Bajardi: Sh. Odilov
Download 228.06 Kb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquqdan
JHF A potok 2-gr
16.12.2020 yil KAZUS 1.2019 yil dekabr' oyida Xitoyning Uxan provinsiyasida SOVID-19 koronovirus infeksiyasi tarqalib borayotgani aniqlandi. Ushbu infeksiya keyinchalik dunyoning boshqa mamlakatlariga ham tarqala boshladi. 2.Buning natijasida 2020 yil 29 yanvar' kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida” gi F- 5537-son farmoyish qabul qilindi. 2020 yil 11 mart kuni Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyo miqyosida SOVID-19 koronovirus infeksiyasi tarqalib ketgani munosabati bilan pandemiya e'lon qildi. Ushbu kasallik O‘zbekistonga ham kirib keldi va 2020 yil 15 mart kuni mamlakatda karantin e'lon qilindi. 3.Karantin sharoitida kasallikning tarqab ketishini oldini olish maqsadida Respublika komissiyasi tomonidan turli cheklov choralari o‘rnatila boshlandi. Jumladan, avtotransportda ertalab soat 07.00 dan 10.00 gacha va kechki vaqt soat 17.00 dan 20.00 gacha harakatlanishga ruxsat berildi. Qolgan vaqtda harakatlangan fuqarolar javobgarlikka tortildi. 4.E.Rustamov 2020 yil 5 avgust kuni soat 16.00 da oilasi bilan avtotransport vositasida yaqin qarindoshini ko‘rgani ketayotganda ichki ishlar organi xodimi tomonidan to‘xtatildi va sodir etgan huquqbuzarligi uchun ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. E.Rustamov bayonnomaga imzo qo‘yishdan
bosh tortdi. Bunga sabab sifatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga binoan u shaxsiy erkinlik, respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish singari huquqlarga ega bo‘lib, ushbu huquqlar daxlsiz ekani, ularni sud qarorisiz cheklab qo‘yishga hech kim haqli emasligini, shunday ekan Respublika komissiyasining qarorlari bilan uning konstitusiyaviy huquqlari cheklanishi Konstitusiya va qonunning ustunligi prinsipiga to‘g‘ri kelmasligini aytdi. Download 228.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling