O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan tovarlar olib o‘tilayotganda bojxona organlari tomonidan undiriladigan to‘lov


Download 21.42 Kb.
bet1/4
Sana28.09.2023
Hajmi21.42 Kb.
#1689227
  1   2   3   4
Bog'liq
REJA


REJA
1.1. Boj. Boj stavkalarining turlari.
1.2. Bojxona bahosi va uni aniqlash usullari.
1.3. Aynan bir xil tovaralar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash.
Tayanch so‘z va iboralar
Boj tarifi, moddiy resurs, korxona, reja, BojEksport va import bojiMavsumiy bojlarDempingga qarshi bojlar, Kompensatsiya bojlari.
8.1. BOJ. BOJ STAVKALARINING TURLARI
1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasining “Boj tarifi to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun 35 moddadan iborat bo‘lib, boj tarifini shakllantirish va qo‘llanish tartibini, shuningdek respublikamiz bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlardan boj undirish qoidalarini belgilaydi.
Boj tarifi – bojxona chegarasidan olib o‘tiladigan, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN) prinsiplari va qoidalariga muvofiq holda bir tizimga solingan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan boj stavkalarining to‘plamidir.
Boj - O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan tovarlar olib o‘tilayotganda bojxona organlari tomonidan undiriladigan to‘lov. O‘zbekiston Respublikasida import boji, eksport boji, mavsumiy va alohida (maxsus, dempingga qarshi, kompensatsiya) boj qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasida boj stavkalarining quyidagi turlari qo‘llaniladi:
Ø boj undiriladigan tovarlarning bojxona qiymatiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan stavkalar;
Ø boj undiriladigan tovarlar birligi uchun belgilangan miqdorda hisoblanadigan xos stavkalar;
Ø bojning o‘ziga xos turlarini o‘z ichiga oladigan aralash stavkalar.
Eksport va import boji
Import boji xalqaro shartnomalarga muvofiq belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi savdo - iqtisodiy aloqalarda eng ko‘p qulaylik berish tartibini qo‘llayotgan mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar uchun undiriladigan import boji stavkalarining eng kam yoki eng ko‘p miqdori qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.
Savdo - iqtisodiy aloqalarda eng ko‘p qulaylik berish tartibi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoki qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligi aniqlanmagan tovarlar uchun undiriladigan import bojining stavkalari ikki baravar oshiriladi. Import va eksport bojining stavkalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy etiladi.
Mavsumiy bojlar
Mavsumiy bojlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanib, tovarlar olib kirish va olib chiqishni tezkor tartibga solish uchun qo‘llaniladi. Bunda boj tarifida nazarda tutilgan boj stavkalari qo‘llanilmaydi. Mavsumiy bojlar ular belgilangan vaqtdan e’tiboran olti oydan oshmasligi kerak.
Dempingga qarshi bojlar
Dempingga qarshi bojlar quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
- tovarlar bojxona hududiga ularning olib chiqilgan ayni vaqtda amalda bo‘lgan real qiymatidan past narxda olib kirilsa, agar bunday olib kirish respublikamizda shunga o‘xshash tovarlarni ishlab chiqaruvchilarga moddiy ziyon yetkazsa yoki yetkazish xavfini tug‘dirsa, yoxud shunday tovarlar ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki kengaytirishga to‘sqinlik qilsa;
- tovarlar bojxona hududidan uning respublikamizda ayni vaqtda amalda bo‘lgan real qiymatidan past narxda olib chiqilayotgan bo‘lsa, agar bunday olib chiqish respublikamizda shunga o‘xshash tovarlarni ishlab chiqaruvchilarga moddiy ziyon yetkazsa yoki yetkazish xavfini tug‘dirsa, yoxud shunday tovarlar ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida normal raqobat o‘rnatilishiga to‘sqinlik qilsa.
Kompensatsiya bojlari
Respublikamizning bojxona hududiga ishlab chiqarish yoki olib chiqish paytida bevosita yoki bilvosita subsidiyalardan foydalanilgan tovarlar olib kirilsa, agar bunday olib kirish respublikamizning o‘xshash tovar ishlab chiqaruvchilariga moddiy ziyon yetkazsa yoki yetkazish xavfini tug‘dirsa, yoxud shunday tovarlar ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki kengaytirishga to‘sqinlik qilsa;
bojxona hududidan ishlab chiqarish yoki olib chiqish paytida bevosita yoki bilvosita subsidiyalardan foydalanilgan tovarlar olib chiqilsa, agar bunday olib chiqish respublikamiz manfaatlariga moddiy ziyon yetkazsa yoki yetkazish xavfi bo‘lsa kompensatsiya bojlari qo‘llaniladi.

Download 21.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling