Bajardi: Shokijonov D


Download 0.53 Mb.
bet2/4
Sana22.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1110846
1   2   3   4
Bog'liq
tovar va transport

  • Tovarning bojxona qiymati-bu bojxona boji va bojxona boshqa to`lovlarini undirishda asos qilib olinadigan tovar qiymatidir. Bir tovar turli mamlakatlarda turlicha narxlarda sotiladi va sotib olinadi. Bojxona rasmiylashtiruvi va to`lovlari uchun narxlarni bir xillashtirish zarur bo`ladi.
  • Tovarlarni olib kirishda bojxona qiymatini aniqlash maqsadlari quyidagilar :
  • -bojxona boji va yig`imlari, jarimalar, soliqlar va boshqa to`lovlarni hisoblashda real, haqiqiy bazani (asosni) aniqlash;
  • -tovarlar qiymatini sun’iy kamaytirish yoki ko`paytirish hollarini bartaraf etish;
  • -bojxona statistikasini yuritish;
  • -valyuta nazoratini amalga oshirishda zarur ma’lumotlarni to`plash va tahlil qilish.

Jahonda tovarning bojxona qiymatini aniqlashga umumiy yondashuvni ta’minlash maqsadida tovarning bojxona qiymatini aniqlash xalqaro tizimi ishlab chiqilgan va 1950 yildan boshlab amal qilib kelmoqda.

  • O`zbekiston Respublikasida tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi “Boj tarifi to`grisida” gi qonunda belgilab berilgan.
  • Bojxona to`lovlari quyidagicha hisoblab chiqariladi:
  • Bt=(Tbq·Ts ):100,
  • buyerda: Bt-bojxona to`lovi summasi;
  • Tbq-tovarning bojxona qiymati;
  • Ts- to`lov stavkasi.

Misol.

  • O`zbekiston Respublikasi bojxona chegarasida Rossiyadan keltirilayotgan bir vagon gugurtni rasmiylashtirish kerak. Mazkur gugurtning kontraktga ko`rsatilgan umumiy qiymati 6150,0 ming so`mni, bojxona maskanida hisoblab chiqarilgan bojxona qiymati esa 6300,0 ming so`mni tashkil etadi. Gugurtni import qilish bilan bog`liq quyidagi bojxona to`lovlari aniqlanadi va undiriladi:
  • bojxona olib kirish boji-gugurt uchun uning stavkasi 20 foiz, summasi (6300,0∙20):100=1260,0 ming so`m;
  • aksiz solig`i – uning stavkasi (gugurt uchun) 30 foiz, summasi (6300,0∙30):100= 1890,0 ming so`m;
  • qo`shilgan qiymat solig`i – uning stavkasi (hamma tovarlar uchun) 20%, summasi (6300,0+1260,0+1890,0)∙20:100=1890,0 ming so`m;
  • bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`im-u eng kam ish haqining to`rt barobari miqdorida belgilangan.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling