3. Boshqa schyotlarga oid qoldiqlarni kiritish


Download 92.24 Kb.
bet1/2
Sana21.02.2023
Hajmi92.24 Kb.
#1217464
  1   2
Bog'liq
Boshlang‘ich qoldiqlarni kiritish texnologiyasi


Boshlang'ich qoldiqlarni kiritish: schyotlar bo'yicha qoldiqlarni kiritish, asosiy vositalar qoldiqlarini kiritish, xodimlarga ish haqi bo'yicha majburiyatlar va boshqa schyotlarga oid qoldiqlarni kiritish.
REJA:
1. Schyotlar bo'yicha qoldiqlarni kiritish, asosiy vositalar qoldiqlarini kiritish
2.Boshlang‘ich qoldiqlar qo‘shimcha 000 schyot orqali buxgalteriya o‘tkazmasi bilan kiritish.
3.Boshqa schyotlarga oid qoldiqlarni kiritish.

1.Korxonalarning buxgalteriya hisobini avtomatlashtirilgan tizimda olib borish uchun korxonalarni shartli ravishda ikkiga bo‘lish lozim: a) yangi ochilgan korxona, b) faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar. Agar korxona yangi bo‘lsa, schyotlar bo‘yicha qoldiqlar kiritilmaydi. Lekin korxona o‘z faoliyatini davom etayotgan bo‘lsa, xo‘jalik operatsiyalarini qayd qilishdan oldin boshlang‘ich qoldiqlarni kiritishi lozim boiadi. Qoldiqlarni hisobot davrining - yil, chorak yoki oyning birinchi sanasida kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Qoldiqlarni kiritish sanasi hisobot davri boshidagi sanadan oldin b oiishi shart. Masalan, yil boshidagi qoldiqlar o‘tgan yilning 31-dekabri bilan kiritilishi lozim. Korxonaning boshlangich qoldiqlarni aniqlab olish uchun, moliyaviy hisobot elementlarining har bir moddasi 19-BHMSga binoan inventarizatsiyadan o'tkaziladi va qoldiqlar aniqlanishi kerak. Masalan, kontragent - mol yetkazib beruvchi - lining to‘liq nomi va manzili, telefon raqami, bankining nomi, bankdagi hisob raqami, MFO kodi, STIR, OKONX kodi, u bilan tuzilgan shartnoma raqami va sanasi. Tovar-moddiy zaxira, xomashyo va materiallar - uning turi, nomi, miqdori - natura va so‘mda, sorti, navi va boshqalar.


Boshlang‘ich qoldiqlarni kiritish yagona shaklda kiritiladi, menyu Korxona (Предприятие) Boshlang‘ich qoldiqlarni kiritish (Ввод начальны х остатков).
Soliqqa tortish tizimdan qat’iy nazar barcha kiruvchi qoldiqlar kiritishda yuqorida ta’kidlangan usulda amalga oshiriladi.
Boshlang‘ich qoldiqlarni kiritish oborot-saldo qaydnomasini eslatadi. Shaklda schyotlar ro‘yxati chiqariladi va bir schyot bo‘yicha boshlang‘ich qoldiq summasi schyotning debeti yoki krediti bo‘yicha aks ettiriladi. Boshlang‘ich qoldiqlar qo‘shimcha 000 schyot orqali buxgalteriya o‘tkazmasi bilan kiritiladi. Qo‘shimcha 000 schyot bo‘yicha qoldiq boshlang'ich qoldiqlarni kiritish sanasida nolga teng bo‘lishi kerak. Kiritilgan qoldiqlarning to‘g‘riligini tekshirish uchun standart hisobot orqali Oborot-saldo qaydnom asi (оборотно-сальдовая ведомость) yoki Schet kartochkasi (Карточка счёта) bilan tekshirish mumkin. Asosiy vositalarning boshlang‘ich qoldiqlarini kiritishda katta e’tibor qaratish kerak. Birinchi bo‘lib, asosiy vositalar hisobi bo‘yicha hujjatlarni shakllantirishda foydalaniladigan ma’lumotlar bazasini o'rganib chiqish zarur. Asosiy vositalar hisobi vositalar (Основные средства) ma’lumotlar bazasida yuritiladi. Unda asosiy vositalar to‘g ‘risidagi ma’lumotlar saqlanadi. Bu ma'lumotlar vaqt o‘tishi bilan va tashkilotning xususiyatidan qat’iy nazar o‘zgarmaydi: nomi, asosiy vosita guruhi (bino, inshoat, mashina va uskunalar, transport vositalar va boshqa), foydalanishga topshirilgan sanasi va boshqalar. Asosisy vositalar ma’lumotlar bazasini shakllantirishdan oldin, Amortizatsiya xarajatlarini aks ettirish usullari (Способы отражения расходов по амортизации) m a’lumotnomasi to‘ldiriladi (menyu Asosiy vosita - Amortizatsiya xarajatlarini aks ettirish usullari (ОС - Способы отражения расходов по амортизации)).
Ho‘jalik operatsiyalari dalillarini ro‘yhatdan o‘tkazishdan oldin dasturda, avvalambor, boshlang‘ich qoldiqlarni kiritish zarur. Agarda tashkilot yangi va oldin ho‘jalik faoliyatini yuritmagan bo‘lsa, boshlang‘ich qoldiqlarni kiritish talab qilinmaydi.
Qoldiqlarni hisobot davri yil, kvartal yoki oy boshiga (birinchisi afzalroq) kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Qoldiqlarni kiritish bo‘yicha operatsiyalar sanasi hisobot davri boshidagi sanadan oldin bo‘lishi kerak, masalan, yil boshi uchun qoldiqlar o‘tgan yilning 31 dekabr kuniga kiritiladi.

Boshlang‘ich qoldiqlarni kiritish Предприятие menyusidagi Ввод начальных остатков umumiy shaklida amalga oshiriladi. U barcha qoldiqlarni qo‘llanilayotgan soliq tizimi





Shaklda Установит дату ввода наchалных остатков (o‘ng tomondagi) havolasi orqali boshlang‘ich qoldiqlarni kiritish sanasi ko‘rsatiladi.





Download 92.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling