Bajardi: Shokijonov D
Download 0.53 Mb.
|
tovar va transport
Mavzu:Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegaralaridan olib o’tish tartibiBajardi: Shokijonov D.Tekshirdi:Reja: 1. Yagona bojxona siyosati. 2. Tovar va transport vositalarini bojxonadan olib o’tish. 3. Tovar va transport vositalarini olib kirish tartibi.Davlat boji tegishli harakatlar amalga oshirilguniga qadar naqd pul yoki pulsiz shaklda to`lanadi. Davlat boji tushumlari bo`yicha hisobot davlat bojini undiruvchi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o`zlari joylashgan yerdagi soliq organlariga yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning o`ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Davlat boji ayrim hollarda qisman yoki to`liq qaytarilishi mumkin.
Bojxona to`lovlari va ularning turlari, stavkalarini qo`llash va hisoblash tartibi O`zbekiston Respublikasining “Boj tarifi to`grisida”gi qonuni va Bojxona kodeksida belgilab berilgan. Boj tarifi-bojxona chegarasidan olib o`tiladigan tovarlarga nisbatan qo`llaniladigan boj stavkalari to`plamidir. Bojxona boji - O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan tovarlar olib o`tilayotganda bojxona organlari tomonidan undiriladigan to`lov. O`zbekistonda import boji, eksport boji, mavsumiy va alohida (maxsus, dempingga qarshi, kompensatsiya) bojlari qo`llaniladi.
Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o`tishda va Bojxona kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda quyidagi bojxona to`lovlari undiriladi: -bojxona boji; -qo`shilgan qiymat solig`i; -aksiz solig`i; -litsenziya berganlik uchun yig`im; -bojxona rasmiylashtiruvi bo`yicha mutaxassis degan malaka attestati berganlik uchun yig`im; -bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`im; -dastlabki qaror qabul qilganlik uchun haq; -tovarlarni bojxona kuzatuviga olganlik uchun yig`im; -qonun hujjatlarida belgilangan boshqa to`lovlar. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling