Bajardi: Sulaymonov Samandar


Android operatsion tizimi va uning arxitekturasi


Download 1.04 Mb.
bet2/6
Sana01.03.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1241194
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Android operatsion tizimlarining rivojlanishi va ishlash prinsipi.

2. Android operatsion tizimi va uning arxitekturasi
Android – bu mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan turli hil ilovalar va xizmatlarni o‘z ichiga olgan operatsion tizim. Android arxitekturasi Java asosida qurilgan bo‘lib, android tizim uchun barcha ilova va dasturlar Java dasturlash tili ѐrdamida yaratiladi

4.2-rasm. Android OT arxitekturasi
Linux kernel – bu Android tizimining yadrosi hisoblanadi va 115 patchdan iborat. Bu asosan tizim funksionalini ya’ni, protsesslar boshqaruvi, xotirani boshqarish, qurilmalarni (displey, kamera, klaviatura va h.k. lar) boshqarish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari tarmoq komponentalarini, qurilmalar drayverlarini boshqaradi. Libraries – Ilovalarni boshqarish uchun zarur bo‘lgan kutubxonalardan iborat. Bunga Web browser engine WebKit, ma’lumotlarni saqlash va ilovalararo ma’lumotlarni almashish uchun SQLite database kutubxonasi, audio va video ma’lumotlarni boshqarish uchun Media Framework, internet xavfsizligi uchun SSL kutubxonasi, grafikani boshqarish uchun OpenGL, touchscreen xizmati uchun Surface Manager va h.k. lar. Android Runtime –Dalvik Virtual Machine komponentini boshqarish uchun ishlatiladigan kutubxona hisoblanadi. Bunda har bir ilovaning o‘z protsessida ishlashi ta’minlanadi. O‘z navbatida bu kutubxonalar ilovalar yaratishda Java dasturlash tilini ishlatish uchun ham ѐrdamberadi.
Application Framework – yuqori sathdagi Java sinf va paketlar jamlanmasidir. Bunda tayѐr xizmatlardan foydalanish mumkin (Broadcast Receivers, Content Providers, Camera Control va h.k. lar)
Applications – bu foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan ilovalar sathi hisoblanadi (Contacts Books, Browser, Games).
Android ilovalarida foydalanuvchi interfeysini yaratishda MVC
(Model View Controller) texnologiyasidan foydalaniladi. Bunda model ilova uchun kerakli ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasi ѐki boshqa manbadan olib beradi va kontroller orqali ilova ma’lumotlari foydalanuvchi interfeysiga yuboriladi.

4.3-rasm. Android GUI arxitekturasi

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling