Amaliyotda o’rganilishi belgilangan ishlar rejasi Amaliyot o’taladigan ob’ekt va bo’lim nomi


Download 460.82 Kb.
bet1/18
Sana19.06.2023
Hajmi460.82 Kb.
#1623404
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Hisobot






Amaliyotda o’rganilishi belgilangan ishlar rejasi

Amaliyot o’taladigan ob’ekt va bo’lim nomi

Bajarilish muddati

1

Ipoteka tijorat bankining bo’limlari faoliyati bilan tanishish







2

Ipoteka bankining tashkiliy tuzilishi bilan tanishish va ular haqida ko’nikmaga ega bo’lish







3

Ipoteka bank to’grisida qonun va qonun osti hujjatlari haqida tasavvurga ega bo’lish







4

Ipoteka tijorat banki filialining pul muomulasi bo’limi faoliyatini o’rganish







5

Ipoteka tijorat banki filialining kredit bo’limi faoliyati bilan tanishish







6

Ipoteka tijorat banki filialining valyuta operatsiyalari bo’limi faoliyati bilan tanishish va qisqa yoritib o’tish







7

Ipoteka tijorat banki filialining kassa operatsiyalari bo’limi faoliyati bilan tanishish va qisqa yoritib o’tish







8

Ipoteka tijorat banki filialining jamg’arma operatsiyalari bo’limi faoliyati bilan tanishish va qisqa yoritib o’tish







9

Ipoteka tijorat banki filialining bugalteriya hisobi bo’limi faoliyati bilan tanishish







10

Ipoteka tijorat banki filialining avtomatlashtirish bo’limi faoliyati bilan tanishish







11

Ipoteka tijorat banki filialining ichki audit bo’limi faoliyati bilan tanishish







12

Ipoteka tijorat banki filialining investitsiyalash faoliyatini tashkil etish bo’limi faoliyati bilan tanishish







13

Banklarni jismoniy shaxslarga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha imtiyozlar haqida tushunchaga ega bo’lish va qisqa yoritib o’tish







14

Bank xodimlari tomonidan moliyaviy biznes rejalar tuzilishi ustida olib borilayotgan amaliy ishlari haqida tasavvurga ega bo'lish







15

Banklarga moliyavit nazoratni tashkil etilishi tartiblari bilan tanishish









Kirish
Men Abduvohidov Shaxzod 2023-yil 18-yanvar kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutidan biriktirilgan amaliyot rahbarim Latipova Sh. tomonidan amaliyot o’tash uchun zarur bo’ladigan barcha topshiriqlarni oldim va shu kuni “Ipoteka banki” ATIB Samarqand filialiga yetib keldim. Bankdan menga amaliyot rahbar etib Baxramov J. tayinlandi. Amaliyotning dastlabki kunlarida “Ipoteka banki” ATIB Samarqand filiali faoliyati, bank faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va tashkiliy tuzilmasi bilan tanishdim. Amaliyotning qolgan kunlarida “Kichik biznes bo’limi”ning ish faoliyati bilan tanishdim va amaliyotni ushbu bo’limda o’tadim. Ushbu bo’limda amaliyotni o’tash davrida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarga taqdim etilayotgan kreditlar va uning miqdori bilan tanishdim, mijozlarga taqdim etilgan kredit hujjatlarini rasmiylashtirishni o’rgandim va bajargan ishlarimni amaliyot kundaligimda qayd etdim.
Ushbu amaliyotning maqsadi: nazariy bilimlarni amaliy ko’nikmalar bilan mustahkamlash.
Ushbu amaliyotning vazifalari: bank faoliyati haqida dastlabki bilimlarni egallash va tashkiliy tuzilishini o’rganishdir.
Bank – bu kredit-moliya muassasasi, boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi.
O’zbеkistоn Rеspublikasi iqtisоdiyotida bоzоr munоsabatlarini qarоr tоptirish dоlzarb tadbirlardan bo’lgan pul, krеdit va bank tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga оshirishni taqоzо qildi. Bоzоr munоsabatlariga o’tish iqtisоdiy katеgоriya sifatida pulning, krеditning, fоiz, sоliq va bоshqa katеgоriyalarning mоhiyati va ahamiyatiga yangicha yondashish zarurligini taqоzо qiladi. Bоzоr munоsabatlarini talab darajasida tashkil qilish, ishlab chiqarishni rivоjlantirish, kеngaytirish va shu asоsda iqtisоdiy taraqqiyotga erishish krеditdan fоydalanishni, banklar faоliyatining samaradоrligini оshirishni, krеditdan fоydalanishda salbiy hоlatlarni оldini оlishni taqоzо qiladi.
Kredit, boʻsh turgan pul mablagʻlarini ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni pulga muhtoj boʻlib turgan yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Banklar faoliyatini huquqiy jihatdan O‘zbekiston Respublikasining 25.04.1996-yilda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni(2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan) orqali tartibga solinadi1.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: "Kreditlar ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda zarur smanba hisoblanadi."2 Shu borada ko‘rilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar tomonidan investitsiya loyihalarini kreditlash ko‘lami sezilarli darajada kengayib, kredit portfeli hajmi 3,2 barobar oshdi. Hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida 6400 ta loyiha uchun 27 trillion so‘m kredit ajratildi.



Download 460.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling