Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b


Download 2.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/108
Sana06.11.2023
Hajmi2.11 Mb.
#1750785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Bog'liq
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta

 
Taqrizchilar: 
Abduraxmonova G.Q. - iqtisodiyot fanlari doktori, profеssor. 
Umariva G. – iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent 
UO‘K:33(75)  
KBK: 65.9(2)24 
ISBN 978-9943-4333-7-3 
 
 
© “IQTISODIYOT” nashriyoti, 2019
 
 



KIRISH 
Har qanday korxona, tashkilot va muassasaning erishgan yutuqlari, mavqei, 
eng avvalo, unda faoliyat yuritayotgan xodimlar salohiyati va malakasi bilan 
chambarchas bog‘liqdir. Bunda bevosita xodimlarni ishga qabul qilish, boshqarish, 
o‘z vaqtida rag‘batlantirib borish, mehnat intizomiga rioya etishni ta’minlash va 
nazorat qilib borish, qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasini 
tuzish yoki bekor qilish kabi muhim masalalarni amalga oshiruvchi Kadrlar 
xizmatining o‘rni beqiyosdir. 
Aksariyat tashkilot, korxona va muassasalarda Kadrlar xizmati bo‘limi 
mustaqil bo‘lim sifatida faoliyat yuritib, unga rahbar tomonidan tayinlangan bo‘lim 
boshlig‘i rahbarlik qiladi. Bo‘limning asosiy vazifasi tashkilot xodimlari 
faoliyatiga oid hujjatlarni rasmiylashtirish, asosiy shtat lavozimida ishlayotgan 
xodimlar attestastiyasini tashkil etishda ko‘maklashish, ularni davlat, vazirlik va 
tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash uchun hujjatlarini taqdim etish, xodimlarni 
shaxsiy hujjatlarini yuritish va saqlovini ta’minlash, belgilangan tartibda tashkilot 
nomidan mehnat faoliyatiga doir ma’lumotlar, buyruqdan ko‘chirmalarni 
rasmiylashtirish, tegishli davlat organlaridan kelib tushgan so‘rovnomalar hamda 
fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida javob yo‘llashni tashkil etishdan iboratdir. 
Bugungi kunda biron-bir tashkilot, muassasa yoki korxona faoliyatini 
hujjatlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Mazmunan va shaklan turli-tuman bo’lgan 
ushbu hujjatlar kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib kelgan. 
Zero, hujjatlar kechagina paydo bo’lgan narsa bo’lmay, kishilik jamiyati 
shakllanishi bilanoq, jamiyat a’zolari o’zaro munosabatlaridagi muhim holatlarni 
muntazam ravishda qayd etib borishgan. Bugungi kunda ham davlat va nodavlat 
tashkilotlari, muassasalari hamda korxonalari, xususan, kadrlar xizmatida ish 
yuritishni sifatli yo‘lga qo‘yish mustaqil davlatimiz taraqqiyoti uchun zarur 
bo‘lgan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shu sababli, o‘quv qo‘llanmada 
respublikamiz tashkilotlarda kadrlarga oid ish yuritish asoslari, hujjatlarning 
turlari, ularni tuzish tartibi, shakli, mazmuni, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda 
ijrosini nazorat qilish borasida ilmiy bilim va fikr-mulohazalar yuritilgan.



Shuningdek, “Kadrlar xizmatida ish yuritish” fanining dolzarb masalalari 
sirasiga tashklotlarda xodimlarni boshqarish, ularga taаlluqli ish yuritishni tashkil 
etish haqidagi bilimlarni mustahkamlash, tegishli huquqiy-me’yoriy hujjatlar, 
ilmiy adabiyotlar, sohaga oid olib borilayotgan yangi ilmiy-tadqiqot ishlari, fan 
bo‘yicha to‘plangan ilg’or tajribalar asosida mutaxassis kadrlarlarga qo‘yilayotgan 
talablarni o‘rganish kabilarni kiritish mumkin. 

Download 2.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling