Hujjatni qabul qilib olgan bank xodimi, uni uchala qismining bir xil, to’liq va to’g’ri to’ldirilganligini tekshirib chiqadi, agar operatsiya o’tkazish mumkin deb topsa, hujjatning barcha qismlariga o’z imzosini qo’yib, ushbu hujjatni kassaning kirim jurnaliga qayd etadi. Kirim kassa jurnali bankda yuritiladigan sintetik hisob yuritish hujjati bo’lib hisoblanadi, har bir mijozdan qabul qilingan badalnoma ketma-ket tartibda qayd etib boriladi. Kassaning kirim jurnalida uni rasmiylashtirilayotgan sana, badalnoma nomeri, pul topshirgan korxonaning hisobvarag’i nomeri, topshirilishi lozim bo’lgan pul summasi va nima maqsadda pul topshirilayotganligi, ya’ni hisobot simvoli ko’rsatiladi. Shundan so’ng qabul qilib olingan badalnomalar kassaning kirim jurnali bilan birgalikda ichki tartibda kassa bo’limiga uzatilidi. Pul qabul qilish uchun bankda kirim kassalari bo’lib, hujjatlar aynan shu kassa kassiriga beriladi. Kirim kassa kassiri pul topshiruvchi mijozni chaqirib, undan pul qabul qilib oladi. Qabul qilib olingan pul kassir tomonidan qayta sanab chiqiladi. - Hujjatni qabul qilib olgan bank xodimi, uni uchala qismining bir xil, to’liq va to’g’ri to’ldirilganligini tekshirib chiqadi, agar operatsiya o’tkazish mumkin deb topsa, hujjatning barcha qismlariga o’z imzosini qo’yib, ushbu hujjatni kassaning kirim jurnaliga qayd etadi. Kirim kassa jurnali bankda yuritiladigan sintetik hisob yuritish hujjati bo’lib hisoblanadi, har bir mijozdan qabul qilingan badalnoma ketma-ket tartibda qayd etib boriladi. Kassaning kirim jurnalida uni rasmiylashtirilayotgan sana, badalnoma nomeri, pul topshirgan korxonaning hisobvarag’i nomeri, topshirilishi lozim bo’lgan pul summasi va nima maqsadda pul topshirilayotganligi, ya’ni hisobot simvoli ko’rsatiladi. Shundan so’ng qabul qilib olingan badalnomalar kassaning kirim jurnali bilan birgalikda ichki tartibda kassa bo’limiga uzatilidi. Pul qabul qilish uchun bankda kirim kassalari bo’lib, hujjatlar aynan shu kassa kassiriga beriladi. Kirim kassa kassiri pul topshiruvchi mijozni chaqirib, undan pul qabul qilib oladi. Qabul qilib olingan pul kassir tomonidan qayta sanab chiqiladi.
- Kassirlar o’zlari qabul qilgan va topshirgan pul summalarini 0482155 shakldagi alohida daftarga qayd etib boradilar. Operatsiya kun oxirida kirim kassasining har bir xodimi, ya’ni kassiri qabul qilingan hujjatlar asosida 0482109 shakldagi ma’lumotnomani tuzadi va undagi summani o’zi qabul qilgan pul summasi bilan qiyoslaydi. Ma’lumotnomani kassir imzolaydi va unda ko’rsatilgan kassa oborotlarini operatsiya xodimlaridagi kassa jurnallaridagi yozuvlar bilan solishtiradi. Bu qiyoslash kassa jurnalida kassirning va kassir ma’lumotnomasida operatsiya xodimlarining imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |