Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand-2020
Download 346.82 Kb.
|
Jamoada samarali ishlash o\'quv qo\'llanma inshaollox (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Jamoada samarali ishlash” fanining mazmuni
- Bu muammolar quyidagilardir
Ushbu kursni o‘rgatishdan maqsad-talabalarda jamoani samarali boshqarish ilmini amaliyotda qo‘llay biladigan darajadagi ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. U talabalarda ishlab chiqarishdan ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’minlovchi jamoani boshqarish bo‘yicha nazariy va amaliy professional bilimlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Ya’ni, “Jamoada samarali ishlash” fanining mazmuni korxona xodimlarini boshqarish usullari va tamoyillarini, bu boradagi nazariy va amaliy masalalar tizimini; tashkiliy shakllarini ishlab chiqish va tadbiq etish jarayonlaridan iborat.
Ushbu “Jamoada samarali ishlash” kursi bo‘yicha tuzilgan namunaviy dasturda nazariy faoliyatda uchraydigan muammolarning mazmun mohiyati ochib berilishiga asosiy e’tibor qaratilgan. Bu muammolar quyidagilardir: — fanning rivojlanish tarixidagi tajribalar; — fanning predmeti va mazmuni; — jamoa va guruhlarning ijtimoiy psixologik tushunchalari; — jamoa normalari va qadryatlari; — samarali jamoalar; — korxona va tashkilotlarida jamoani shakllantirishda inson omili; — jamoani boshqarish funksiyasining rivojlanishi; — korxona va tashkilotlarda jamoani boshqarish strategiyasi; — xizmat martabasini boshqarish; — xodimlarning xizmat pog‘onasida ko‘tarilishini boshqarish; — korxona va tashkilot ijtimoiy rivojlanishi — jamoani samarali boshqaruvi asosi; — jamoa xulq-atvorini boshqarish; — kadrlar tizimidagi yangiliklarni boshqarish; — jamoaviy mehnat munosabatlari etikasi; — jamoa va guruhlarni boshqarishda ixtiloflar va stresslarni yechish; — boshqaruv jamoasi mehnatini tashkil etish; — geografik jihatdan ajratilgan va virtual jamoalarning tashkil etish. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan muammolarni hal qilish yuzasidan fan oldiga quyidagi asosiy vazifalar qo‘yilgan: — jamoada samarali ishlash asoslarini o‘rganish; — korxona va tashkilotlarda jamoa va guruhlarni boshqarish strategiyasi va taktikasining mohiyati, mazmuni va xususiyatlarini o‘rganish; — jamoa va guruhlarga a’zolarni tanlash, malakasini oshirish, o‘qitish va lavozimlarga tayinlash masalalarini o‘rganish; — jamoani boshqarish bo‘yicha ish yuritish jarayoni va uning asoslarini puxta egallash, zaruriy hujjatlarni to‘g‘ri va tez rasmiylashtirish; — jamoani boshqarish samaradorligini aniqlash va uni yanada oshirish yo‘llarini belgilash; — korxona va tashkilotlarda kadrlar ish faoliyatining mazmuni va mohiyatini o‘rganish; — yetakchilik texnologiyalarni qo’llash va hokazo. Download 346.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling