Bajardi: Sanoat farmatsiyasi
Download 1.25 Mb.
|
мустакил
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent-2020
- IRAMOKS kapsulasi
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI KAFEDRA:DORI VOSITALARININING SANOAT TEXNALOGIYASI FAN:SANOAT FARMATSIYASI Mustaqil ish Mavzu:Kapsulalar nomenklaturasi va tarkiblariBajardi: Sanoat farmatsiyasi401B-guruh talabasiRavupov TemurbekTekshirdi:Sadiqova NozimaToshkent-2020Reja: 1.Kapsulalar haqida umumiy tushuncha. 2 .Iromaks kapsulasining tarmoq standarti 42:02.2002 ,o’yicha standartlash. 3 .Iramoks kapsulasining asosiy farmokoterapevtik xossalari. 4. Foydalanilgan adabiyotlarKapsula lotincha – “capsula” so‘zidan olingan bo‘lib, futlyar, qobiq, quti degan ma’noni bildiradi. Sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan kapsulalar dozalarga bo‘lingan, qobiq bilan himoyalangan dori moddasidan tashkil topgan dori shakl, asosan ichish uchun, shuningdek rektal va vaginal usullarda qo‘llashga mo‘ljallangani bo‘libKapsulalarni birinchi bo‘lib fransuz dorishunoslari Mot (Mothes) va Dyublan (Dublane) 1833-yilda taklif qilishgan. Hozirgi kunga qadar AQSh farmakopeyasiga kiritilgan 40 dan ortiq, Angliya farmakopeyasiga kirgan 30 dan va Xalqaro farmakopeyaga kirgan 10 dan ortiq maqolalar bu dori shaklining tutgan mavqei qanchalik yuqori ekanligini isboti bo‘la oladi. Jelatina kapsulalari uch xil usulda tayyorlanishi mumkin: 1. Qolipni jelatina eritmasiga botirib olish, 2. Tomchilash, 3. Taxtakashlash.Kapsulalarlarda “Dori vositalari sifatini standartlari” .Asosiy qoidalar tarmoq standarti TSt 42 - 01 : 2002 rasmiy nashrda keltirilgan quyidagi sifat ko’rsatkichlari o’rganilishi kerak: 1. Dori vositasining lotin, davlat va rus tillaridagi nomlari 2. Xalkaro patentlanmagan nomi 3. Tarkibi 4. Tashqi ko’rinishi 5. Chinligi 6. O’rtacha og’irligi va massaning bir hilligi 7. Erishi 9. Begona aralashmalar (o’xshash birikmalar) 10. Mikrobiologik tozaligi 11. Dozalarning bir hilligi 12. Miqdoriy tahlili 11.O’rami 14. Yorliqlash 15. Tashish 16. Saqlash 17. Yroqlilik muddati 18. Asosiy farmakoterapevtik guruhi
IRAMOKS kapsulasi.Preparatning savdo nomi: Iramoks Taʼsir etuvchi modda (XPN): amoksitsillin Dori shakli: kapsula Tarkibi: 1 kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: amoksitsillina trigidrat – 0,25 g i 0,5 g; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, kalsiy stearati yoki magniy stearati, talk. Taʼrifi: oq rangli, oʻziga xos hidli kapsulalar. Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotiklar (penitsillinlar guruhi). Farmakologik xususiyatlari Yarim sintetik penitsillinlar guruhiga kiruvchi keng taʼsir doirasiga ega antibiotik. Bakteriotsid taʼsir ko’rsatadi, hujayra qobigʻi sintezini susaytiradi. Grammusbat mikroorganizmlarga (gemolitik va nogemolitik Streptococcus spp., Staphylococcus spp., betalaktamaza (penitsillinaza) ishlab chiqarmaydigan Clostridium spp., Bacillus anthracis, Corynebacterium diphtheriae, Enterococcus spp.) va grammanfiy mikroorganizmlarga (Haemophilus influenzae, Bordetella pertussis, Proteus mirabilis, Brucella spp., Neisseria gonorrhoeae va Neisseria meningitidis, Salmonella spp., Shigella spp., Esherichia coli, Borrelia burgorfery, Helicobacter pylori) nisbatan faol. Beta-laktamaza (penitsillinaza) ishlab chiqaradigan mikroorganizmlarga (Pseudomonas, indol-musbat Proteus, Serratia, Enterobacter) nisbatan faol emas. Farmakokinetikasi Preparat meʼda-ichak yoʻlida amalda toʻliq (93%) soʻriladi, ovqatlanish preparatning soʻrilishiga taʼsir qilmaydi, meʼdaning kislotali muhitida parchalanmaydi. Plazmada eng yuqori konsentratsiyasiga ichilgandan keyin 1-2 soatda erishiladi. Preparatning 17% ga yaqini plazma oqsillari bilan bogʻlanadi. Tananing toʻqimalariga biologik suyuqliklariga (orqa miya suyuqligi bundan mustasno), ona sutiga kiradi, hamda yoʻldosh toʻsigʻidan oʻtadi. Jigarning normal faoliyatida oʻt suyuqligidagi konsentratsiyasi qondagi konsentratsiyasidan 2-4 marta koʻp boʻladi. Katta qismi buyrak orqali, asosan naychalar ekskretsiyasi bilan, 50% ga yaqini oʻzgarmagan holda ajralib chiqadi. Yarimchiqarilish davri 1-2 soat, jigar faoliyati buzilganda u oʻzgarmaydi, ammo buyrak faoliyati buzilganda (kreatinin klirensi 15 ml/min ga teng yoki kam) uzayadi, anuriyada esa (5-15 soat) o’rtacha 8,5 soatga yetadi. Qoʻllanilishi Preparatga sezgir boʻlgan mikroorganizmlar chaqirgan infeksiyalarni, ayniqsa nafas yoʻli, siydik-tanosil tizimi, oʻt suyuqligi yoʻllari, meʼda-ichak yoʻli, teri va yumshoq toʻqima yuqumli kasalliklarini davolashda qoʻllanadi. Antibiotik-jarrohlik kompleks davolash doirasida oʻt pufakchasi va oʻt yoʻllarini salmonella tashuvchiligidan sanatsiya qilish uchun qoʻllaniladi.
Ichga, ovqatlanishdan oldin yoki keyin ichiladi. Kattalar va 10 yoshdan katta boʻlgan bolalarga (tanasining vazni 40 kg dan ortiq boʻlsa) odatda sutkasiga 1,0-1,5 g dozada tavsiya qilinadi. 5 yoshdan 10 yoshgacha boʻlgan bolalarga bir sutkalik dozasi odatda 0,75 g ni, 2 yoshdan 5 yoshgacha – 0,375 g ni, 2 yoshdan kichik boʻlgan bolalarga 30 mg/kg ni tashkil qiladi. Sutkalik dozasi 2-3 mahalga boʻlib ichiladi. Ogʻir kechuvchi yuqumli kasalliklarni davolash uchun qabul qilish dozasini ikki martaga oshirish mumkin. Preparat bilan davolash muddati 5-7 kundan kam boʻlmasligi kerak, ammo surunkali bronxit xurujida odatda faqat yiringli balgʻam ajralishi davrida qoʻlaniladi. Beta-gemolitik streptokokklar chaqirgan infeksiyalarda, asoratning oldini olish maqsadida kamida 10 kungacha davolanish tavsiya qilinadi. Kasallik belgilari yoʻqolgandan keyin ham preparatni 48 soat davomida ichish tavsiya qilinadi. Oʻtkir soʻzakda 3 g preparatni 1 g probenetsid bilan birgalikda bir marta qabul qilinadi. Ayollarni davolaganda koʻrsatilgan dozani takrorlash tavsiya qilinadi. Jigar faoliyatining pasayishida preparatning dozasi oʻzgartirilmaydi. Gemodializdan keyin preparatning chiqib ketgan dozasi toʻldiriladi. Buyrak faoliyati buzilgan kasallarda kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam boʻlganda, preparatning dozasi kamaytiriladi yoki qabul qilish oraligʻi uzaytiriladi. Kreatinin klirensi 15-20 ml/min boʻlganda preparatni qabul qilish oraligʻi kamida 12 soat boʻlishi kerak. Anuriya bilan ogʻrigan bemorlarga preparatning sutkalik dozasi 2 g dan oshmasligi kerak. Siydik-tanosil yoʻllari yuqumli kasalliklarida qabul qilish dozasini oʻzgartirish talab qilinmaydi. Nojoʻya taʼsirlari Alboʻgʻinlarda ogʻriq, eozinofiliya; juda kam hollarda anafilaktik shok, Kvinke shishi. Ovqat hazm qilish yoʻllarini buzilish hollari: koʻngil aynishi, qusish, diareya, orqa chiqaruv teshigi qichimasi. Juda kam hollarda psevdomembranoz va gemorragik kolitlar, ayrim hollarda interstitsial nefrit rivojlanishi mumkin. Juda kam hollarda agronulotsitoz, trombotsitopeniya boʻlishi mumkinlergik reaksiyalar: eritema, eshakemi, rinit, konʼyuktivit; ayrim hollarda isitma,. Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar Penitsillinlarga, sefalosporinlarga oʻta sezuvchanlikda, ogʻir jigar yetishmovchiligida, amoksitsillinga taʼsirchan boʻlmagan mikroorganizmlar, ayniqsa psevdomonadlar va stafilokoklar chaqirgan yuqumli kasalliklarda, allergiya, bronxial astma, pichan tumovi yoki anamnezida eshakem, yuqumli mononukleoz, limfoleykoz, emizish davri va homiladorlikda qoʻllash man etiladi. Dorilarning oʻzaro taʼsiri Bakteriostatik antibiotiklar (tetratsiklin, xloramfenikol, makrolidlar) bilan birgalikda ichilganda oʻzaro antogonizm yuzaga keladi. Aminoglikozid va sefalosporin guruhi antibiotiklari bilan qoʻllanganda mikrobga qarshi taʼsirida sinergizm kuzatiladi. Allopurinol bilan birgalikda ichilganda terida allergik reaksiyaning qayd qilinishi oshirmaydi. Preparat steroid homiladan saqlovchi vositalarning taʼsirini kamaytiradi xamda penitsillin va sefalosporinlar bilan qarama-qarshi sensibilizatsiyaga ega. Probenitsid, fenilbutazon, oksifenbutazon, atsetilsalitsil kislota, sulfinpirazonlar preparatning plazmadagi konsentratsiyasini va uning yarim chiqishini koʻpaytiradi. Antatsidlar preparatning soʻrilishini kamaytiradi. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: meʼda-ichak yoʻli faoliyatining buzilishi: koʻngil aynishi, qusish, diareya va uning natijasida suv-elektrolit balansi buzilishi mumkin. Davolash: meʼdani yuvish, faollashtirilgan koʻmir va tuzli ich suruvchi vositalar buyurish, suv-elektrolit balansi buzilganda esa tuzli eritmalar bilan infuziya tavsiya qilinadi. Chiqarilish shakli Kapsula 0,25 g va 0,5 g dan. Saqash sharoiti Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin. Dorixonalardan berish tartibi Retsept boʻyicha. Yaroqlilik muddati 2 yil. ADABIYOTLAR RO’YXATI 1.Djalilov X.K.Xaydarov V.R.Qodirov M.M.“Tayyor dori vositalarining sifatini dori vositalarini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash fanidan laboratoriybaholash, qadoqlash va o‘rash”.. “Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyI”. Toshkent-2014. 2. Dean D.A., Evans E.R., Hall I.H. (2000) Pharmaceutical packaging technology, Taylor & Francis.New York, NY, USA.. 3. Дин Д., Эванс Э., Холл Я. Упаковка лекарственных средств. Материалы, технологии, применение. Перевод с английского языка под редакцией В.В.Береговых, Л.Л.Гурарий. Санк-Петербург. 2016. 751 с. 4. Xaydarov V.R., Djalilov X.K. Tayyor a mashg‗ulotlarini bajarish bo‗yicha o‗quv-uslubiy qo‗llanma. Toshkent. 2018. – 214 B.Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling