Bajardi: Shokijonov D
Tovar va transport vositalarini olib kirish tartibi
Download 0.53 Mb.
|
tovar va transport
Tovar va transport vositalarini olib kirish tartibi
Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish huquqi barcha shaxslar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishda teng huquqlarga egadirlar. Tovarlar va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. Davlat xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, maʼnaviyat, inson hayoti va salomatligini saqlash, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, Oʻzbekiston Respublikasi hamda boshqa mamlakatlar halqlarining badiiy, tarixiy va arxeologik boyliklarini, mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqni, olib kirilayetgan tovarlarni isteʼmol kiluvchilarning manfaatlarini himoya qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manfaatlaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda halqaro shartnomalariga muvofiq ayrim tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish taʼqiqlanishi mumkin. Bojxona chegarasi orqali olib oʻtish taqiqlangan tovarlar va transport vositalari, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida yoki halqaro shartnomalarida bu tovarlar va transport vositalarini musodara qilish nazarda tutilmagan boʻlsa, darhol Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilishi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qaytarilishi shart. Tovarlar va transport vositalarini olib chiqib ketishni yoki qaytarishni olib oʻtayotgan shaxs yoxud tashuvchi oʻz hisobidan amalga oshiradi. Tovarlar va transport vositalari darhol olib chiqib ketilmagan yoki qaytarilmagan taqdirda ular bojxona organiga qarashli boʻlgan omborga vaqtincha saqlash rejimi ostida joylashtiriladi. Saqlash muddati uch sutka boʻladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasidan olib oʻtishdagi cheklovlar halqaro majburiyatlardan, ichki bozorni himoya qilish zarurligidan kelib chiqqan holda, shuningdek chet davlatlar va ular ittifoqlarining huquqni kamsituvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini kamsituvchi boshqa harakatlariga javob chorasi tariqasida qonun hujjatlariga muvofiq belgilanishi mumkin. Koʻrsatib oʻtilgan cheklovlar joriy etilishi munosabati bilan tovarlarni olib oʻtayotgan shaxs yoxud tashuvchi qiladigan harajatlar bojxona organlari tomonidan toʻlanmaydi. Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtish joyi va vaqtibojxona organlari tomonidan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan, shu jumladan tovar sifatida olib oʻtiladigan transport vositalari bojxona organlari belgilaydigan joylarda toʻxtatiladi. Bu talab bajarilmagan taqdirda, bojxona organlari transport vositalarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburlab toʻxtatishga haqli. Transport vositalarini toʻxtatib turish muddati va joyi bojxona organlari tomonidan tashuvchi bilan birgalikda aniqlanadi. Transport vositalarini toʻxtatib turish muddati bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi manfaatlariga zid tarzda qisqartirilishi mumkin emas. Transport vositalarini toʻxtatib turish joylaridan joʻnatib yuborish bojxona organining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtish joyi va vaqti tashuvchi tomonidan tegishli bojxona organi bilan kelishib olinadi. Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish ularning bojxona rejimlariga muvofiq amalga oshiriladi. quyidagi turdagi bojxona rejimlari (bundan buyon matnda rejim) belgilanadi: 1) erkin muomalaga chiqarish (import); 2) reimport; 3) eksport; 4) reeksport; 5) tranzit; 6) vaqtincha olib kirish (olib chiqish); 7) vaqtincha saqlash; 8) bojxona ombori; 9) erkin bojxona zonasi; 10) erkin ombor; 11) boj olinmaydigan savdo doʻkoni; 12) bojxona hududida qayta ishlash; 13) bojxona nazorati ostida qayta ishlash; 14) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash; 15) yoʻq qilish; 16) davlat foydasiga voz kechish. Tovarlarni vaqtincha olib kirish (olib chiqish)rejimiga joylashtirish mumkin boʻlgan muddat bojxona organlari tomonidan bunday olib kirish (olib chiqish)ning maqsadlari va holatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi va uzaytiriladi, biroq tovarlar bunday rejimda turishining umumiy muddati ikki yildan oshmasligi kerak. Tovarlarning ayrim toifalari uchun qonun hujjatlariga muvofiq ancha uzoqroq muddatlar belgilanishi mumkin. Tovar belgilangan muddat tugagunga qadar unga nisbatan vakolati boʻlgan shaxs tomonidan bojxona hududidan tashqariga olib chiqilishi yoki u yerga olib kirilishi yoxud boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim. Bu talablarga rioya etilmagan taqdirda tovar bojxona organi egalik qiladigan bojxona omboriga vaqtincha saqlash rejimiga joylashtiriladi. Agar tovarlar xalokat oqibatida yoki yengib boʻlmas kuch taʼsirida yoʻq boʻlganligi yoki mutlaqo yoʻqolganligi, tabiiy eskirishi yoki normal tashish va saqlash sharoitida kamayishi tufayli yetishmasligi yoxud chet davlat organlari yoki mansabdor shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga xilof xatti-harakatlari natijasida shaxsning egaligidan chiqib ketganligi Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlansa, tovarlarni vaqtincha olib chiqqan va ularni belgilangan muddatda qaytarib olib kirmagan shaxs bojxona organlari oldida javobgar boʻlmaydi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling