Balanced scorecard konsepsiyasi asosida kompaniyani operatsion boshqarish


Balanced scorecard konsepsiyasidan foydalanish


Download 494.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi494.65 Kb.
#1018853
1   2   3
Bog'liq
BALANCED SCORECARD konsepsiyasi asosida kompaniyani operatsion boshqarish

Balanced scorecard konsepsiyasidan foydalanish.  BSC konsepsi- 
yasini joriy etish uzluksiz jarayon bo‘lib, odatda, korporativ yoki 
strategik biznes jarayon darajasida boshlanadiva bu jarayondan pastki 
operativ darajada tarqalishi mumkin. Shunday qilib, BSC strategik 
boshqaruv tizimidir, shuning uchun u kompaniya yuqori rahbariyati 
loyihalarida faol ishtirok etishi lozim. BSC konsepsiyasini joriy qilgan 
kompaniyalar biznesjarayonlar katta o‘zgarishlar natijalari bo‘lishi 
mumkin bo‘ladigan kuchli raqobat bilan tasdiqlangan. 
Balanced Scorecard Collaborative kompaniyasi bilan birgalikda 
tarmoqlar uchun maxsus strategiyalar shablonlari ishlab chiqilgan. Shab- 
lonlar strategiyalar va mayda strategiyalar yo‘naltirilganligidan qat’i na- 
zar farq qiladi va quyidagi komponentlarga ega: • strategiyalarni yaxlit 
tasvirlash; • to‘rt istiqbolning har biri uchun maqsadlar; • sabab-oqibat 
o‘zaro aloqalari zanjiri; • barcha maqsadlar bo‘yicha mezonlar uchun 
maslahatlar. 


Bu strategiya shablonlarni maxsus strategiyalarni ishlab chiqishdagi 
munozaralar uchun asos sifatida qo‘llash mumkin. Kriteriyalarning 
balanslashgan tizimi g‘oyasi (Balanced scorecard) menejmentning firma 
ichidagi boshqaruv maqsadlari uchun moliyaviy va nomoliyaviy 
ko‘rsatkichlarni muallaq tanlashga erishish istagiga javob beradi. Yangi 
tizim, avvalo, mijoz talabini qondirish, firma ichidagi xo‘jalik jarayon- 
lari, innovatsion faollik, moliyaviy resurslarni yaxshilash bo‘yicha 
chora-tadbirlar kabi korxona faoliyati jihatlarining operatsion mezonlari 
bilan pul ko‘rinishidagi ko‘rsatkichlarning bog‘liqligiga yo‘naltiril- 
gan.Yangi tizim firma maqsadlarini tuzish va ularni o‘zaro bog‘lash 
munosabatida gipotezani ifodalash uchun bazani o‘zida mujassamlash- 
tiradi. Taxmin qilingan maqsadli aloqalar tekshiruvda tasdiqlanadi va 
o‘qitish jarayoni doirasida qo‘llaniladi. Orttirilgan tajriba ularga miq- 
doriy baholash imkonini beradi. Kriteriyalarning balanslashgan tizimini 


qo‘llash keng boshqaruv tizimiga aylanib bormoqda. Shuning uchun 
ko‘pchilik unda o‘zida bir qator sub jarayonlarni; jamlagan operativ 
boshqaruvning to‘liq jarayoni tuzilmasini ko‘radilar: (4.2.7-chizma) - 
istiqbolli reja va strategiyalarni operativ boshqaruvning aniq ko‘r- 
satkichlari shakliga o‘tkazish; 
- strategiyalarni boshqaruvning ishlab chiqilgan ko‘rsatkichlari yor- 
damida umumiy firma iyerarxiyasi past darajasiga kommunikatsiyalash 
va ulash; - strategiyalami rejaga, shu jumladan, budjet rejasiga 
aylanishi; 
- gipoteza tekshiruvi va o‘qitish jarayonlari tashabbuskorligi uchun 
aylanma aloqa o‘rnatish.Unchalik katta bo‘lmagan servis kompaniyasida 
BSC ishlab chiqishning amaliy misolini ko‘rib chiqamiz. 
Tashkiliy iyerarxiya doirasida balanslashgan tizim yuqoridan pastga 
yo‘nalishida realizatsiya qilinadi. 
Tizim butun korxona darajasida ishlay boshlashi lozim, keyin esa, 
xojalik bo‘linmalari darajasida, hattoki, kompaniyaning alohida xodim- 
lari darajasiga chiqariladi deb hisoblanadi. 

Download 494.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling