11-taqdimoti reja: Mavzu: So’roq-taajjub reja


Download 105.49 Kb.
Sana16.09.2023
Hajmi105.49 Kb.
#1679241
Bog'liq
11-MUSTAQIL ISH

QarDUPIning BTS201-guruh talabasi Xudoyarova Farangizning ona tili fanidan tayyorlagan

11-taqdimoti

REJA:


Mavzu:So’roq-taajjub

REJA:

1.So’roq-taajjub yuklamalari

2.Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari

3.Ayiruv-chegaralov yuklamalari

4.O’xshatish-qiyoslash yuklamalari

5.Gumon va inkor yuklamalari

SO’ROQ-TAAJJUB YUKLAMALARI

  • Gapning mazmuniga so’roq-taajjub ma’nosini yuklovchi yordamchi so’zlarga so’roq yuklamalari deyiladi.
  • Yozuvda -mi yuklamasi so’zga qo’shib, qolgan yuklamalar:- chi, -a,- ya, esa chiziqcha bilan ajratib yoziladi.

Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari

  • Gapning ma’lum bir bo’lagi yoki butun gap ma’nosini kuchaytirib, ta’kidlab keluvchi yuklamalar kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari hisoblanadi.
  • Hatto, nahotki, ham, g’irt bu singari so’zlar kuchaytiruv-ta’kid yuklamalaridir.

Ayiruv-chegaralov yuklamalari

  • O’zi qo’shilayotgan so’zning ma’nosini ayirib-chegaralab keluvchi faqat, -gina, atigi, xolos, yolg’iz yuklamalari ayiruv-chegaralov yuklamalari hisoblanadi.Bulardan faqat sof yuklama , -gina vazifadosh yuklamadir.

O’xshatish-qiyoslash yuklamalari

  • So’z yoki gapga o’xshatish-qiyoslash ma’nosini yuklovchi xuddi, go’yo, go’yoki, naq, bamisli, misoli kabi yordamchi so’zlar o’xshatish-qiyoslash yuklamalari hisoblanadi.Shuningdek, ular ergashtiruvchi bog’lovchi vazifasida ham kelishi mumkin.

Gumon yuklamasi

  • Gap mazmuniga gumon ma’nosini yuklovchi –dir, -ov qo’shimchalari gumon yuklamasi hisoblanadi.Bu yuklama –man, -san qo’shimchalari qatorida turuvchi uchinchi shaxs qo’shimchasi –dir bilan shakldoshdir. –dir yuklamasi urg’u olmaydi.

Inkor yuklamasi

  • Gap mazmunidagi inkor ma’nosini uqtiruvchi hech, sira, aslo, na…na kabi so’zlar inkor yuklamalari hisoblanadi.Bunday yuklamalar qo’llanganda, gapning kesimi inkor shaklida bo’ladi.

So’roq-taajjub yuklamalariga oid misollar

  • 1.”Shumi momo aytgan bolang?” -deb so’radi.
  • 2.Bedavlatning o’tgan umri zoyami , Mard kishi sirni elga yoyami?
  • 3.-Qancha so’raysiz-a?
  • 4.-Ey, aylanay, jiyanim, esonmisan, omonmisan,-deb otning ustidan ko’tarib olib, olmaday qilib qo’yniga solib qo’ydi.
  • 5.Qani ko’raylik-chi?

Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari

  • 6.Shunday bo’lsa ham, “cho’t-cho’tdan ortiq bo’larmi”, cho’tdan aytib qo’ya qolaman-da, -deb Go’ro’g’libek otasiga qarab, Avazxon o’g’lon, yag’rini yoziq polvon bir so’z dedi.
  • 7.Avazni o’ldirding-u, men sening qo’lingdan ayirib olayotibmanmi?

Oxshatish-qiyoslash yuklamalari

  • 8.Bundan Ravshanning qahri kelib,ikki ko’zi qonga to’lib, misoli she’rday bo’lib, yelkasi qirday bo’lib, qobilaboshining so’ziga qahri
  • kelib, bir so’z dedi.

  • 9.Rost turganda o’tirikni qaytib aytay, tong oldida tuvadigan yulduz misoli ikkita ko’zi bor.
  • 10.Tog’laring tegrangda go’yo Bo’g’ma ajdar bo’ldi-yu…
  • 11.Otasining xuddi o’zi.

Ayiruv-chegaralov yuklamalari

  • 12.Toki odamlar meni ko’rmasin, faqat mehnatimni ko’rsin.
  • 13.Bizni porloq kelajakka Mustaqillik yo’ligina eltadi.
  • 14.Ukaginam esingni yig’ib ol.
  • 15.Uyimizda qiziqarli kitob ko’p, faqat ularning hammasi ilmiy kitoblar xolos.

Gumon yuklamasi

Inkor yuklamasi

  • 17. Yurmasman hech behishtni izlab,Topolmasam, chekmasman ozor.
  • 18. Ko’nglimni tutolmas na ov, na o’yin, Nimadir izlardim, bilmayman o’zim
  • 19. Hayosizda or bo’lmas, aslo vafodor bo’lmas.
  • 20. Hayratga tushmasman bu holdan sira. Dunyo, bu- quvg’indi ohuday yelar .

Download 105.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling