Bakteriyalar morfologiyasi


Download 34.2 Kb.
bet1/4
Sana18.03.2023
Hajmi34.2 Kb.
#1279954
  1   2   3   4
Bog'liq
BAKTERIYALAR


BAKTERIYALAR MORFOLOGIYASI
Bakteriyalar morfologiyasi va tuzilishi
Bakteriyalar, asosan, bir hujayrali, xlorofilsiz mikroorganizmlar bo'lib, biologik xususiyatlariga ko'ra prokariotlarga mansub, ular tabiatda keng tarqalgan va atroflicha o'rganilgan. Bakteriyalar kattaligi mikrometr (mkm) bilan o'lchanadi, o'rtacha 0,1-0,15 mkm dan (mikoplazma) 3-500 mkm gacha Bakteriyalarning kattaligi, shakli va xususiyatlari atrof-muhit sharoitiga qarab o'zgaradi, ammo ma’lum sharoitda, mikroblar evolutsiyasi natijasida orttirgan xossalari, morfologiyasi uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkin.
Bakteriyalar shakliga ko'ra 3 ta asosiy guruhga bo'linadi: 1) sharsimon (kokklar); 2) tayoqchasimon (bakteriyalar, batsillalar, klostridiyalar); 3) egilgan, spiralsimon (vibrionlar, spiroxetalar)
Sharsimon bakteriyalar (kokklar): elektronmikrofoto, kat. 16000. Kokklar (yunoncha kokkus-don): yumaloq, sharsimon bo'ladi, ular ellips va loviyaga o'xshash bo'lishi ham mumkin. Kokklar jo y lashishiga, ko'payishiga va biologik xususiyatlariga ko'ra bir necha xilga: mikrokokk, diplokokk, streptokokk, tetrakokk, sarsinalar va stafilokokklarg a bo'linadi.
Mikrokokklar yakka-yakka, tartibsiz joylashadi, juft-juft joylashgan kokklar diplokokklar deb ataladi. Kokklar boiinganidan keyin bir-biridan ajralib ketmay, zanjircha hosil qilsa, streptokokklar deyiladi. Biri-biriga tik ikki tekislikda bo'linib, to'rtta kokk hosil qilganlari tetrakokk deb ataladi.
Ayrim kokklar uch tekislikda bo'linib, 8-16 tadan bo'lib joylashadi. Bularga sarsinalar deb nom berilgan. Kokklaming tabiatda juda k o 'p uchraydigani stafilokokklardir. Ular bir necha tekislikda b o iin ish xususiyatiga ega. Shuning uchun bu kokklar tartibsiz va g ‘uj -g‘uj bo'lib joylashadi, shuning uchun uzum shingiliga o'xshaydi. Diplokokk, streptokokk va stafilokokklar orasida odam va hayvonlar uchun patogen, ya’ni kasallik paydo qiladigan turlari mavjud.
Tayoqch a sim o n b a k te r iy a la r silin d r shaklida, y a k k a -y a k k a (monobakteriyalar), ju ft-ju ft (diplobakteriyalar) yoki zan jirsim o n (streptobakteriyalar) ko'rinishda bo'ladi. Bakteriyalarga spora hosil qilmaydigan tayoqchasimon mikroorganizmlar (ichak, b o ‘g'ma va sil tayoqchalari) va spora hosil qiluvchi tayoqchasimonla_r —batsilla (kuydirgi qo'zg'atuvchisi) va klostridiylar (qoqshol, botulizm, gazli gangrena qo'zg'atuvchilari) kiradi
S h ak li va kattaligiga qarab tayoqchasimon bakteriyalar kalta (tulyaremiya tayoqchasi), uzun (kuydirgi tayoqchasi), uchlari to'mtoq (bo‘ g ‘ma tayoqchasi) yoki o'tkir bo'lishi mumkin. Bakteriyalarning burama shalcllilari ham bor. Bular bitta о‘ramli vibrionlar va 2-3 o'ramli spirillalarga ajratiladi.
Egilgan yoki spiralsimonlar. Vibrionlar yarimoysimon yoki vergulga
o'xsJiash bo'ladi. Patogen vibrionlarga vabo qo'zg'atuvchisi misol bo'la
oladi (6-rasm). Vibrionlar ariq, ko'lmak suvlarida ko'p uchraydi. Hujayra
uchihisoblanadi. Spirillalar buramali bakteriyalar bo'lib, iflos suvlarda,
tashlandiqlarda yashaydi. Ularning aksariyati zararsiz, lekin bir turi —
Spiri Hum minus odamda kalamush tishlaganda yuqadigan sodoku
kasalligini qo'zg'atadi.
M a ’lum bir tur bakteriyalar atrof-muhit sharoiti ta’sirida nafaqat ichki
xususiyatlarini, balki shakli va kattaligini ham o'zgartirishi mumkin.
Shuning uchun mikroblar polimorf, ya’ni ko'p
shakl H b o 'la d i. Bir mikrob k ulturasidagi
h u ja y r a la r issiq lik , k islo ta la r, tu z la r,
dezinrfeksiyalovchi moddalar ta ’sirida o 'z
shaklimi o'zgartirishi mumkin.
K o 'p in ch a polimorfizm xususiyatiga ega bo'Iga n bakteriyalar sun’iy muhitga ekilganda, undagi fizik, kimyoviy komponentlar ta’sirida bakteriyalarning shakli, kattaligi o'zgaradi.
Natijada yirik, sharsimon, kolbasimon, ipsimon hamda suzgichdan o'tuvchi bakteriya shakllari paydo bo'ladi. Bakteriya morfologiyasidagi bunday o'zgarish hujayra devori sintezining

Download 34.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling