Bajardi: ss-72 guruh talabasi Murodullayev Sarvar tekshirdi: Azizova M
Download 0.57 Mb.
|
sarvar ali
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakatimizda ilm-maʼrifatga alohida urgʻu berilishi va bu orqali raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalasi kun tartibiga qoʻyilishi bugungi kun zaruratidir.
BAJARDI: SS-72 guruh talabasi Murodullayev Sarvar TEKSHIRDI: Azizova M.MAVZU: O`zbekiston iqtisodiyotida AKT infratuzilmasini rivojlantirish REJA: 1. O`zbekiston iqtisodiyoti 2. Zamonaviy AKT infratuzilmasini yaratish 3. AKT sohasini rivojlanishi va undagi islohotlar 1. Oʻzbekiston iqtisodiyoti — Oʻzbekiston gazga boʻlgan talab boʻyicha dunyoda 14-oʻrinda, eksport boʻyicha uchinchi va eksport boʻyicha oltinchi, uran yetkazib berish boʻyicha dunyoda yettinchi (jahon uran zaxirasining 4 %), umumiy uran yetkazib berish boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinda. 1991-2017-yillarda iqtisodiyotning tuzilishi keskin oʻzgardi: UDMda ichki qarzning ulushi 37 % dan 19,2 % gacha kamaydi Salbiy tarafkashlik: soliq toʻlashdan osilgan ichki talabning atigi 25 % ni tashkil qiladi.Mamlakatimizda ilm-maʼrifatga alohida urgʻu berilishi va bu orqali raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalasi kun tartibiga qoʻyilishi bugungi kun zaruratidir.Zero, eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir. Raqamli iqtisodiyot oʻzi nima? u iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qoʻllash asnosida amalga oshirishning yaxlit bir tizimi sifatida qaraladi. Bunda raqamli iqtisoidiyot yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga koʻchirish demakdir. 2. Raqamli iqtisodiyotni izchil rivojlanishining birinchi va eng muhim omili — zamonaviy AKT-infratuzilmani yaratishdir. Bu bo‘yicha bir qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. 2020 yil 28 aprel kuni yurtimiz iqtisodiy va ijtimoiy hayotida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha ishlarning mantiqiy davomi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.Unga ko‘ra, 2023 yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravarga va ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravarga oshirish va ularning eksportini 100 million dollarga yetkazishi nazarda tutilgan. Shu bilan birga 2020-2022 yillarda elektron hukumat, telekommunikatsiyalar va dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yanada rivojlantirish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida hamda qishloq va suv xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha jami 268 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida yirik loyihalar amalga oshirishga eng ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratiladi.Xususan, “O‘zbektelekom” AK “Mobil aloqa tarmog‘ini modernizatsiya qilish va kengaytirish” loyihasi doirasida Respublika bo‘ylab 160 dan ziyod ob’ektlarda baza stansiyalarini ishga tushirdi. Yangi baza stansiyalarning aksariyat qismi qishloq va chekka hududlarda foydalanishga topshirildi Hozirgi kunda modernizatsiya ishlari Toshkent shahri, Sirdaryo, Andijon, Toshkent, Namangan, Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida nihoyasiga yetgan. Shuningdek, ayni kunlarda Xorazm viloyatida modernizatsiya ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida, UZTELECOM mobil aloqa tarmog‘i tayanch stansiyalarining aksariyat qismi 4G LTE texnologiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda. Mamlakatning boshqa hududlarida ham modernizatsiya jarayonlari izchil davom etmoqda.3. Bugungi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish, AKTdan foydalanish ko‘lamini kengaytirish, soha bilan mashg‘ul yoshlar kontingentini ko‘paytirish muhim ahamiyatga ega. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi aynan shu mezonlar asosida o‘z faoliyatini davom ettirib, bir qancha zarur vazifalarni belgilab oldi. Raqamli iqtisodiyot izchil rivojlanishining birinchi va eng muhim omili zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini yaratishdir. Bu bo‘yicha O‘zbekistonda bir qator yirik loyihalar amalga oshirildi. 2020 yilda optik tolali tarmoqlarning umumiy uzunligi 68,6 ming kilometrni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yil birinchi chorakda esa 81,7 ming kilometrga yetkazildi. Joriy yil oxiriga qadar ushbu ko‘rsatkichni 118,6 ming kilometrgacha yetkazish rejalashtirilgan.Yoshlarning AKT yo‘nalishiga qiziqishlarini inobatga olib, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2020/2021 o‘quv yilida yangi Raqamli iqtisodiyot bakalavr ta’lim yo‘nalishi hamda 8 ta yangi magistratura mutaxassisligi ochildi.Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan mazkur oliygoh tuzilmasida O‘zbek-Belarus qo‘shma fakulteti tashkil etilib, 2020/2021 o‘quv yili uchun fakultetga 500 nafar talaba qabul qilindi. Umuman olganda, bugungi kunda TATU va uning filiallarida jami 15 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda.AKT sohasida to‘xtash va uzilish bo‘lmaydi. Bu boradagi uzluksizlikni ta’minlashda esa xorij tajribasini chuqur o‘rganish, eng ilg‘orlarini mahalliy kadrlar tayyorlash tizimiga tatbiq etish dolzarb hisoblanadi. Shu ma’noda 2019 yilda Toshkent shahrida faoliyat boshlagan Amiti universiteti muhim ahamiyatga ega. Unga xorijiy mamlakatlardan 17 nafar PhD darajasiga ega professor-o‘qituvchi jalb qilindi. O‘tgan o‘quv yilida 498 nafar talaba birinchi bosqichni yakunladi. 2020/2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq onlayn shaklda tashkil etilib, mazkur oliy ta’lim muassasasiga 384 nafar talaba qabul qilindi. E`TIBORIZ UCHUN RAHMATDownload 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling