119
Kasbi va mutaxassisligi to’g’risidagi ma’lumot
mehnat daftarchasiga
ma’lumot to’g’risidagi hujjat yoki tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjat
asosida yoziladi.
Mehnat daftarchasi to’lg’azilgandan so’ng xodim kiritilgan ma’lumotlarning
to’g’riligini o’z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Mazkur ma’lumotlarni yozgan shaxsning
imzosi korxona muhri bilan
tasdiqlanadi.
Mehnat daftarchasidagi ismi-sharifi va tug’ilgan kuni to’g’risidagi yozuvlarga
o’zgartirishlar tegishli hujjatlar (pasporti, tug’ilganlik, nikoh va nikohni bekor
qilinishi haqidagi
guvohnomaga qarab familiyasini, ismini o’zgartirish va
hokazolar) asosida va ushbu hujjatlarning soni va berilgan sanalariga havola
qilingan tarzda oxirgi ish joyidagi ish beruvchi tomonidan kiritiladi.
O’zgartirilgan yozuvlar mehnat daftarchasining birinchi betiga kiritiladi.
Ilgarigi
familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tug’ilgan kuni to’g’risidagi yozuv
ustidan
bir chiziq chizilib, yangi ma’lumotlar yozib qo’yiladi. Yozuvlar
muqovaning ichkari betiga yozilib korxona rahbarining
yoki uning tomonidan
maxsus vakolat berilgan shaxs imzosi hamda korxona yoki xodimlar bo’limi muhri
bilan tasdiqlanadi. Xodimlarning ma’lumoti, kasbi, ixtisosligi va hokazolar
bo’yicha o’zgartirishlar xam xuddi yuqoridagi tartibda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: