Bajardi: sevarabonu ayupova fan: falsafa va madaniyatshunoslik mavzu: yangi o


Yangi O’zbekiston-yangi madaniy yuksalish


Download 47 Kb.
bet2/3
Sana05.09.2023
Hajmi47 Kb.
#1673070
1   2   3
Bog'liq
Madaniyat Mustaqil 1 referat.

Yangi O’zbekiston-yangi madaniy yuksalish.
Dunyo tamadduniga munosib hissa qo‘shgan davlatlar yer yuzida sanoqligina. Ulardan biri jonajon Vatanimiz, O‘zbekistondir. Uning o‘tmishiga murojaat qilsak, 3000 yillik tarixga ega bu yurt ne-ne qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazib, ne-ne sinovlarga bardosh bermadi deysiz?. Shu sababli ham bugungiday dorilamon kunlarga eson-omon yetib keldi. Shu sababli ham yurtimizning ozod va obod bo‘lishini astoydil istagan, buning uchun kerak bo‘lsa, jonini ham fido qilgan buyuk ajdodlarimiz orzusi ro‘yobga chiqdi. Agar ona diyorimizning shonli tarixiga razm solsak, haqiqatan uning naqadar buyuk ekanligiga shak-shubhamiz qolmaydi. Negaki, ikki daryo oralig‘ida joylashgan jannatmonand diyorimiz asrlar osha o‘zining tarix silsilasidagi o‘rnini yo‘qotmadi. Balki, yanada boyitdi. Sarhadlarimizga kelgan yovuz kuchlarga qarshi mardonavor kurashdi. Bu fikrlarimiz tasdig‘ini To‘marisu Shiroq, Spitamenu Manguberdi, Najmiddin Kubro-yu, Amir Temur, Cho‘lponu Behbudiy kabi buyuk ajdodlarimiz misolida ko‘rib, ana shunday qudratli yurtning baxtli farzandlari ekanligimizdan faxrlanamiz. Mamlakatimiz o‘zining boy o‘tmishi, tarixiy va ko‘hna madaniyatiga ega o‘lkadir. Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy va Hakim at-Termiziy, Burhoniddin Marg‘inoniy, al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, az-Zamaxshariy, Forobiy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur singari buyuk siymolar faoliyati jahon hamjayati tomonidan e’tirof etib kelinmoqda. Ajdodlarimizning ilm-ma’rifat va madaniyat sohalarida amalga oshirgan ilmiy-ijodiy kashfiyotlari Birinchi va Ikkinchi Renessansning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qildi. Bugun biz mutlaqo Yangi O‘zbekiston barpo etilayotgan, mamlakatimiz hayotining barcha sohalari yangilanayotgan, xalqimizni yuksalish sari yetaklayotgan - Harakatlar strategiyasining yangi bosqichdagi mantiqiy davomi 7 ta ustuvor yo‘nalish va uni amalga oshirishga qaratilgan 100 ta maqsaddan tashkil topgan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi samarali amalga oshirilayotgan zamonda yashayapmiz.
Mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan O‘zbekiston jamiyatining bugungi kuni, yangi taraqqiyot bosqichining maqsad-muddaolarini yaqqol va yaxlit ifodalaydi. Ayni paytda u mamlakatimizda keyingi yillarda keng quloch yoygan islohotlarning pirovard natijalariga erishishning samarali yo‘llari va imkoniyatlarini ham o‘zida aks ettiradi. Keyingi yillarda mamlakatimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda, zalvorli yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Bu borada, shubhasiz, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasini bugun xalqimiz yurak-yuragidan his etmoqda. Bu kabi islohotlar va xalqchil chora-tadbirlar “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan chinakam xalqparvarlik tamoyili asosida amalga oshirilmoqda. Ilgari surilayotgan yangi g‘oyalar va tashabbuslar hamda olib borilayotgan oqilona siyosat dastur-ul amal bo‘lib xizmat qilmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Yangi O‘zbekistondagi Yangi uyg‘onish - Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini barpo etish yo‘lida xalqimiz ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlod vakillari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada ta’lim-tarbiya, ilm-fan, ma’rifat va madaniyat Uchinchi Renessansning mustahkam poydevori sifatida belgilandi. Bu borada muhim vazifalardan biri har bir shaxs, ayniqsa, yosh avlodni Uchinchi Renessans barpo etilishiga ishontirishdan iborat. “Biz maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqasi, deb bilamiz, - deb ta’kidladi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. - Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz”.

Yangi O‘zbekistonni jahon maydonida kuchli salohiyat, munosib obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan, har tomonlama obod va farovon mamlakatga aylantirish borasida ma’naviy omillar ham muhim o‘rin tutadi. Zero, ma’naviyat – insonlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, hurmat va e’tibor, xalq va davlat kelajagini birgalikda qurish yo‘lidagi ezgu intilishlar, ibratli fazilatlar majmuasidir. Zero, ilgari surilayotgan islohotlar qanchalik puxta o‘ylangan, qanchalik keng qamrovli bo‘lmasin ularning samaradorligi bevosita jamiyatning har bir a’zosiga chambarchas bog‘liqdir. Zero, kimki jamiyatni o‘zgartirishni istasa, avvalo o‘zini isloh qilishi lozim. O‘zbekistonning kelajagi hamda uning nurli istiqboli birinchi navbatda yurtimizdagi yoshlarni tarbiyalash, sog‘lom va barkamol avlodni o‘stirishga qaratilgani ham bejiz emas albatta. Bugun esa ushbu yo‘nalishda qilingan ishlarning samarasini ko‘rib behad mamnun bo‘layapmiz. Vatanimiz mustaqillikka erishganligi tufayli milliy qadriyatlarimizga ham e’tibor kuchaydi. Milliy qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma’naviy asoslardan biridir. Istiqlol sababli haqiqiy qadriyatlarimizni bilib olmoqdamiz. Shuningdek, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillarining madaniyati, tili, urf-odatlari rivojlanishi uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan. Shuni alohida e’tirof etish joizki, 2019-yilda Buyuk Britaniyaning The Economist jurnali O‘zbekiston Respublikasini Yil mamlakati deb e’lon qilindi. Bir so‘z bilan aytganda, mustaqil va jonajon vatanimizning yanada gullab-yashnashiga munosib hissa qo‘shish barchamiz uchun muqaddas burch sanaladi. Zero, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, istiqlolga osonlikcha erishmadik. Shu bois, buyuk o‘tmishimizdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda buyuk kelajagimizni yanada mustahkam qilib yarataylik. Bu borada ulug‘ ajdodlarimizga munosib voris bo‘lish hech qachon bizni tark etmasin.


Bugun Oʻzbekiston oʻz mustaqil taraqqiyotining sifat jihatdan yangi bosqichiga qadam qoʻydi. Bu yoʻlda u jahonning koʻplab mamlakatlari va yirik xalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, xorijiy davlatlar bilan doʻstona hamda oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishilyapti.
Aytish mumkinki, davlatimiz rahbari bugungi kunda nafaqat Oʻzbekiston, balki Markaziy Osiyoning farovonligi uchun jon kuydirayotgan, mintaqani sanoati rivojlangan, obod va dunyo bilan keng integratsiyalashgan hududga aylantirish orzusi bilan yashab, shunga monand mehnat qilayotgan yetakchi sifatida namoyon boʻlmoqda.
Qisqa davr ichida Oʻzbekiston xalqi mamlakatimizning jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallashiga asos boʻluvchi ulkan yutuqlarni qoʻlga kiritdi. Yevropaning bir qator davlatlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik sezilarli darajada mustahkamlanib, BMT, YEXHT, SHHT, IHT va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi.
Zero, Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan hamkorlikni oʻz tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri deb, bilishi bejiz emas. Negaki, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning qoʻhna qitʼa mamlakatlari bilan barcha jabhalardagi aloqalari jadal surʼatlarda yuksalib boryapti. Pirovardida oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi davri boshlandi.
Masalan, Prezidentimizning birgina Germaniya davlatiga rasmiy tashrifi doirasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda salmoqli kelishuvlarga erishildi. Shu boisdan Oʻzbekiston uchun Germaniya ulkan siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-intellektual salohiyatga ega boʻlgan ishonchli hamda uzoq muddatli sherik, deb ayta olamiz.
Inchunin, Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasida barcha sohada faol muloqot, yaqin aloqalar yoʻlga qoʻyildi, tajriba almashilyapti.
Shunga monand ravishda Prezidentimiz rahbarligida boshlangan islohotlar va modernizatsiya jarayoni, jumladan, qoʻshni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash boʻyicha siyosatni Germaniya Federativ Respublikasi toʻliq qoʻllab-quvvatlayapti.
Germaniyada chop etiladigan nufuzli “Berliner Telegraph” jurnalining dekabr oyidagi sonida Oʻzbekistonning zamonaviy taraqqiyotiga bagʻishlangan tahliliy maqola eʼlon qilingani buning yorqin ifodasidir.
Taniqli nemis siyosatshunosi Mattias Dornfeldning “Oʻzbekistonning yangi imiji:ochiqlik va hamkorlikka tayyorlik” sarlavhali maqolasida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli demokratik oʻzgarishlar, mamlakatimiz rahbarining tashqi va mintaqaviy siyosati haqida batafsil soʻz yuritilgan. Oʻzbekiston Yevroosiyoning markazi va Markaziy Osiyodagi eng koʻp aholi yashaydigan davlat sifatida mintaqaviy hamkorlikda yetakchi mavqega ega ekani bayon qilingan.
Maqolaning yana bir muhim xususiyati shundaki, unda Oʻzbekiston rahbarining koʻplab tashabbuslari Germaniyaning Yevropa Ittifoqi Kengashiga raisligi davrida qabul qilingan YEI Markaziy Osiyo strategiyasining maqsad hamda vazifalariga mos kelishi oʻz ifodasini topgan. Mamlakatimiz rahbarining iqtisodiy islohotlari boshlangandan buyon Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar, shu jumladan, Germaniya Oʻzbekistonning muhim sheriklari ekani haqida toʻxtalib oʻtilgan.
Tahliliy maqolaga asoslanib mubolagʻasiz aytish mumkinki, Oʻzbekiston Prezidentining oʻzbek jamiyati manfaatlari yoʻlidagi istiqbolli islohotlari Germaniya tuzilmalari tomonidan qatʼiy qoʻllab-quvvatlanmoqda. Maqolada davlatimiz rahbari tomonidan BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan yangi xalqaro tashabbuslarning mazmun-mohiyati va ahamiyati ochib berilgani diqqatga sazovordir.
Shubhasiz, Oʻzbekistonda xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi, aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash davlat siyosatining bosh mezoni etib belgilangani, mintaqa mamlakatlari bilan yaxshi qoʻshnichilik, doʻstlik va hamkorlik asosida faol munosabatlar oʻrnatish tashqi siyosat sohasidagi ustuvor tamoyil, deb eʼlon qilingani bugun toʻla oʻzini oqlamoqda. Dunyoga ochiq boʻlish, umumeʼtirof etilgan demokratik prinsiplarni amalda joriy etish jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorlikning asosiy yoʻnalishi sifatida qabul qilingani dunyo jamoatchiligi tomonidan yuqori baholanmoqda.
Bularning barchasi Prezidentimizning Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yoʻlida tunu kun tinim bilmasdan, bor bilim va tajriba, kuch va imkoniyatlar safarbar etilayotgani hamda bu jarayon tobora kuchayib, yangi sifat bosqichiga koʻtarilib borayotganidan dalolat beradi. Zotan, Shavkat Mirziyoyev prezidentlik faoliyatining ilk kunlaridanoq Oʻzbekistonning tashqi va mintaqaviy siyosati sezilarli darajada oʻzgardi.
Xulosa oʻrnida aytganda, bugun Oʻzbekiston xalqaro tashkilotlar doirasida muntazam ravishda muhim tashabbuslar va siyosiy takliflarni ilgari surmoqda. Prezidentimiz amalga oshirayotgan ulugʻvor ishlarni nafaqat xalqimiz qoʻllab-quvvatlamoqda, balki dunyo hamjamiyati ham alohida eʼtirof etmoqda. Bu mustaqil Oʻzbekistondagi yangicha boshqaruv, yangi strategiya va yangi imkoniyatlarning amaldagi yorqin namunasidir.

Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling