Maktabgacha yoshdagi bolalarning didaktik o’yinlar orqali mantiqiy o’ylash qobiliyatini oshirish


Download 14.47 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi14.47 Kb.
#1642470
Bog'liq
Didaktik o




Maktabgacha yoshdagi bolalarning didaktik o’yinlar orqali mantiqiy o’ylash
qobiliyatini oshirish.
Elimizning kelajagi yosh avlodni tarbiyalash, maktabgacha talim tashkilotlaridan boshlanadi. Bolaga faqat bilim va tarbiya beribgina qo’ymasdan ularning kelajagini ham maqsad qilishimiz lozim. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hozirgi kunda mashg’ulotlar “Ilk Qadam” o’quv dasturi asosida olib boriladi. Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishida o’yinning ahamiyati juda kuchli. Pedagog tashkillashtiruvchi sifatida har bir o’quv mashg’ulotini o’yin turi bilan olib borishi lozim. Bolaning hayoli, asosan o’yinda yuzaga chiqadi. O’yin bolaga o’ziga ishonch orttira oladigan darajadagi bir ma’suliyatli ish hisoblanadi. Bola o’ynaganda yonidagi hissiyotlardan foydalanadi. O’ylash deganimiz esa, chinakam dunyoning inson miyyasida aks etishidir. Sababi, narsalar va predmetlarni sezgi a’zosi orqali tanib bo’lmaydigan ichki hislarini ma’nosi va sirini faqat aql bilan tanishimiz mumkin. O’yin-bolaga yetakchi harakat hisoblanadi. Mantiqiy o’ylash- bu o’ylashni to’g’ri qurishning qarorlari va formalari, qoidalari haqidagi ilm. Mantiqiy o’ylash asosan insonning o’ylash qobiliyatini yuksaltiradi. Har bir bolaning aqli va o’ylash darajasi turlicha bo’lishini bilamiz. Savolga javobni biri tez topsa, ikkinchisi uzoq o’ylab javob berishi mumkin. Shu sababli tarbiyachi mashg’ulot uchun o’yinni to’g’ri tanlash kerak. Bolalar o’simlik kabi o’z ichidan yetilib o’sib chiqadi. Bolaning asosiy qoidalarining biri shunday hisoblanadi.

Bolani yaxshi bilish,tanishimiz uchun uni o’yin vaqtida kuzatishimiz kerak. Bola o’yin orqali o’zini ovutishini, hursandligini yoki homush va hafaligini, orzusini,maqsadini ifodalay olsa, kun kelib shu orzusi unga amalga oshirish uchun qo’ygan oldindagi maqsadi hisoblanadi . Bugungi o’yin, ko’rgazmali harakat ertanggi chinakam haqiyqatga aylanishi ham mumkin. Shuning uchun ham pedagoglar o’yinga o’zi ham bolalarcha mehr bilan kirishishi lozim.


Bolalar aqliy rivojlanishidagi birinchi qadam bu –o’yin. Biroq, o’yin faqatgina bolalarni qiziqtirib, vaqt o’tkazish quroli bo’lib qolmay, bolaga beriladigan bilim va tarbiyaning asosiy qoidasi bo’lishi lozim.
Yani, o’qitish-tarbiyalash ishlarini “Ilk qadam” o’quv dasturi asosida uning talablariga mos ravishda o’yinni rejalashtirish lozim va bolaning mantiqiy o’ylash qobiliyatini orttirishga sharoit yaratib berishimiz shart.
O’yin davomida o’ylash orqali o’ziga berilgan topshiriqni izlanib, vazifani bajarish, o’zicha qaror qilib, o’z o’yidagini ayta olishga o’rgatish bunga sharoit yaratib berilsagina bola erkin fikrlaydigan,
o’ziga bo’lgan ishonchi ortib, dunyoqarashi kenggaygan, olisni ko’zlay oladigan, oldiga maqsad qo’yadigan darajada o’sib ulg’ayadi.
Shu sabab, insonning kelajagini o’zi qurishida katta ma’no va maqsad vazifasini bajaradi. Bolada taniy olish tushunchasi, harakati o’yindan boshlanadi. Uning asosi kelajakda o’qish, mehnat va harakati bilan bog’lanadi. O’yin bolaga oldinda uchragan qiyinchiliklarni yengish yo’lini o’rgatibgina qo’ymay tashkillashtirish qobiliyatini ham rivojlantiradi.
O’yin bolada psixologik, anatomik, fiziologik, pedagogik jihatdan yaxshi rivojlanishiga ham yaxshi xizmat qiladi. didaktik o’yinlar tarbiyalanuvchilarning aqliy rivojlanishini yaxshilab boradi.
Bolaning o’zi o’ylashi,izlab topishi va yaratishi ichki aqliy darajasidan kelib chiqadi, chunki bola yangi narsa o’ylab topadi, avval o’zi yaratib keyin tengqurlariga maqtanish hissi orqali ko’rsatadi. Bolaning dunyo qarashi faqat yangi narsalar,g’oyalar o’ylab topishga qodir, sababi yangiliklarni yaxshi ko’rishadi.
Tayyarlov guruhlarida ko’rgazmalilik va so’zlik mantiqiy o’ylash malakasini oshirib borishga qaratilgan. Mantiqiy o’ylash orqali narsalardan foydalanib, aniq bir maqsadni yechishni ko’zlaydi. Bolajonlar maqsad orqali narsa-buyumlar va konstruktorlar bilan ish olib boradi.
Masalan; “Juftini top?”, “ O’xshash kalitni top?”o’yini orqali bolalar ikki narsani solishtirib, farqini ajrata oladi.
Mantiqiy o’ylash- so’z yoki belgi orqali ko’rsatish belgilangan shartli qoidalarga amal qilinib, biron bir maqsadni ko’zda tutadi. Mamtiqiy o’ylash orqali misollarni, turli topishmoqlarni, metagramma,rebuslarni foydalansak bo’ladi.
Bolaning mantiqiy o’ylash malakasini didaktik o’yinlar orqali rivojlantirib, ko’zlagan maqsadimizga erisha olamiz.
Bola didaktik o’yinlarning vazifalarini, savollarini tushinib bajarishini kuzatamiz.
Didaktik o’yinlar mavzuga mos ravishda tanlanadi. Vazifa berishdan oldin uni bolajonlarga tushuntirishimiz, tekshirishimiz lozim. Didaktik o’yinlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o’z vazifasi, maqsadi, asosi bor harakat hisoblanadi. Didaktik o’yinlar turli harakatlar bilan olib boriladi. Bu bolaning psixologik o’sishiga, aqliy rivojlanishiga xizmat qiladi. Har bir didaktik o’yin o’ylash orqali bolada nutqning o’sishini ta’minlaydi. Pedagoglar bolani faqat o’yin bilan qiziqtirib qo’ymay markazlardagi bilim darajalari ham oshirib borilsa istalgan maqsadga erisha oladi. O’yinlar markazdagi faoliyatga ham asoslangan bo’lishi kerak. Masalan, “ O’zingdan qahramon yasa” o’yini orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning hissiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
Ayni o’yin vositasida bola bilan tarbiyachi do’stona munosabat shakllanadi. Bu o’yin vositasida bola o’zini shaxs sifatida anglay boshlaydi. Boladagi hudbinlik yo’qoladi, boshqalarning o’rniga o’zini qo’yib ko’rishni, kutilmagan vaziyatdan chiqishni o’rganadi. Ijodkorlik va tasavvur qila olish qobiliyati rivojlanadi. Har bir o’yin bolaning yoshiga qarab murakkablashib boraveradi. “O’zingdan qahramon yasa” o’yinini o’ynashdan oldin bolalar jamoa bo’lib “Kosmos” “Do’konda” kabi o’yinlarni o’ynashi mumkin. O’yinlar jarayonida bitta bola boshqaruvchi bo’lib ishlaydi va bu unda o’zini qahramondek tutishiga imkoniyat beradi. Tarbiyachi vaziyat va holatlarni o’zi to’qib chiqarishi ham mumkin. Masalan, do’stlar bilan futbol o’ynayotganinggizda bir do’sting yiqilib tushdi, ko’chada bir qizcha koptogini o’qotib qo’ydi kabi hayotiy misollar bolalarni o’z ro’llarini yaxshi ijro etishlariga sabab bo’ladi. Quyida ayni o’yin uchun asqatishi mumkin bo’lgan bir nechta misollar keltirsak bo’ladi.
Ularning oddiy o’yin tushunchasini shakllantirish uchun ham tilini rivojlantirib, Grammatik tushunchani o’rgatishda ham atrofdagi o’zgarishni tanishtirish uchun ham o’yin qoidalari qo’llaniladi.
O’yinda birinchi yetakchilikni tarbiyachi olib boradi, sababi didaktik o’yinlarni tashkillashtirishda har bir vositani ko’zdan kechirish va havfsizlikni ta’minlash qoidalariga amal qilish kerak. O’yin bola uchun- eng yaxshi tuyg’u. Bu bolaning rivojlanish quroli, taniy olish ko’zi, tarbiyaviy jihatdan yetuk bo’lib o’sishiga zamin yaratadi.
Didaktik o’yinlarni o’ynatishda mazmuniga asosan ishlatish mumkin. Misol uchun sayohat bunda ertaklarga o’xshash bo’ladi. Ular faktlar yoki veqealar asosida bo’ladi, biroq ular oddiy topishmoq orqali, qiyin va osonlik yo’li bilan ,narsani topish orqali ham o’ynatilish mumkin.

O’yin suhbat orqali ham olib borilsa bo’ladi bu tarbiyachi va bolalarning nutq so’zlashuvini yaqinlashtirib boradi.


Bundan ko’rishimiz mumkin-ki, o’yinlar orqali bola misol tariqasida aytadigan bolsak shaxsan o’zi g’oya o’ylab predmetlardan qandaydir narsa hosil qila oldimi demak, uning oldida katta maqsad turibdi, u yarata oldi va bundan o’zi ham hursand. U o’zini har tomonlama aqliy jihatdan rivojlantiryapdi va kelajakda o’ziga ishonch hissini hozirdan uyg’otmoqda. Bolada yaratish qobiliyati yuksaliyabdi uni maqtash orqali, rag’batlantirish orqali yanada oldinga yetaklash lozim tarbiyachi va ishonchini yanada orttirish kerak. Didaktik o’yinlar bolada yangilik yaratishda judayam ahamiyatli. Aqliy tarafdan rivojlanishiga, nutqining boyishiga, sensor tarbiyaning oshishiga, sezgi hissini boyitishga katta yordam beradi.
Didaktik o’yinlar bolajonlarimiz rivoji hamda kelajagini tuzishiga katta yo’l bo’la oladi.
Download 14.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling