Nutqiy muloqotning sotsiolingvistik xususiyatlari
Download 357.51 Kb. Pdf ko'rish
|
64db355a893f0 125
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqiy muloqotning so’nggi
Nutqiy muloqot jarayoni nutqiy holatga mos ravishda turli xil shakllarda namoyon
bo’ladi. Bunda kommunikatsiya ishtirokchilari muloqot jarayonining hosil qilishdan 415 ko’zlagan maqsadlatriga asosiy e’tiborlarini qaratadilar. Suhbat asnosida bir-birlarni yaxshi tushunib, jarayonning yanada jonli va qiziqarliligini ta’minlash maqsadida yaxshi, barakalla, to’g’ri, xo’sh, qani, albatta, bemalol, mayli va shu kabi ko’plab so’roq, iltifot, kechirim so’rash, tabriklash, minnatdorchilik izhor qilish mazmunidagi til vositalaridan foydalanadilar. Mahdum shart etib, peshonasig’a urib yi’g’ladi: – So’zlag’ali til yo’q… Janobning oldilarida sharmisor, g’azabka sazovor bo’ldim… Ertalab uyg’onsaq, bepadar ojizamiz yo’q… Sarosima u yon bu yon yugurib turg’animizda, Mirzo Sultonalinikidan, qizingiz biznikida, degan xabar bordi. Biz ayollar bilan yugurishibkelsak, bir onda… – Xosh, xo’sh? – Anvar uni yo’ldan ozdirib, bu yerdan ham olib qochibdir… Harchand ichkari va tashqarini izlab, ushbu xatdan g’ayri asar topmadiq… Evoh!.. (A.Qodiriy “Mehrobdan chayon”) Nutqiy muloqotning so’nggi bosqichi bu suhbat yakuni hisoblanadi. Har qanday muloqot bosqichi xayrlashish asnosida yakun topadi. Xayrlashish chog’ida katta birinchi bo’lib kichikka qo’l uzatadi. Tashrif buyuruvchining xizmat xonasidan biror masala hal etib bo’lingach, ketish oldidan o’tirgan holda qo’l uzatish nojoizdir. Bu paytda, albatta, tashrif buyurgan inson o’rnida qo’zg’alganda o’rindan turish va so’ng xayrlashish ham ma’naviy qadriyatladan hisoblanadi. Keksa insonlar tashrif buyurganda ijtimoiy xodim eshikkacha kuzatib qo’yishi ham axloqiy odoblardan sanaladi. Xayrlashish ham boshqa bosqichlar singari verbal va noberval shakllarda ifodalanadi. Masalan, xayr, ko’rishguncha, yaxshi qoling, yaxshi boring, yana boshqa keling kabilar verbal shakllarda ifodalansa, aytilgan so’zlarga yana qo’shimcha tarzda qo’l harakati orqali yengil ta’zim qilish mumkin. – Xayr, xayr, – dedi mahdum, adras to’n bilan vidolashqandek. – Sen qizlaringni ozod qo’y, Nigor, dasturxon tayyorlab, choy qaynat, Fotihaga odamlar kelsa kerak. Sen, Ra’no, sochlaringni yuvib, sal odamshavanda bo’lib yursang bo’lmaydimi, qizim? (A.Qodiriy “Mehrobdan chayon”) Muloqot jarayoni xotimalanish bosqichida suhbatdoshlar bir-birlari bilan xayrlashadilar. Xayrlashish ham milliy-ma’naviy, inson tarbiyasi va madaniyati aks etadigan xatti-harakatlari shakli, nutq odobi unsuri sanaladi. Download 357.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling