Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand-2020


Javobgarlik va ma’suliyatlilik tamoyili


Download 346.82 Kb.
bet60/68
Sana05.02.2023
Hajmi346.82 Kb.
#1167981
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68
Bog'liq
Jamoada samarali ishlash o\'quv qo\'llanma inshaollox (2)

Javobgarlik va ma’suliyatlilik tamoyili mavjud qoida va huquqlarga asoslanib boshqaruv tizimini tashkil etishni talab qiladi. Bu tamoyilda barcha xodimlar o‘zlariga topshirilgan vazifalarga javobgarlik va ma’suliyatlilik nuqtai nazaridan qaraydilar va huquq va qoidalarga suyanib mehnat unumdorligini oshirishga harakat qiladilar. Oxirgi natijada olingan qo‘shimcha daromaddan moddiy rag‘batlantirish vositalari ham ishlashini talab qiladilar.
Ierarxiya va qayta aloqalar tamoyilida boshqaruvdagi quyi bo‘limlar o‘zlarining boshqaruv organlari rahbarligida faoliyat ko‘rsatadilar. Bu tamoyil ko‘p hollarda bosqichma-bosqich tarkibli boshqaruv tizimini qo‘llashda ishlatiladi.
Bu boshqaruv tizimi pastdan yuqoriga va yuqoriga buysunish tamoyilida majmuali faoliyat yuritadi. Ya’ni bo‘limlar, boshqarmalar va bosh boshqarma rahbarligini anglatadi.
Qayta aloqalar deyilishiga sabab bosh boshqarmalar quyidagi bo‘limlar va birlashmalar faoliyatlari natijalariga qarab qayta nazorat qiladilar. Menejmentning eng zamonaviy tamoyillaridan biri – demokratik tamoyil hisoblanadi. Bu tamoyilda tashkilotning barcha xodimlari boshqaruv faoliyatida ishtirok etadilar. Bunday ishtirok etishning sababi, asosiy mehnatga qo‘shimcha haq to‘lash, moliyaviy operatsiyalar, aksiyalarni qo‘yish, yagona ma’muriy boshqarish, boshqaruvda qarorlarni jamoaviy asosda qabul qilish hisoblanadi.
Menejment tizimida davlat qonunchiligi tamoyili asosida boshqaruvni tashkil qilish faqat davlat qonulari asosida amalga oshiriladi.
Menejment tizimida davlat qonunchiligi tamoyili asosida boshqaruvni tashkil qilish va shakllantirishda juda ko‘plab tamoyillar mavjud. Turizm menejmentida eng muhimi sohadagi rivojlanish o‘rni va maqsadi, imkoniyatlarning borligi nuqtai nazaridan zarur tamoyil asosida boshqaruv tizimini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi.


NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

    1. Boshqarishning umumiy tamoyillari qanday guruhlarga bo‘linadi.

    2. G.Emerson ilmiy boshqaruv ta’moyilini qanday ketma-ketlikda bayon qilinadi.

    3. Turizmda menejment faoliyatiga ta’rif bering.

    4. Turizm tushunchasini tariflab bering.

    5. Turizmda jamoaviy boshqaruvning roli qanday.



Download 346.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling