Bakalavr mutaxassisligi: milliy g’oya ma’naviyat asoslari huquq ta’limi
Download 42.99 Kb.
|
Rashidov S
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.BOB. Huquqiy tarbiyaning o’rni va ahamiyati
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PЕDAGOGIKA UNIVЕRISTЕTI TARIX FAKULTETI
HUQUQIY MADANIYAT VA HUQUQIY TARBIYA ASOSLARI FANIDAN KURS ISHI MAVZU: SHAXSNING IJTIMOIYLASHUVIDA HUQUQIY TARBIYANING IJTIMOIY ASOSLARI Bajardi: Rashidov S Tekshirdi: Shodiyev J JIZZAX – 2022 Mavzu: Shaxsning ijtimoiylashuvida huquqiy tarbiyaning ijtimoiy asoslari Mundarija: Kirish . Shaxs va uning ijtimoiylashuvi haqida..................................................3 II.BOB. Huquqiy tarbiyaning o’rni va ahamiyati1.1. Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi............41.2. Huquqiy tarbiyaning ta’lim va tarbiyani tashkil etishdagi o’rni va uning huquqiy madaniyat darajasini yuksaltirishda zaruriy shartligi............................................16 II. BOB. Huquqiy tarbiya haqida 2.1. Huquqiy tarbiya tushunchasi mazmun-mohiyati.............................................20 2.2. Yoshlarning huquqiy ongini shakllantirishda huquqiy tarbiyaning roli..24 Xulosa……………………………………………………………………..………27 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ………………………………..…………...28 Kirish. Shaxs va uning ijtimoiylashuvi haqida Go’dak tug’ilganidan ma’lum yoshga qadar, ya’ni borliqni eng oddiy tarzda anglaguniga qadar individ sanaladi. Bu davrda ham bola atrofdagi turli kishilar bilan o’zaro munosabatda bo’ladi, istaklarini xatti-harakatlari, ovozi yordamida ifodalashga intiladi. Biroq, uning bu harakatlari ongli tarzda emas, balki shartli reflekslar yordamida tashkil etiladi. Demak, biologik mavjudot sanaladigan individ shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini anglashi, shuningdek, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak. Har bir shaxs o’zgalardan farq qiladi. SHaxsni o’zgalardan farqlovchi jihatlar individuallik sanaladi. Individuallik shaxsning o’ziga xos xususiyatlarning aks etishi sanaladi. Tarbiya jarayonini tashkil etishda bola shaxsini puxta o’rganish, uning yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor bo’lish va uning individual xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi. Individual yondashuv o’quvchining aqliy qobiliyati, bilishga bo’lgan qiziqishi va iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. Bolaning harakatlari uning ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ongli ishtiroki natijasida shakllana boradi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. Download 42.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling