Bajardi: Salimov Sardorbek
Gurux 710 19
Mustaqil ish
Lokal tarmoq topologiyasi.
Reja:
Kommunikatsiya dasturlari. Kompyuter tarmoqlarini boshqaruvchi
vositalar
Muloqot etalon modeli
Kompyuter tarmoqlariga doir standartlar va tashkilotlar
Kompyuter tаrmоg‗i topologiyasi haqida umumiy tushuncha
Monokanal topologiya tarmog‘i
Tayanch tushunchalar: Bridge, Desk Link, LapLinkIII, Fast Lynx Boshlovchi va tugatuvchi bit, SmartCom; Windows SmartCom, CrossTolk, WinCom,
1.Kommunikatsiya dasturlari. Kompyuter tarmoqlarini boshqaruvchi vositalar.
Kompyuter tarmoqlarini boshqaruvchi vositalar – turli kompyuter tarmoqlarini boshqarishga, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqani yo‘lga qo‘yishga xizmat qiluvchi vositalar bo‘lib, imkoniyatlariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
ketma-ket portlar orqali maxsus kabel yordamida ulangan kompyuterlar o‘rtasida ma‘lumot almashishga xizmat qiluvchi vositalar. Bularga Brooklin Bridge, Desk Link, LapLinkIII, Fast Lynx dasturlari misol bo‘la oladi;
ma‘lumot almashishda telefon kanalidan (agar modem bo‘lsa) foydalanishga imkon beruvchi vositalar. Bularga Telemate, Procomm, DataLine dasturlari misol bo‘la oladi;
kichik lokal tarmoqlarini tashkil qilish hamda ularni boshqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga Lantastic, Personal Netware kabi dasturlar misol bo‘la oladi;
katta lokal tarmoqlariga fayl-servis xizmatini ko‘rsatish va shu tarmoqlarni boshqarish imkonini beruvchi vositalar. Bularga Nowell OS, Unix OS, OS/2, Windows NT, Linux, Windows Server kabi dasturlar misol bo‘la oladi;
telefon, radio, kosmik yo‘ldosh aloqa kanallari, optik-tolali kanallar orqali bog‘langan xalqaro miqyosdagi kompyuter to‘rlarini boshqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga Internet, Euronet, Fidonet, Relcom kabi tizimlarni boshqaruvchi hamda ular bilan ishlovchi turli brauzerlar, elektron pochta vositalari,
Web-peyjerlar, faks-dasturlar misol bo‘la oladi.
Modem orqali ma‘lumot almashinish uchun maxsus dasturlar zarur. Ko‘pgina operatsion sistemalar tarkibida bunday dasturlar mavjud va yaratilmoqda. Masalan, Macintosh System da - SmartCom; Windows SmartCom, CrossTolk, WinCom, Comm Works, Telix, Procom Plus, Hyper Terminal; OSF2 Warp da - Hyper Access dan foydalanish mumkin. Bunday dasturlar ko‘pincha modem bilan birga disketalarda sotiladi. Kommunikatsion dasturlar kompyuterlar orasida aloqa o‘rnatishdan tashqari yana bir qator quyidagi ishlarni bajaradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |