Bajardi: Xakimov. I tekshirdi: Ulugʻxoʻjayev. R 23-20 mstva a mavzu: Choʻyanlarni Domna pechida ishlab chiqarish Domna ishlab chiqarishi
Download 262.5 Kb.
|
2 5222339812828125477
Bajardi: Xakimov.I Tekshirdi: Ulugʻxoʻjayev.R 23-20 MSTva A Mavzu: Choʻyanlarni Domna pechida ishlab chiqarish Domna ishlab chiqarishi - metallurgiya korxonalarining domna sexlarida (yoki alohida domnali zavodlarda) choʻyan ishlab chiqarish. Hora metallurgiya i. ch. siklining asosiy boʻgʻini. D. i. ch. asosi — domna pechi. Domna pechi mahsulotlari asosan (82—84%) qayta ishlanuvchi choʻyanlardan iborat. Bunday choʻyanlar bessemer, tomas konvertorlarida (qarang Bessemer jarayoni, Tomas jarayoni) va marten penila qayta ishlanib, poʻlatga aylantiriladi. Bunday choʻyanlar bessemer, tomas konvertorlarida (qarang Bessemer jarayoni, Tomas jarayoni) va marten penila qayta ishlanib, poʻlatga aylantiriladi. Quyma choʻyanlar domna choʻyanlarining taxminan 16% ini tashkil qiladi. Ularni qayta eritib, quymalar olinadi. Domna pechidan chiqadigan toshqol (shlak) va domna gazi ham sa-noatda ishlatiladi. Toshqoldan sement, beton, oʻgʻit va kurilish sanoatida ishlatiladigan kuymalar olishda foydalaniladi. Domna pechida xomashyo sifatida temir rudasi, yoqilgʻi va flyuslar ishlatiladi. Ruda sifatida kizil, qoʻngʻir, magnit hamda shpat temir toshlari qoʻllaniladi. Maxsus choʻyanlar olish uchun tabi-iylegirlangan temir va marganets rudalaridan ham foydalaniladi. Eri-tishdan oldin rudalar boyitiladi (foydali minerallar zararli qoʻshim-chalardan tozalanadi). Yoqilgʻi sifatida koks, flyus sifatida, asosan, ohaktosh, dolomit va marten pechidan chikadigan toshqollar ishlatiladi. Havo rekuperatorlaraa 800—1160° gacha qizdirilib, maxsus nasoslar yordamida taqsimlash quvuri va furmalar orqali pechga yuboriladi. Rekuperatorlarning soni pechning katta-kichikligiga qarab toʻrttagacha, furmalar esa 20 tagacha boʻladi. Domnaga berilgan havo furma atrofida uglerod bilan birikib, karbonat angidrid (SO2) hosil qiladi. Domna gazlarining temperaturasi 1900° gacha koʻtariladi. SO2 yuqori temperaturada qisman uglerod (II)-oksid (SO) ga aylanadi. Issiklikning shixtaga sarflanishi va reaksiya natijasida domna gazlarining temperaturasi pasayib, koloshnikda 200—360° atrofida boʻladi. 570° dan past temperaturada temir oksidlaridan ajralgan kislorod SO bilan birikib, SO2 ga aylanadi. temperatura oshganda (750—900°) temir kisloroddan juda tez ajralib, sof temir (Fe) va SO hosil boʻladi. Download 262.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling