Bakalavr bosqichi 2


Download 260.89 Kb.
bet73/91
Sana05.01.2022
Hajmi260.89 Kb.
#233087
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91
Bog'liq
Badiiy matnning lingvistik tahlili

Paronimlar ham omonimlar bilan ba’zi jihatlariga ko‘ra o‘xshashdir. Paronimlar tovush jihatidan butunlay teng bo‘lmasa­da, talaffuz jihatdan bir-biriga yaqin so‘zlardir: adresat-adresant, diplomat-diplomant, abzal-afzal, mavsum-maxsum kabi.

Nutqda noaniqlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun tildagi paronimlarni farqlash, ular anglatadigan ma’nolarni ajratish zarur, aks holda qo‘pol xatolar sodir bo‘lishi, natijasida jumla g‘alizligi yuzaga kelishi mumkin: Bu sharoitda yashaganimdan ko‘ra uzoq­uzoqlarga bosh olib ketganim abzal. Bir kunda 1,0%, maxsum boshidan buyon 76,10 % kabi va b.

Karxonamizda 200 ga yaqin ishchi xizmat qiladi. Chanoqlardagi lo‘ppi ochilgan paxtalar quyoshda yarqirab kumushdek toblanadi. Xavfli yoqilg‘i. Misollarda afzal so‘zi abzal, mavsum so‘zi maxsum, korxona o‘rnida karxona, tovlandi o‘rnida toblandi, yonilg‘i o‘rnida yoqilg‘i tarzida noto‘g‘ri qo‘llangan.


Download 260.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling