Bajardi: S2A-21 guruh talabasi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Transformatorlarni vazifalari va qollanilish sohalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Transformatorlarni vazifalari va qo`llanilish sohalari.
О‘ZBEKISTОN RESРUBLIKASI ОLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG‘ОNA РОLITEXNIKA INSTITUTI «QURILISH» FAKULTETI «ELEKTROTEXNIKA» FANIDAN Bajardi: S2A-21 guruh talabasi Parpiyev Axrorbek FARG‘ONA-2023 Transformatorlarning tuzilishi, ishlash prinsipi va ish rejimlari. Reja; 1. Transformatorlarning vazifasi va qo‘llanishsohalari. 2. Bir fazali transformatorning tuzilishi va ish prinsipi. 1. Transformatorlarni vazifalari va qo`llanilish sohalari. O`zgaruvchan tok kuchlanishini chastotasini o`zgartirmay uning miqdorini orttiruvchi statik elektromagnit apparat, yoki kuchlanish miqdorini orttirib yoki kamaytirib beradigan elektroinduktsion statik apparat–transformator deyiladi. Elektr energiyasi, elektrostantsiya generatorlaridan iste’molchilarga uzatiladi; iste’molchilar esa ko`pincha stantsiyadan uzoq masofalarda joylashgan bo`ladi. Energiya isroflarini kamaytirish va simlarning og’irligini kamaytirish maqsadida generatorlardagi kuchlanish miqdorlarinini bir necha o`n yoki yuz marotaba katta bo`lgan elektr uzatish kuchlanishigacha ko`tarish kerak bo`ladi. Transformatorlardan juda ko`p maqsadlarda foydalaniladi. Transformator berk po`lat o`zak – magnit o`tkazgichdan tuzilgan bo`lib, bu magnit o`tkazgichga o`zaro elektr kontaktga ega bo`lmagan ikki yoki bir necha chulg’am o`ramlari joylashtirilgan bo` ladi. Magnit o`tkazgichning chulg’amlari joylashgan qismi o`zak–deb ataladi. Elektr energiyasi manbaaadan kelib kiradigan chulg’am– birlamchi chulg’am deb, energiya iste’molchisi ulanadigan boshqa chulg’am ikkilamchi chulg’am deb ataladi. Hozirgi kunda mamlakatimizda sanoat korxonalari va xalq xo`jalik iste’molchilari-ni elektr ta`minoti markazlashtirilgan davlat energetika tizimidan amalga oshiriladi. Elektr ta`minoti sxemasi bilan tanishib chiqamiz: energotizimni 500 kV li, 380 kV li, 220 kV li, 110 kV li yuqori kuchlanishli tarmog’idan 35 kV li nimstantsiya orqali 35 kV li ta`minlash liniyasi ketadi. Ularga 35/6…10 kV li rayon nimstantsiyalari ulanadi, ulardan esa 6…10 kV li taqsimlovchi liniyalar ketadi. Bu liniyalarga 6…10/0,4 kV li pasaytiruvchi nimstan- siyalar ulanadi. Qoida bo`yicha bunday nimstantsiyalar iste’molchilarga yaqin joylarga o`r natiladi. Ulardan esa 380/220 V li past kuchlanishli tarmoq orqali tarqatiladi. Iste’molchi- larni elektr energiya bilan ta`minlash uchun manbaalari va uni sxemasi quyidagi keltirilgan. 57- rasm: Iste’molchilarni energotizimdagi manbaaalirini ko`rinishi. 58- rasm: Iste’molchilarni energotizimdagi ta`minot sxemasini ko`rinishi. Barcha elektr energiyasi iste’molchilari 3 toifaga bo`linadilar. Birinchi toifa iste`-molchilarini elektr ta`minotida uzilishlarga yo`l qo`yilmaydi. Shuning uchun ular ikki mus taqil yuqori kuchlanishli tarmoqqa ulangan ikkita transformatorlar nim stantsiyalaridan en-ergiya bilan ta`minlanadilar. Bu toifaga kiruvchi iste’molchilarga quyidagilar kiradi: metal lurgiya va avtomobil zavodlari, chorvachilik komplekslari, parranda fabrikalari, issiqxona lar, don quritish komplekslari. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling