Bajardi: Safaraliyev b tekshirdi: Reja


SHAXSIY KOMPYUTER avlodlari almashuvi hakida ma'lumotnoma


Download 49.05 Kb.
bet9/11
Sana27.06.2023
Hajmi49.05 Kb.
#1657170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bahrom

SHAXSIY KOMPYUTER avlodlari almashuvi hakida ma'lumotnoma
1-avlod (1950 yillar boshida). Element bazasi elektron chiroklar. ShAXSIY KOMPYUTER katta hajmi, ko’p elektr quvvati iste'mol etishi, kam harakatchanligi, kam ishonchliligi, kodlarda dasturlanishi bilan ajralib turgan.
2-avlod (1950 yillar oxiridan). Element bazasi yarim utkazgichli elementlar. Oldingi avlod ShAXSIY KOMPYUTERga nisbatan barcha texnik xususiyatlari yaxshilangan. Dasturlashtirish uchun algoritmik tildan foydalanilgan.
3-avlod (1960 yillar boshi). Element baza-integral chizmalar. ShAXSIY KOMPYUTER hajminng keskin kichrayishi, ishonchliligining ortishi, samaradorligini ortishi. Ma'lum masofadagi terminallardan alohida bulish.
4-avlod (1970 yillar urtalaridan). Element bazasi- mikroprosessorlar, katta integral chizmalar. Texnik xususiyatlari yaxshilangan. Shaxsiy kompyuterlarning ommaviy chiqarilishi. Rivojlanish yunalishi; yukori ishlab chiqarish quvvatiga ega qudratli ko’p prosessorli hisoblash tizimlari arzon mikro ShAXSIY KOMPYUTERlarni yaratish.
5-Avlod (1980 yillar urtalaridan). Intellektual kompyuterlar ishlab chikarila boshlandi.
3. Dasturlar turlari
Kompyuterda xar xil turdagi ma’lumotlar saklanadi. Ular bilan ishlash uchun biz xar xil maxsus dasturlar bilan foydalanishimiz zarur, chunki kompyuter uzi xech kanaka xarakatlar bajarmaydi u fakat bizning buyruklarimizni va kursatmalarimizni bajaradi. Buyruklar va kursatmalar ketma-ketligi esa dastur deb nomlanadi (dastur tushunchasi yukoridagi mavzularda utilgan). Dasturlar 3 turga bo’linadi:
1) SISTEMA DASTURLAR TURI. Sistema dasturlar bu kompyuter ishini boshkaruvchi va xar xil yordamchi amallarni bajaruvchi dasturlar.
Masalan: fayllar ustidan xar xil amallar bajarish (kayta nomlash, yaratish, uchirish, nusxasini olish, xajmini uzgartirish), diskni tozalash va tekshirish, kompyuterni sozlash ( tashki qurilmalar ishini boshkarish). Sistema dasturlar ichida 4 dasturlar guruxlari ajratilib turadi. Bular: operatsion tizimlar (sistemalar), utilita dasturlar, drayver dasturlar va dastur qoplamalar.
Shulardan operatsion sistemalar dasturlar guruhi juda katta ahamiyatga ega. Bu dasturlar kompyuter ishini boshqaradi, xar xil dasturlarni kompyuter xotirasiga yuklaydi va bajaradi, fayllar, kataloglar va disklar ustidan xar xil amallarni bajaradi. Xamma dasturlar shu operatsion sistema dasturning imkoniyatlaridan foydalanadi va shuning uchun xamma dasturlar fakat shu dastur orqali ishga tushadi. Eng tanikli operatsion sistemalar: MS-DOS va Windows (Microsoft korporatsiya) dunyodagi kompyuterlarning 75-80%, Makintosh (Apple firmasi) dunyodagi kompyuterlarning 5-10%, Linux va Unix dunyodagi kompyuterlarning 10-15%. MS-DOS operatsion tizimi bilan biz keyin yaqinrok tanishamiz.
Utilita-dasturlar bu operatsion sistemani imkoniyatlarini kuchaytiruvchi dasturlar. Masalan: disklar ustidan xar xil amallarni bajaruvchi dasturlar, kompyuter ishini tezlashtiruvchi dasturlar, malumotlar xajmini uzgaruvchi dasturlar, viruslarni aniqlovchi dasturlar va xokazo.
Boshka ko’p tarqalgan sistema dasturlardan biri bu drayver dasturlari va dastur-qoplamalar. Drayverlar-dasturlar bu operatsion sistemaga tashki va ichki qurilmalar bilan ishlashda qulay liklar yaratuvchi dasturlar. Bu dasturlar asosan shu qurilmalar chikaruvchi firmalarda yaratiladi va qurilmalar bilan birga tarkalinadi. Masalan: monitorlar drayverlari, SD-ROM lar drayverlari va xokazo. Dastur qoplamalar bu operatsion sistemaning imkoniyatlardan chiroliy va qulay xolda foydalanishni taminlovchi dasturlar. SHulardan eng tanikliysi bu NORTON COMMANDER dasturi, bu dastur bilan biz 4-bobda tanishamiz.
2) AMALIY DASTURLAR TURI. Amaliy dasturlar bu ma’lumotlar bilan ish jarayonida foydalanadigan dasturlar.
Masalan: matn ma’lumotlarni yaratish va taxrirlash, rasm va tasvir ma’lumotlarni yaratish yoki uzgartirish, malumotlar ombori bilan ishlash, musika va video ma’lumotlarni kurib chikish va taxrirlash.
Amaliy dasturlar foydalangan ma’lumotlar turiga kura guruxlanadi: matn muxarrirlari (Word, Lexicon, WD, Notepad, Write va xokazo), rasm va tasvir muxarirlari, rasm va tasvirlarni kursatuvchi dasturlar (Corel, Adobe Photoshop, Imaging, ACDSee, Paint vaxokazo), musika va video muxarrirlari, musika va video kursatuvchi dasturlar (Adobe Premier, Winamp, universal proigrovatelь va xokazo), jadvallar muxarriri (Lotus, Excel va xokazo), ma’lumotlar ombori bilan ishlovchi dasturlar (Access, Dbase, FoxPro va xokazo), uyin dasturlari, urgatuvchi dasturlar, bugalteriya va moliya dasturlar, va boshqalar.
3) INSTRUMENTAL DASTURLAR TURI. Instumental dasturlar bu yangi dasturlar yaratuvchi dasturlar sistemalari.
Instrumental dasturlaga maxsus dasturlash tillari bilan ishlaydigan dasturlar sistemalari kiradi. Ular dasturlash tiliga ko’ra farqlanadi: S, Basic, C++, Delphi, va boshkalar. Bu dasturlar sistemalar uziga bir nechta dasturni jamlagan bulib bular: dasturlash tili muxarriri, translyator, komplyator va boshqa yerdamchi dasturlar.
Bundan tashqari xamma dasturlar pulliy, bepul va kisman pulli bulishi munkin. Masalan: drayverlar asosan bepul yoki kisman pulliy bo’ladi, mashxur bulmagan firmalar dasturlari xam bepul eski qisman pulliy bo’ladi, tanikli firmaning maxsuloti esa pulliy. Bepul dasturlar asosan imkoniyatlari qiskartirilgan xolda bo’ladi.
Oxirga paytlar pirat nusxa dasturlari xam juda ko’p tarkalgan. Shuning uchun dasturlarni pirat va original nusxa turlariga bulish xam mumkin. Pirat dasturi original dasturga qaraganda juda arzon bo’ladi, lekin bu dasturlarga xech kanday kafolat berilmaydi. Shuning uchun katta firma va korxonalar, banklar va davlat idoralari fakat original dasturlardan foydalanadi.
Xar bitta dastur o’zining nomeriga ega. Bu nomer versiya deb nomlanadi. Versiyalar asosan raqamlar bilan qo’yiladi va oxirgi paytlarda, dastur chiqqan yili bo’yicha qo’yiladi. Masalan Windows 95 eki Windows 98 eki Windows 2000. Xar bitta yangi versiyali dastur , oldingi versiyalardan qulayliklar va imkoniyatlari ko’p bo’lgani bilan eki kompyuterga talablari o’zgargani bilan farqlanadi.

Download 49.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling