413
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Xudirgan baxshi. “Qirq minglar”, qo‘lyozma, O‘zRFA folklor arxivi.
2. Xo‘jyoz baxshi. “Xirmondali”, qo‘lyozma, O‘zRFA folklor arxivi.
Qosimova Nazokatxon
QDPI akademik litseyi
Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi
NUTQIY MULOQOTNING SOTSIOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI
Annotatsiya. Maqolada umuminsoniy va
milliy qadriyat hisoblanuvchi
muomala odobining sotsiolingvistik xususiyatlari va zarur shartlari haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar. nutqiy muloqot, adresat, adresant, nutqiy vaziyat,
muomala
odobi
Аннотация. В статье говорится о социолингвистических особенностях
и необходимых условиях этикета, который считается
общечеловеческой и
национальной ценностью.
Ключевые слова. речевое общение, адресат, адресат, речевая ситуация,
этикет.
Annotation. The article talks about the sociolinguistic features and necessary
conditions
of etiquette, which is considered a universal and national value.
Key words. speech communication,
addressee, addressee, speech situation,
etiquette
Ma’lumki, insonlar ijtimoiy hayotda bir-birlari bilan nutq orqali aloqaga
kirishadilar. Nutqiy muloqot insonlarning bir-birlari bilan aloqaga kirishishlarida
muhim omil hisoblanadi. Nutqiy muloqot jarayonida muomala odobiga
rioya qilish
insonning go’zal xislatlaridan biridir. Chunki muomala odobi insondan katta mas’uliyatni
talab qiladi. Muomala odobi umuminsoniy va milliy qadriyat hisoblansada, insonning
o’zligini namoyon etuvchi yuksak fazilat hisoblanadi.
Nutqiy muloqotning zarur shartlariga quyidagilar kiradi:
1. Insonlarning yoshi, jinsi, jamiyatda tutgan mavqeidan qat’iy nazar
suhbatdoshlar o’rtasidagi samimiy munosabat va hurmat-ehtirom o’rnatilishi.
Muloqot jarayonida adresat (so’zlovchi) va adresant (tinglovchi)o’rtasida tabiiy ravishda
lisoniy va nolisoniy omillar ishtirok etadi. Insonlarning qanday ekanligi, ya’ni
ularning
bilimi, dunyoqarashi, saviyasi, axloqi, odobi, tarbiyasi,
faxm-farosati, madaniyati o’z
nutqlarida namoyon bo’ladi.