Nutqiy muloqotning sotsiolingvistik xususiyatlari


Download 357.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana10.11.2023
Hajmi357.51 Kb.
#1764126
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
64db355a893f0 125

so’zlarni qo’llash. Chunki me’yoridan ortiq xushomad va maqtov nafaqat maqtov 
egasi, balki atrofdagi boshqa tinglovchilar uchun ham noqulaylik tug’diradi va seziladi. 
Natijada bunday maqtov va xushomad hurmat sanalmaydi.
Har qanday nutqiy vaziyatga mos ravishda insonlar salomlashish, iltifot, kechirim 
so’rash, tabriklash, minnatdorchilik izhor qilish, xayrlashish singari turli xil nutqiy 
muloqot so’zlaridan foydalanadilar va ularning har birining o’ziga xos va mos muomala 
shakllari mavjud. Adresat va adresant tomonidan olib borilgan nutqiy muloqot verbal 
va noberval shakllarda bir necha tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi. Bular:
1. Nutqiy muloqot boshlanishi.
2. Nutqiy muloqot jarayoni.
3. Nutqiy muloqot yakuni.
Nutqiy muloqotning boshlanishi barcha millat va davlatlarda salomlashish 
hisoblanadi. Salomlashish – milliy, ma’naviy tamoyillarga asoslanadigan xatti-
harakat shakli, nutq odobi unsuri. Har qanday nutqiy muloqot salomlashish jarayoni 
bilan boshlanadi. Bunday so’zlarga: assalomu alaykum – vaalaykum assalom, salom, 
yaxshimisiz – xudoga shukur, hormang – bor bo’ling, xush kelibsiz – xushvaqt bo’ling kabi 
til birliklari kiradi. Salomlashish bosqichi verbal va noverbal shakllarda ifodalanadi. 
Masalan, o’zbeklarda o’ng qo’lni ko’ksiga qo’yib salom beriladi. Salom beradigan inson 
yoshi va mavqei ulug’ bo’lsa, boshni ozgina oldinga egib, yengil ta’zim beriladi. Ayollar 
salomlashishi erkaklardan farq qiladi. Erkaklar suhbatdoshga o’ng qo’llarini cho’zib 
va maxkam qisib salomlashsa, ayollar nazokat bilan qo’l tirsaklarini ushlagan holda 
salomlashadilar. Yoshi, hurmati, mavqei yuqori va yaqin insonlar bilan esa ikki qo’llari 
bilan quchoq ochib ko’rishadilar. Masalan, Assalomu alaykum… Sog’milar, shaxzodam, – 
dedi Gulshan qo’lini ko’kragiga qo’yib, bolag’a bukilinqirag’an holatda. Shaxzoda javobsiz 
kulimsirab, Gulshanga biroz qarab turdida, ichkariga kirib ketdi. (A.Qodiriy “Mehrobdan 
chayon”) 

Download 357.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling