414
jerkish kabi ma’nolarni ifodalab kelishini misollar tahlili orqali ko’rsak.
— Marhamat, o‘tiring, — dedi Ismoil Yusupovich qarshisidagi stulga ishora qilib.
— Tashakkur. — Siz men bilan ikki kun birga bo‘lasiz. (Sh.Xolmirzayev “Jarga uchgan
odam”)
— Shu, — dedi Ortiqali irg’ishlab. So’ng gap yo’q, so’z yo’q qishloq tomonga qarab
o’qdek uchib keta boshladi. ... Yengil tortadilar. Oani, qizim, siz ham o’tiring, o’tirsinlar.
Obbo oppoq qizim-ey. (X.To’xtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati yoxud sehrgarlar
jangi”)
3. Qaysi vaziyatda nima haqida muloqot qilishni bilish. Masalan, to’y
va shu kabi
xursandchilik, shodiyona marosimlarida o’lim va aza singari xafagarchilik, g’am, qayg’u
haqida so’zlash ma’qul bo’lmaganidek, azada ham to’yu
tantanadan gapirish yoki kulib,
xursand otirish, bo’lar-bo’lmasga yonidagilarni gapga tutish joiz emas. Suhbatdoshning
holati, kayfiyati, yoshi va ijtimoiy mavqeiga qarab muomala qilish farosatli kishining
go’zal axloqini ko’rsatadi. Kommunikatsiya jarayonida
yoshi va mavqei yuqori
insonlarning so’zlarini tinglab, ularning ko’proq gapirishlariga imkoniyat berish lozim.
4. Yoshi va mavqei yuqori insonlarga o’z o’rnida maqtov va xushomad
Do'stlaringiz bilan baham: