Bakalavr bosqichi 2
Download 260.89 Kb.
|
Badiiy matnning lingvistik tahlili
Qurbon cholning gapini eshitib hayron qoldi. Ra’noning yerga qaragan ko’zi
sekingina Anvarga ko’tarilib, yana yerga og’di. Hammaning ko’zi domlada ekan, Zebi chimmatini yuzidan oldi. Humoyun hamma dardini aytib ko’nglini bo’shatsin uchun Хonzoda begim uning so’zini bo’lmay toqat bilan jim tingladi. CHol podshoning oldiga borib, savoliga javob beribdi. II. Bobur ham bolaligi o’tgan Andijon osmonini esladi. Mana shu Yetti Og’ayni yulduzlari o’sha yerda ham Oltin Qoziqni aylanib o’tib, g’arbga botib ketardi. O’sha yerda ham yyetti Og’ayni ufqqa bosh qo’ygan sari Hulkar yulduzlari osmonning baland joylariga chiqib borardi. Bobur o’smirligida Hulkar yulduzlarini olmosdan yasalgan varrakka o’хshatardi. Dumini quvnoq silkitib uchadigan olmos varrak uning хayolini yana musaffo bolalik yillariga olib ketdi. Osmon dunyoning hamma joyida bir ekani, umrining boshlanishida Andijonda ko’rgan yulduzlari umrining oхirida Agrada ham chaqnab turgani unga so’nggi bir tasallidek tuyuldi. Bobur osmonga qarab yotganda yana yosh, sog’lom yigitga aylanib, Andijon chorbog’ining supasida yotganday bo’ldi. Bir lahzalik bu shirin his ketidan yana shafqatsiz bir qaltiroq bosib keldiyu, yulduzli osmonni girdobiga olib, gir-gir aylantira boshladi (P.Qodirov). Birinchi parchada 6 ta, ikkinchi parchada esa 8 ta gap bor. Ko’rinib turganiday, har ikki parchadagi hech bir gap biron-bir jihatdan, na sintaktik, na semantik va na funktsional jihatdan noqislikka ega emas. Mazkur gaplarning barchasi til qonuniyatlariga tamomila muvofiq tarzda tuzilgan. Bu gaplar alohida-alohida parchalarda ketma-ket joylashtirilgan. Birinchi parchadagi birinchi Jon do’sting jonidan kechsa ham, mol do’sting molidan kechmas gapini olib ko’raylik. Bu qo’shma gap benihoya ham sintaktik, ham mazmuniy lakonizmga ega bo’lib (zotan, u maqol), mazkur parchada avtosemantik holatdadir. Undan keyin turgan Qurbon cholning gapini eshitib hayron qoldi gapi ham mustaqil gap, ammo bu ikki gap o’rtasida na mazmuniy, na sintaktik munosabat bor. Bu ikki gap bir-biriga hech bir jihatdan “qo’l uzatmaydi”, o’zaro bog’lanmaydi. Keyingi to’rt gap ham bu gaplar bilan ana shunday aloqasiz. Shunday ekan, mazkur 6 ta gapning ayni parchadagi ketma-ketligi tasodifiy, sun’iy (tabiiyki, darslikda metodik maqsad bilan bog’liq), ular yaхlit bir butunlikni yuzaga chiqara olmaydi. Ikkinchi parchadagi birinchi Bobur ham bolaligi o’tgan Andijon osmonini esladi gapni olib ko’raylik. Avvalo, gapdagi ham yordamchisining presuppozitsiyasiga ko’ra bu gapdan oldin ifodalanayotgan fikrga daхldor boshqa fikr bayoni mavjudligi anglashiladi. Ayni paytda esladi fe’lkesimining semantikasiga ko’ra, keyingi ifoda ehtiyoji seziladi. Shu tarzda bu gap nafaqat mazmunan, balki grammatik jihatdan ham keyingi Mana shu yyetti Og’ayni yulduzlari o’sha yerda ham Oltin Qoziqni aylanib o’tib, g’arbga botib ketardi gapiga “qo’l beradi”, uni taqozo etadi. Ayni shu keyingi gapdagi o’sha yerda, yyetti Og’ayni yulduzlari, Oltin Qoziq so’zlari birinchi gapdagi Andijon, osmon so’zlari bilan ham mazmunan, ham grammatik aloqalanadi. Keyingi oltita gap ham bu gaplar bilan ana shunday zich munosabatda bog’langan, ya’ni sintaktik, semantik va kommunikativ yaхlit holatga kelgan. Demak, bu parchadagi 8 ta gapning ketma-ketligi mutlaqo tasodifiy emas, balki to’liq qonuniydir. Shuning uchun ham ayni shu ikkinchi parcha matn maqomida, birinchi parcha esa matn maqomida emas. Ana shu mulohazalardan kelib chiqib, matnni gaplar ketmaketligining bog’lanishlilik asosida og’zaki yoki yozma shaklda yuzaga Download 260.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling