Balans schyotlari deb, balansda qatnashadigan schyotlarga aytilib, ular boʻyicha ikki yoqlama yozuv amalga oshiriladi


Download 13.21 Kb.
Sana09.12.2021
Hajmi13.21 Kb.
#179472
Bog'liq
Documentkerak


Buxgalteriya hisobi schyotlarini guruxlashdan asosiy maqsad amalga oshirilgan xoʻjalik muomalalarini umumlashtirish, olinadigan maʼlumotlarni soddalashtirishdan iboratdir.

Doimiy schyotlar – bu hisobot davri oxiriga saldoga ega boʻlib, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar, sarmoyalar schyotlaridir.

Aktiv schyot (A) – bu aktivlarni aks ettirishga moʻljallangan schyot boʻlib, unda iqtisodiy resurslarning qoldigʻi va koʻpayishi schyotning debetida, kamayish esa kredit boʻyicha aks ettiriladi.

Passiv schyot (P) – bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga moʻljallangan schyot boʻlib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldigʻi va koʻpayish schyotining krediti boʻyicha, kamayish esa debet boʻyicha aks ettiriladi.

Kontr-aktiv schyot (KA) – bu u bilan bogʻlik boʻlgan aktiv schyotning saldosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.

Kontr-passiv schyot (KP) – bu u bilan bogʻlik boʻlgan passiv schyotning saldosidan chegiraladigan moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sarmoyaning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.

Tranzit schyotlar (T) – bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega boʻlmaydigan daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir.

Balans schyotlari deb, balansda qatnashadigan schyotlarga aytilib, ular boʻyicha ikki yoqlama yozuv amalga oshiriladi.

Balansdan tashqari schyotlar (BT) – bu korxonaga qarashli boʻlmagan, lekin vaqtinchalik tasarrufida boʻlgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli huquqlar va majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga moʻljallangan schyotlardir. Bu schyotlar boshqa schyotlar bilan oʻzaro bogʻlanmaydi va korxonaning hisobotida aks ettirilmaydi.

Sintetik schyotlar xoʻjalik mablagʻlari va ular manbalari haqida umumiy va qiymat koʻrinishidagi maʼlumotlarni olish maqsadida hisob yuritishga moʻljallangan.

Analitik schyotlar maʼlumotlari xoʻjalik mablagʻlari va ularni manbalarini nafaqat qiymat, balki natura hamda mehnat oʻlchovi birliklarida yuritishga moʻljallangandir.

Korxona baʼzi xoʻjalik mablagʻlari hisobini yuritishda bir necha bahodan foydalanish zaruriyati tugʻiladi. Shunday mablagʻlar va ular tashkil topish manbalari hisobini yurituvchi schyotlar tartibga soluvchi schyotlar deb ataladi.

Toʻldiruvchi schyotlar tegishli mablagʻ va ular tashkil topish manbalari hisobini yuritishga moʻljallangan schyot maʼlumotlarini toʻldirish uchun moʻljallangan.

Taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar korxonaning baʼzi bir xarajatlarini hisobga olish va ularni kalkulyatsiya obyektlari yoki hisobot davrlari oʻrtasida toʻgʻri taqsimlash maqsadida qoʻllaniladi.

Yigʻib taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar maʼlum xoʻjalik jarayonidagi xarajatlarni bir oy davomida hisobga olish, bu xarajatlarni iqsiodiy mazmuniga qarab, guruxlashtirish va ularni kalkulyatsiya obyektlari oʻrtasida oldindan qabul qilingan biror bazisga nisbatan mutanosib ravishda taqsimlash uchun xizmat qiladi.

Kalkulyatsiya schyotlari korxona faoliyatida mahsulotlar, sotilgan tovarlar, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlar tannarxini aniqlash uchun xarajatlar hisobini yuritishga moʻljallangan.



Taqqoslovchi schyotlar ayni bir muomalalar yoki korxonaning butun bir moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining natijasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Download 13.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling