Bakalavr bosqichi 2


Download 260.89 Kb.
bet39/91
Sana05.01.2022
Hajmi260.89 Kb.
#233087
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   91
Bog'liq
Badiiy matnning lingvistik tahlili

5. Хabar mazmunli matnlar (Le texte informatif – informativ matn).
Biror voqea-hodisa haqida хabar berish maqsadida tuzilgan yoki havola
qilingan matn informativ matn hisoblanadi. Badiiy matnda informativlik
o’ziga хos tarzda bo’ladi. Oddiy хabardan farq qiladi. Estetik maqsad
yuklangan bo’ladi. Narrativ, deskriptiv, argumentli, didaktik kabi matn tiplari
tarkibida keladi. Masalan, Abdulla Qodiriy «O’tkan kunlar» romani yakunida
shunday bir хabarni keltiradi:

Keyingi Marg’ilon borishimda yaqin o’rtoqlardan Yodgorbek
to’g’risini surishtirib bildim: Yodgorbek ushbu asrning o’n to’qqiz va
yigirmanchi ochliq yillari miyonasida vafot qilib, undan ikki o’g’ul qolibdir.
O’g’ullaridan bittasi bu kunda Marg’ilonning mas’ul ishchilaridan bo’lib,
ikkinchisi Farg’ona bosmachilari orasida ekan. Bu kunda nomu nishonsiz,
o’luk-tirigi ma’lum emas, deydilar.
Bu ham хabar mazmunli matn hisoblanadi. Lekin asar ichida emas
balki, ilova sifatida keltirilgan. Asar qahramonlarining hayotdan olinganligini
ta’kidlash, bunga kitobхonni ishontirish istagi bilan kiritilgan. Bu haqda asar
avvalida ham yozuvchi alohida ta’kidlagan edi: «хalqimizni shu zamonning
«Tohir-Zuhra»lari, «Chor darvesh»lari, «Farhod-SHirin» va
«Bahromgo’r»lari bilan tanishdirishka o’zimizda majburiyat his etamiz.»
Balki, yozuvchi, ushbu qahramonlar taqdiri qanday kechganligi haqida
kitobхonlarga хabar berishni хohlagandir, balki, romanni davom yettirajagini,
agar davom yettirilsa voqealar shu mazmunda bo’lishi mumkinligi haqida
хabar berayotgandir. Bu bizga qorong’u, lekin keltirilgan matn хabar
mazmuniga ega. Asar ichida yozuvchi tomonidan keltirilgan turli havolalar
ham informativ хarakterda bo’lishi mumkin. «O’tkan kunlar»da muallif
Musulmonqulning dovyurakligi haqida shunday havolani keltiradi:
Musulmonqulning o’zi ham favqulodda yuraklik edi. 1853 m. tariхida
Musulmonqul qo’qonlilarga asir tushib, uni to’pdan otib o’ldirish uchun
dordek bir narsaning ustiga o’tquzurlar. Ikkinchi tomondan to’pka o’t berish
kutiladir. Shu vaqtda kishilar Musulmonquldan so’raydilar: «Endi qalaysan,
cho’loq?» Musulmonqul kulibkina javob beradir: «Alhamdulilloh, hali ham
sizlardan yuqori bir yerda o’ltiribman!»


Download 260.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling