Mavzu: M. Murodovning “Bo’lib yeyishdi” hikoyasini o’qib berish. Maqsad
Download 14.68 Kb.
|
Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jixoz
- Tarbiyachi
- Bolajonlar
- Bolalar
- Bolalarni jismoniy daqiqa
Mavzu: M.Murodovning “Bo’lib yeyishdi” hikoyasini o’qib berish. Maqsad: Bolalarni hikoyaga qiziqtirib, diqqat bilan tinglashga, mazmunini tushinishga o’rgatish. Bolalar e’tiborini mehribonlik, saxiylik, g’amxorlik g’oyasini sindira olishga o’rgatish. Kerakli jixoz: Ko’rgazma. ikkita quyoncha, tupratkon, uchta olma. Mashg’ulotni borishi: Bolajonlar bugun sizlarga “Bo’lib yeyishdi” hikoyasini o’qib beraman. Diqqat bilan tinglang. Bo’lib yeyishdi. Ziroat opa ishdan qaytganda, qizchasi Odila eshik oldida o’ynab o’tirgan edi. U yugurganicha borib, onasini quchoqladi. Onasi Odilaning peshonasidan o’pdi. Onasi sumkasidan uch dona konfet olib berdi. Hammasi o’zimgami? – so’radi Odila. Xa, o’zingga, - dedi Ziroat opa. Yo’q, o’zimgamas. Bo’lib yeymiz.. Uyga kirganda Odila konfetlarni buvasiga berdi. Buvajon, bo’lib bering. Buvisi: mana bular senga, - dedida, ikkita konfetni Odilaga uzatdi. Mana bu bittasi Sobir akangga. Yo’q, bunaqamas, - dedi Odila. Bo’lmasa ikkitasini akangga beraqol, - dedi buvasi. - Bunaqayammas, - dedi Odila yana kuyunib. -Qanaqa qilib bo’lay, o’zing ko’rsata qol. Odila hamma konfetni qo’liga olib, bittasini buvisiga, bittasini akasiga berdi. Birini o’zi olarkan. – Ana Shunaqa bo’ladi, - dedi-da konfetni og’ziga soldi. Tarbiyachi: Bolajon hikoya sizga yoqdimi – a? Bolajonlar: Xa. Tarbiyachi: Bolajonlar konfetni yaxshi ko’rasizmi-a? Bolajonlar: Xa, yaxshi ko’ramiz? Tarbiyachi: Bolajonlar Odilaga oyisi nechta konfet berdi? Bolajonlar: Oyisi uchta konfet olib keldi. Tarbiyachi: Sizningcha, konfetlarni kim to’g’ri taqsimladi? Bolajonlar: Odila Tarbiyachi: Odilaning o’rnida siz konfetlarni nima qilgan bo’lar edingiz? Bolajonlar: Teng taqsimlar edim. Tarbiyachi: Odila qanday qiz ekan – a ? Bolajonlar: Mehribon, sahiy, g’amho’r Tarbiyachi: Kelinglar, bu yaxshi xislatli so’zlarni birga aytamiz. Bolajonlar birgalikga: Saxiy, mehribon, g’amho’r Tarbiyachi: Barakalla, bolajonlar hikoya sizlarga yoqdimi? Bolalar: Odila rostdan ham sahiy, hammaga mehribon, g’amho’r qiz ekan. Men ham endi shunday qiz bo’laman. Tarbiyachi: Bolajonlar stol ustiga ikkita o’yinchoq quyoncha, tupiratkon va uchta olma qo’yamiz. Bu aka – uka quyonchalar va tupiratkan. Ularning uchta olmasi bor ekan. Tupiratkan Ikkita olmani o’ziga olib Bitta olamni quyonlarga berdi. O’ylab ko’ringlarchi, tupiratkon olmalarni to’g’ri taqsimladimi – a? Bolalar: Yo’q. Tarbiyachi: Kim to’g’ri taqsimlaydi? Mohlaroy: Odila to’g’ri taqsimladi. Tarbiyachi: To’g’ri, Mohlaroy tupiratkon to’g’ri taqsimlay olmadi. Yordam berib yuboring.Mohlaroy aka –uka quyonchalar va tupratikonga bittadan olma beradi. Aka – uka quyonchalar va tuprtikonjon to’g’ri taqsimlab bergani uchun sizlardan juda xursand bo’lyabdi “Rahmat bolajonlar” deyishyabdilar Tarbiyachi: Bolajonlar kelinglar mavzuga moslab rangli qalamlar bilan uch dana konfet, uch dona olma rasmini chizamiz. Barcha balalar aktiv ishtirok etdilar. Sobira,Muhammadjon,Behruzbek, Nasibillo, Ulug’bek, Gulziyoxonlar aktiv ishtirok etdilar. Bu bolalarga olma va konfetlar bilan rag’batlantirdim. Mashg’ulotni “ Olma” she’ri bilam yakunladim. Bolalarni jismoniy daqiqa: “Quyonchalar harakati:ni bajartiramiz deb. -Quyonchalar qaddilarini tik tutadilar. -Quyonchalar qo’llarini bellariga, qo’yib, o’ngga, chapga, oldinga, orqaga egilamiz. -Quyonchalar guruh bo’lib sakrab – sakrab yuradilar. Quyonchalar dam oladilar. Barcha bolalar joylariga o’tiradilar. Mashg’ulotimizni yakunlaymiz. Download 14.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling