Bajardi: Sobirjanov Y. Guruh: 20-10 Qabul qildi: Azimov U
Zilzilani inshootlarga koʼrsatgan kuchini oʼrganish va baholash
Download 101.42 Kb.
|
Zilzilani inshootlarga koʼrsatgan kuchini oʼrganish va baholash
Insoniyat oʼzining butun tarixiy taraqqiѐti mobaynida koʼp marta yer qimirlashlarni boshidan kechirgan, uning oqibatlarini guvohi boʼlgan. Uzoq tarixiy saboq, yaʼni yer silkinishini kishilarning ruhiy holatiga boʼlgan taʼsiri, imorat va inshootlarning buzilishi, vayron qilinishi, yer yuzasida vujudga kelgan oʼzgarishlar (er sathida ѐriqlarning va buloqlarning paydo boʼlishi) yuz bergan hodisaning kuchini baholashga oʼrgatgan. Natijada nisbiy baholash shkalasi paydo boʼlgan. Quyida shu nisbiy shkalani baʼzi oʼzgarishlar bilan baѐn etamiz. Respublikamizda va juda koʼp davlatlarda zilzila kuchi 12 balli shkala asosida baholanib, har bir ballga ega boʼlgan zilzila, oʼz tafsilotiga ega. Bundan tashqari baholashda 8 balli Rixter shkalasidan ham foydalanadi. Bizda asosan 2 turdagi yer qimirlashi kuzatilgan: uzoq davrli 1,5 – 2,5 min. davom etadigan yuqori chastota tebranishli 1,5 – 2,5 sek. davom etadigan. Uzoq davrli yer qimirlashda tebranish sekin – asta kuch yigʼadi va u koʼp qavatli binolar uchun xavfli hisoblanadi. Yuqori chastotali yer qimirlashi energiyasi qisqa davr ichida ajralishi tufayli, oqibatlari ayanchli boʼlishi mumkin, sababi agar sust harakat qilinsa koʼp qurbonlikka olib kelishi mumkin. Yer qimirlashning asosiy koʼrsatkichlari – qimirlash markazini chuqurligi va tebranishni qancha davomida takrorlashida. Yuqorida aytilgandek yer yuzasidagi uning taʼsir kuchi odatda ballarda bahoanadi. Quyida shu nisbiy shkalani baʼzi oʼzgarishlar bilan baѐn etamiz (8): 1 ball – sezilarsiz – faqatgina seysmik asboblargina qayd qiladi. 2 ball – juda kuchsiz – uy ichida oʼtirgan baʼzi odamlar sezishi mumkin (deraza oynalari titraydi). 3 ball – kuchsiz – koʼpchilik odamlar sezmaydi, ochiq havoda tinch turgan odam sezishi mumkin. Osilgan jismlar asta-sekin tebranadi. 4 ball – oʼrtacha seziladi. Ochiq havoda turgan odamlar va bino ichidagi kishilar sezadi, uy devorlari qirsillaydi, roʼzgʼor anjomlari titraydi, osilgan jismlar titraydi. 5 ball – ancha kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uygʼonadi. Baʼzi odamlar hovliga yugurib chiqadi. Idishdagi suyuqlik chayqalib toʼkiladi, osilgan uy jihozlari qattiq tebranadi. 6 ball – kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uygʼonadi. Koʼpchilik odamlar hovliga yugurib chiqadi, uy hayvonlari betoqat boʼladi. Baʼzi hollarda kitob javonidan kitoblar, javonlardagi idishlar agʼdarilib tushadi. 7 ball – juda kuchli. Koʼpchilik odamlarni qoʼrquv bosadi, koʼchaga yugurib chiqadi, avtomobilь haydovchilari tomonidan harakat vaqtida ham seziladi, uy devorlarida katta-katta ѐriqlar paydo boʼladi, hovzalardagi suvlar chayqaladi va loyqalanadi. 8 ball – yemiruvchi. Xom gʼishtdan qurilgan imoratlar butunlay vayron boʼladi, ancha pishiq qilib qurilgan imoratlarda ham ѐriqlar paydo boʼladi, uy tepasidagi moʼrilar yiqilib tushadi, sinadi, togʼlik joylarda qulash, surilish hodisalari roʼy beradi. 9 ball – vayron qiluvchi. Yer qimirlashiga bardosh beradigan qilib qurilgan imorat va inshootlar ham qattiq shikastlanadi, poydevorlaridan siljib, qiyshayib qolishi mumkin. Oddiy imoratlar butunlay vayron boʼladi, yer yuzasida ѐriqlar paydo boʼladi, yer osti suvlvri sizib chiqishi mumkin. 10 ball – yakson qiluvchi. Hamma imoratlar yakson boʼladi. Temir yoʼl relьslari toʼlqinsimon shaklga kirib, bir tomonga qarab egilib qoladi, yer osti kommunal quvurlari uzilib ketadi, choʼkish hodisalari yuz beradi, suv havzalari toʼlqinlanib qirgʼoqqa uriladi, qoyali ѐn bagʼirlarda katta-katta surilish hodisalari sodir boʼladi. 11 ball – fojiali. Hamma imoratlar deyarlik vayron boʼladi, toʼgʼon va dambalar ѐrilib ketadi, temir yoʼllar butunlay ishdan chiqadi, yerning ustki qismida katta – katta ѐriqlar paydo boʼladi, yer ostidan loyqa balchiqlar koʼtarilib chiqadi, surilish, qulash hodisalari nihoyasiga yetadi. 12 ball – kuchli fojeali. Yerning ustki qismida kuchli oʼzgarishlar yuz beradi. Inson barpo etgan barcha imoratlar butunlay vayron boʼladi, darѐlarning oʼzani oʼzgarib sharsharalar paydo boʼladi, tabiiy toʼgʼonlar vujudga keladi. Inshootlar koʼradigan talofatlari quyidagicha tavsiflanadi (10) : 1 – darajali talofat. Bunda yengil shikastlanish yuz beradi. Imorat devorlarida ingichka darzlar hosil boʼladi, devor suvogʼi boʼlaklari toʼkiladi. Download 101.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling