Faqir bir-biri suhbatina mulozim bo’lur, sayohat qilur edilar. Biri zaif va biri qaviy


Download 16.65 Kb.
bet1/2
Sana03.05.2023
Hajmi16.65 Kb.
#1423592
  1   2
Bog'liq
Ona tili 3-variant milliy reyting


Hikoyat
Ikki xurosoniy faqir bir-biri suhbatina mulozim bo’lur, sayohat qilur edilar. Biri zaif va biri qaviy edi. Zaif kunduz uruj tutar, kecha iftor etar, dag’i qaviysi kunda uch navbat yemak yer. Bir kun bularni bir shaharning eshikinda josus deb tuhmat bilan tuttilar.
Ikkisin bir evga soldilar, dag’i eshikni mahkam bekittilar. Bir jum’adan so’ngra ma’lum qildilarkim, yozuqlari yo’q emish, kelib ko’rdilarkim qaviysi o’lmish, zaifi salomat qolmish. Taajjub qildilarkim, nechuk bo’ldi deb. Bir hakim hozir edi. Aytti:
“Agar munung xilofi bo’lsa, ajab bo’lg’ay edi. Ul biri ko’p yer edi, ochliqqa toqat kelturmadi, o’ldi. Dag’i bu biri oz yer edi, odatincha sabr etib salomat qoldi.



Birinchi savol: Birinchi ustunda matnda ajratib berilgan so`zlar keltirilgan.Ikkinchi ustundan shu so`zlarga sinonim(ma’nodosh)bo`lib kela oladigan birliklarni aniqlang va yuqoridagi tegishli doiralarni bo`yang.




1) faqir
2) mulozim
3) qaviy
4) uruj
5) dag’i
6) yozuq
7) xilof

A) kuchli, baquvvat
B) tag’in, yana
C) gunoh, ayb, qilmish
D) farq, tafovut
E) kambag’al, oddiy
F) ro’za, tiyilish
G) quloq soluvchi, xizmatkor




Ikkinchi savol: Biri zaif va biri qaviy edi. Ushbu gapda qaysi bo`laklar uyushib kelganligini va bu so`zlar qaysi so`z turkumiga oid ekanligini aniqlang va yuqoridagi tegishli doiralarni bo`yang(ikkita javob to`g`ri).




A) ega
B) kesim
C) to`ldiruvchi
D) sifat
E) ot





Download 16.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling