Bakteriyalar morfologiyasi
Bakteriyalarni hujayra devorining kimyoviy tarkibiga ko‘ra
Download 34.2 Kb.
|
BAKTERIYALAR
Bakteriyalarni hujayra devorining kimyoviy tarkibiga ko‘ra
farqlash Bo'lim Hujayra devorining tuzilishi L Gracilicutes Yupqa devorli, grammanfiylar П. Firmiticus Qalin devorli, grammusbatlar Ш. Tenericutes Hujayra devori bo'lmaganlar IV Mendosicutes Nuqsonli hujayra devori, peptidoglikan bo'lmaydi Hujayra devori faqat bakteriyalar, aktinometsetlar, ko'k-yashil suv o 't l a r i va rik k e tsiy a la rd a b o 'la d i. S p iro x e ta , m ik o p la zm a va mikobakteriyalarda bu tuzilma bo'lmaydi. Hujayra devorining mikroblar oziqlanishida katta ahamiyati bor. U moddalarni tanlab o'tka zish xususiyatiga ega bo'lganligi uchun turli moddalarning hujayra ichiga o'ti b almashinuv mahsulotlarining tashqariga chiqib turishini ta’minlaydi. Molekulalari uncha katta bo'lmagan suv, glyukoza, aminokislotalar, yog' kislotalar hujayra devori orqali oson o'tadi. Murakkabroq tuzilishga ega bo' lgan yirikroq organik moddalar molekulalari hujayra sintez qiladigan fermentlar ta’sirida parchalanib; maydaroq molekulalarga aylangandan keyin devor teshiklaridan sitoplazmaga kiradi. Sitoplazmatik membrana — bakteriya hujayrasi devorining tagida joylashgan tuzilma. Uning qalinligi 5-7,5 nm. U lipid, protein va polisaxarid qavatlaridan iborat. Sitoplazmatik membrananing kimyoviy tarkibi oqsil, fosfolipid, lipoprotein, qisman uglevod va boshqa birikmalardan tashkil topgan. Bu membrana hujayra devorini sitoplazmadan ajratib turadi, lekin membranadan fermentlar (permeaza) yordamida doimiy ravishda bakteriya h ay o ti uchun zarur bo'lgan turli moddalar va ionlar o 'tib turadi. Sitoplazmatik membranada o ‘ta sezgirretseptorlar joylashgan b o iib , ular yordamida bakteriyalar atrof-muhitdan kelgan signallar, oziq muhitlar va antibakterial birikmalami farqlaydi. Membrananing yuzasida joylashgan faol ferment tizimi oqsil, toksin, fermentlar, nuklein kislota va boshqa moddalar sintezida qatnashadi. Sitoplazmatik membranada bir-biri bilan bogiiq turli xil reaksiyalar amalga oshadi. Hujayra membranasining sitoplazma ichiga botishi natijasida mezosomalar hosil boiad i. Ular hujayra devorining paydo b o iish id a va hujayraning boiinishida maium darajada qatnashadi. Mezosomalar nukleoid bilan b o g iiq boiganligi sababli spora hosil qilishda ishtirok etadi. Sitoplazmatik membrana bakteriya hujayrasining osmotik bosimini ta’minlaydi, hujayra bilan tashqi muhit o'rtasida to'siq vazifasini o'taydi. Turli omillar ta’sirida bakteriya hujayra devoridan mahrum boiishi mumkin. Masalan, lizotsim ta’sirida tayoqchasimon grammanfiy bakteriyalarning hujayra devori qisman erib ketsa, hujayra sferik shaklni egallaydi. Shuning uchun ularni sferoplastlar deb ataladi. Bakteriyaning hujayra devori to iiq erib ketsa, u holda protoplastlar deyiladi. Protoplastlar ko'payish, oqsil, nuklein kislota va fermentlar sintez qilish, spora hosil qilishga moyil, lekin chidamsiz, ayniqsa, osmotik bosimning o'zgarib turishi va mexanik ta’sirotlarga sezgirdir. Ularga bakteriofag ta’sir etmaydi. Protoplastlarga bakteriyalarning L — shakli misol b o i a oladi. Uni birinchi marta 1935-yilda Lister institutida aniqlanganligi uchun shu nom berilgan. L — shakl mikrobning o'zgaruvchanligi natijasidir. Bunday o'zgaruvchanlik va bakteriyaning hujayra devoridan mahrum bo'lishi ko'pincha dorilar, jumladan, penitsillin ta’sirida vujudga kelishi mumkin. Penitsillin ta’sirida hujayra devori sintezi buziladi, natijada hujayraning o'sishi, ko'payishi ham o'zgaradi. Bakteriyalarning L — shakli turg'un va noturg'un bo'ladi. Noturg'un shakllar ta’sir etadigan omil bartaraf etilsa, bakteriya L — shakldan yana o'zining tabiiy shaklini olishi mumkin. Turg'un L — shakl mikoplazmaga o'xshaydi. Bakteriyaning kapsula hosil qilishi. Ayrim bakteriyalar turli omillar ta ’sirida ko'plab shilimshiq modda ishlab chiqarib hujayrani qoplaydi. Ba’zi mikroblar faqat odam yoki hayvon organizmiga tushgandagina k ap su la hosil q ilad i. B u la r pnevmokokklar, k uydirgi, qorason qo'zg'atuvchilaridir. Boshqalari (kapsulali bakteriyalar guruhi vakillari) doimo oziq muhitda ham kapsula hosil qiladi. Kapsula mikrob hujayrasini himoyalaydi (9-rasm), ularga fagosit hujayralar, antitelolar sezilarli darajada ta ’sir qilmaydi. Ayrim bakteriyalar (stafilokokk, streptokokk, bo‘g ‘ma qo'zg'atuvchisi va boshqalar) mikrokapsula hosil qiladi, buni faqat elektron mikroskop yordamida aniqlash mumkin ( 10-rasm). LJglevodi mo'l bo'lgan oziq muhitlarda k o 'p g in a bakteriyalar mikrokapsula, saprofit bakteriyalar esa bir necha bakteriya hujayra uchun umumiy bo'lgan kapsula hosil qiladi. Bunday bakteriyalar zoogleyalar deyiladi. Download 34.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling