Bajardi: Sulaymonov O’rol Qabul qildi: Abdullayev Ravshan 2-Mustaqil ishi
Download 0.82 Mb.
|
Algaritmni loyihalash 2-mustaqil ish
Dinamik dasturlash — matematikaning koʻp bosqichli eng maqbul (optimal) boshqarishga oid masalalar nazariyasi va ularni yechish usullarini oʻrganuvchi boʻlimi. Bu yerda dasturlash tushunchasi "rejalashtirish", "qaror qabul qilish", yaʼni "bir qarorga kelish" maʼnolarida ham qoʻllaniladi. Bu prinsip dinamik dasturlashning asosiy masalasini oxiridan boshlab yechishga imkon beradi. Dinamik dasturlash chekli bosqichli jarayonlardan tashqari, uzluksiz davom etadigan jarayonlar uchun ham ishlab chiqilgan. U texnika, kosmik parvozlar, xalq xoʻjaligini rejalashtirishning turli masalalarida eng maqbul yechimlar topishga imkon beradi. Dinamik dasturlash usuli elektron hisoblash mashinalari, kompyuterlar yordamida tatbiq qilinadi. Dinamik dasturlash - bu matematik dasturlash bo'limlaridan biri bo'lib, unda yechish jarayonini alohida bosqichlarga bo'lish mumkin. Ushbu bo'lish turli xil printsiplarga muvofiq amalga oshiriladi. Ba'zi vazifalar vaqt bo’yicha, boshqalarida boshqaruv ob'ektlari bo’yicha. Ba'zan bo'linish sun'iy ravishda amalga oshiriladi. Ushbu yondashuv bizga bitta katta o'lchovli muammoni kichik o'lchamdagi ko'plab muammolarga bo’lish imkonini beradi.Eng qisqa masofani aniqlash misolini ko’rib chiqaylik. Shahar viloyatlarini birlashtiruvchi avtomobil yo’llari tarmog’I berilgan bo’lsin. Ba’zi yo’llar bir tomonlama. Shahar markazidan har bir viloyatga eng qisqa yo’lni topishimiz zarur. Keltirilgan masalani yechishda Deykstraning algoritmidan foydalanishimiz mumkin. Algoritm graflarga asoslangan bo’lib, u 1959 yil niderlandiyalik olim E. Deykstra tomonidan yaratilgan. U grafning bitta uchidan boshqa uchlarigacha eng qisqa masofani aniqlaydi, bunda grafning quvurg’alari manfiy og’irlikka ega bo’lmasligi lozim. Bizdan birinchi uchdan qolganlariga borishning qisqa masofasini toppish talab qilinsin. Graf – bu tugunlar va qirralar (tugunlar juftligini birlashtiruvchi) to’plamidan iborat bo’lgan abstrakt matematik ob’ektdir. Grafning elementlari tarkibi va munosabatlar tuzilishi beriladi.Grafning tarkibiy qismlari bu uning tugunlari va qirralaridir. Bir nechta juft tugunlararo qirralardan iborat bo’lgan turlicha yo’llar to’plami mavjud bo’lishi mumkin. Yopiq yo’llar – sikllarning mavjud bo’lishi tarmoqlarga xos xususiyatdir. Yonaltirilmagan graf yoki simmetrik bog’liqlik Yonaltirilmagan graf yoki nosimmetrik bog’liqlik qirrayoylar Ilmoq – aynan bitta tugundan chiqib, yana shu tugunga kiruvchi qirralardir.Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling