Bajardi: tursunova sohiba bia-80 guruh talabasi


Download 50.62 Kb.
bet1/4
Sana16.03.2023
Hajmi50.62 Kb.
#1279011
  1   2   3   4
Bog'liq
20-VARIANT IQTISODIY TAHLIL


BAJARDI: TURSUNOVA SOHIBA BIA-80 GURUH TALABASI.
20-VARIANT
1-SAVOLGA JAVOB- Mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish hajmini tahlili
Mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishni tahlil qilish uchun dasturiy ta'minot konfiguratsiyasidagi ma'lumotlar kirish paytidan boshlab saqlanib qoladi, ilgari olingan tahlil natijalari ham davrlar bo'yicha saqlanadi, shuning uchun har qanday indikatorni vaqt o'tishi bilan taqqoslash tahlili va o'rganish oson boshqa parametrlarga qarab o'zgarish dinamikasi. Bunday holda, tahlil barcha tarkibiy bo'linmalar uchun alohida, bo'linma doirasida - har bir jarayon, xodim uchun beriladi. Bu sizga har bir ishtirokchining umumiy ishdagi ahamiyatini vizual tarzda aks ettirishga, uning umumiy foydaga qo'shgan hissasini baholashga imkon beradi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmini kompleks tahlili ikki yo‘nalishda olib boriladi:
a) mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishini baholash;
b) bir necha yillar bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish dinamikasini tahlili.
Hisobot davridagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini reja ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali rejaning bajarilishi, rejadan farqlanishi mutloq summada, o‘tgan yil bilan taqqoslash orqali esa mahsulot hajmini o‘sish sur’ati aniqlanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi tahlili
Korxonada mahsulot ishlab chiqarish hajmining dinamik o‘zgarishlari 2016-yil 2015-yilga nisbatan 159814 ming so‘mga o‘sgan, 2017-yil 2016-yilga nisbatan 89430 ming so‘mga, 2017-yil 2015-yilga nisbatan 249244 ming so‘mga ortgan.
Mahsulot (ish, xizmat)lar hajmini o‘rganishda solishtirma, ulgurji baholarda hamda joriy yilning amaldagi baholarida aniqlangan ma’lumotlar tahlil qilinadi. Dinamikasini aniqlash uchun hisobot davrida ishlab chiqarilgan haqiqiy mahsulot hajmi o‘tgan yillardagisi bilan taqqoslanib ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi mutloq va nisbiy (foiz)larda aniqlanishi lozim.
Faoliyatning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati hisoblanadi. Mahsulot sifatining oshishi o‘z navbatida sotilgan mahsulot hajmining oshishiga va foydaning ko‘payishiga, oqibatda rentabellik darajasining yuqori bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
Mahsulot sifati navlar bo‘yicha belgilanadigan mahsulotlarni ikki kategoriya bo‘yicha tarkiblash mumkin:
- oliy sifat kategoriyasi;
- birinchi sifat kategoriyasi.
Mazkur sifat kategoriyalari orqali mahsulotning xalqaro va mamlakat standarti talablariga mosligi o‘rganiladi.
Mahsulot sifatini oshirish realizatsiya jarayonini tezlashtiradi, mahsulotga bo‘lgan talabni to‘laroq qondiradi, tovar pul muomalasini tezlashtiradi, eksport imkoniyatlarini oshiradi.

Mahsulot sifati qator ko‘rsatkichlar tizimi bilan baholanadi. Xarakterli xossalariga ko‘ra belgilangan belgilangan me’yorlarga (xalqaro va mamlakat standartlariga mosligi), pishiqligi, puxtaligi, chidamliligi, va h.k. ko‘rsatkichlari bilan farqlanadi.



Download 50.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling