari va ularning hisobi

Personal capacity - qarz oluvchining shaxsiy fazilatlari (odilligi, maqsadining jiddiyligi yaxshi ishchi sifatida tavsifi va boshqalar);

  • Revenues - mijoz daromadi, oilaning yalpi daromadi tahlili. Bunda mijozning kreditni qoplash xarajatlari uning oylik daromadlarining 1/3 qismidan oshmasligi kerak.

  • Material capacity - ssudaning ta’minlanishi, mijozning ko‘chmas va boshqa mulklari tahlili;

    Ko‘pincha mijozning pul oqimlari to‘g‘risida ma’lumot talab qilinadi.
    Pul oqimi (cash flow) - bu mijozning xarajatlarini va majburiyatlarini qoplash uchun xususiy resurslarining etarliligi yoki yo‘qligini o‘lchaydi.
    Rivojangan mamlakatlarda mijozni kreditlashning muhim jihati kredit berish jarayonining (yuridik va jismoiny shaxslarga) markazida inson turadi. Masalan,
    Germaniyada qanday kredit olishdan qat’iy nazar, qarz oluvchi o‘zining shaxsiy fazilatlari va to‘lovga layoqatliligi to‘g‘risida bir qator hujjatlarni bankka berishi lozim.
    Kredit berish jumbog‘ini echishda nemis bankini qiziqtiradigan muammolar quyidagilardan iborat: mulkka egalik qilishi, daromadning boshqa manbalari, korxona daromadidan shaxsiy foydasi, shaxsiy qarzlari, soliq majburiyatlari, oila a’zolarining mulkiy holati, musobaqalarda ishtiroki.
    Fransiya va Belgiyada tijorat banklari Markaziy bankdan individual ssudalarni to‘lamaydiganlar haqida ma’lumot olish huquqiga ega. Lyuksemburgda bank sirini saqlash zaruriyati tufayli bu huquq ishlatilmaydi. Lekin, mijozning, masalan, jamg‘arma depozitini ssuda olingan bankka ko‘chirish imkonyati banklar uchun yaratilgan. Bulardan tashqari mijoz kreditni to‘lay olmasa, maoshidan akseptsiz shaklida undirib olish huquqini bankka beradi.
    Bular bilan bir qatorda mijoz obro‘sini baholash ham juda muhimdir. Buni baholashning bir yuli - kredit skoring yulidir. Skoringni (ochko, ball yig‘ish) har bir bank holati, vaziyatiga qarab o‘zlari ishlab chiqadilar.
    Kredit skoring modeli birinchi bo‘lib, amerika iqtisodchisi D.Dyuran tomonidan 1940 yillar boshida ishlab chiqilgandi. U ball hisoblashda quyidagi koeffitsientlarni qo‘lladi:
    Bu koeffitsientlarni qo‘llash bilan Dyuran "yaxshi" va "yomon" mijoz o‘rtasidagi chegarani 1,25 ball deb oldi. 1,25 balldan yuqori balli mijozlar kreditga layoqatli hisoblangan, bundan kam ball yiqqanlar esa kreditga layoqatsiz deb topilgan.
    Hozirda AQSH banklari idividual shaxslarni kreditlashda turli xil yondashuvlar ishlab chiqmoqdalar. Har bir bank o‘zining xususiy tizimini ishlab chiqmoqda.Ko‘pgina Amerika banklari o‘z amaliyotida mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashda ikki xil usuldan foydalanadilar:
    banklar birinchi mijozni bank talablari yuzasidan tekshirib chiqadi va kredit berish yoki bermaslikni hal qiladi.
    kreditga layoqatlilikni baholashda balli tizimdan foydalaniladi. Bunda matematik korrelyasion tahlil va omillar tahlilidan foydalaniladi.
    Banklar mijoz balansining moddalari va bo‘limlari orasidagi turli proporsiyalarni ta’riflovchi boshqa moliyaviy koeffitsientlarni ham hisoblaydi. Banklar bu koeffitsientlarni me’yoriy kattaliklarini belgilaydilar va mavjud kattaliklarni ular bilan solishtirib, so‘ng solishtirish natijalariga ko‘ra mijozning kreditga layoqatliligi hisoblanadi. Koeffitsientlarning me’yoriy chegarasi turli tarmoq, hudud va boshqalardagi korxonalar uchun turlicha bo‘lishi mumkin. Bunday baholashlar haqiqatga yaqinroq bo‘lishi uchun uzoq muddat orasidagi mijozning moliyaviy ahvolini nazorat qilib borish, o‘zgarishning aniq yunalishlarini, davrlarini, qonuniyatlarini aniqlovchi xususiy statistik ma’lumot bazasini yaratish zarur.
    Bank kreditga layoqatlilikning ball (reyting) tizimini qo‘llashi ham mumkin, unda, har bir koeffitsientga (uning normativga yaqinligiga qarab) ballarda belgilanadi va to‘plangan ballar yig‘indisiga qarab mijozning yuqori, o‘rta yoki past guruh likvidlik bo‘yicha ajratiladi. Mijozni reytingi bo‘yicha qaysi gurhga mansubligiga qarab kredit talablarini susaytirishi, kuchaytirishi yoki umuman kreditlashni rad etishi mumkin.
    Qarz oluvchi moliyaviy holatini baholash bilan birga bank uning iqtisodiy holatini, faoliyat jarayonini, ishlab chiqarish mol etkazib beruvchilar va xaridorlar bilan munosabatlarini, korxona egalari bilan ellanma ishchilar o‘rtasidagi, boshqaruvchi va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadi. SHuningdek, bank foydalani-layotgan texnologiyalar, vositalar, ularning yangiligini va raqobatbardoshligini o‘rganadi, bozorlarni egallash (yoki to‘xtatish) imkoniyatlarni va boshqalarni baholaydi. Hujjatlrni tahlil qilish bilan birga bank xodimlari mijozlarni "joylarga" borib tekshirish, mijozlarning ish jarayonini tartibi va tashkil etilishi bilan tanishishi maqsadga muvofiq.
    Keyingi paytlarda, ayniqsa, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda bank mijozlarining ma’naviy-axloqiy sifatlariga tobora ko‘p e’tibor berilmoqda. Bu sifatlarning etarli darajada aniq baholash imkonini beruvchi testlar va uslublar yaratildi.

    Adabiyotlar:

    1. Finans Podredaksiyey V.M. Rodinovoy. M.: Finansы i statistika, 1995.
    2. D. Shim i D. Sigel. Finansovыy menedjment. M.,1996.
    3. D. Shim i D. Sigel. Metodы upravleniya stoimostyu i analiza zatrat. M., 1995.
    4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora - tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni, (1997. 31-yanvar). Soliq va bojxona xabarlari, 1997-y. 6 - 12-yanvar. 7 - son.
    5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora - tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni, Xalq soʻzi. 2000-y. 21-mart.
    6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori. Toshkent oqshomi. 2001-y. 24-avgust. 99 - son.
    7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʻjaliklarini mablagʻ bilan taʼminlash, moddiy - texnik taʼminlash, ularga bojxona imtiyozlari berish, bank xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha chora - tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori. (2001. 10-sentyabr). Mulkdor, 2001-y. 14 - 20-sentyabr. 37 - son
    Download 44.21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling