Amaliyotda o’rganilishi belgilangan ishlar rejasi Amaliyot o’taladigan ob’ekt va bo’lim nomi
Ipoteka tijorat bankining bo’limlari faoliyati bilan tanishish
Download 460.82 Kb.
|
Hisobot
1.Ipoteka tijorat bankining bo’limlari faoliyati bilan tanishish
O’zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Ipoteka banki hozirgi kunda mamlakatimizdagi jadal sur’atlarda rivojlanayotgan ko’ptarmoqli yirik bank sanaladi. U Respublikamiz aholisining deyarli barcha qatlamlari bilan o’zining qator xizmatlari orqali chambarchas bog’lik bo’lish bilan birga, kredit muassasalari hamda korxona va tashkilotlarning bank-moliya xizmati bozoridagi ishonchli hamkorga aylanmoqda. Ipoteka banki O'zbekistonning qadimiy banklaridan biri hisoblanadi: 1996-yil: Ipoteka-bankning tarixi 1996-yil, “Toshkent uy-joy jamgʼarma banki” uy-joy bilan taʼminlash sharoitlarini yaxshilash maqsadida tashkil etilganligiga borib taqaladi. 1997-yil: Uy-joy fondini moliyalashtirish tajribasini butun mamlakat miqyosida ommalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Uy-joy jamgʻarma banki tashkil etildi. 2005-yil: Oʻzbekiston Uy-joy jamgʻarma banki “Zamin-bank” bilan birlashtirildi va Oʻzbekistondagi birinchi ixtisoslashtirilgan ipoteka kreditlash banki sifatida “Ipoteka-bank” ATB tashkil etildi. 2007-yil: Ipoteka-bank O'zbekistonda aksiyadorlik tijorat banki sifatda bank va valyuta faoliyatini amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta rasmiylashtirgan 74-sonli litsenziyasini oldi. Ipoteka-bank Moody’s reyting agentligining “Barqaror” istiqboldagi B1 reytingiga ega boʻlgan birinchi bank boʻldi. 2017-2018-yillar: Ipoteka-bank va Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) oʻrtasida bankni institutsional oʻzgartirish boʻyicha kelishuv imzolandi va Bank XMK ekspertlari bilan keng koʻlamli transformatsiya boshladi. 2019-yil: Xalqaro moliya korporatsiyasi Ipoteka-bankka 35 mln. AQSH dollari ekvivalentidagi bankning aksiyalariga ayirboshlanadigan kredit liniyasi ajratdi. 2020-yil: London Fond birjasida Ipoteka-bank tomonidan 300 mln. AQSH dollari miqdorida xalqaro obligasiyalar chiqarildi. 2021-yil: Ipoteka-bank yangi rivojlanish strategiyasi, yangi tashkiliy tuzilmaga ega korporativ boshqaruv tizimi, biznes modeli, anderrayting va risklarni boshqarish tizimi va turli masofaviy xizmatlarni joriy qildi. Ipoteka-bank Xalqaro Vena fond birjasida milliy valyutada 785 milliard soʻm (75 million AQSH dollari ekvivalenti) miqdorida yevroobligatsiyalarni chiqardi. 2021-yil sentabr oyida, OTP Bank Grup (Vengriya) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan “Ipoteka-bank” aksiyalarining asosiy ulushini sotib olish boʻyicha memorandum imzoladi. Bugungi kunda Davlat tijorat Ipoteka banki eng yirik va universal banklardan biri hisoblanadi. U Germaniyaning Jamg’arma kassalar fondi bilan hamkorlik qiladi. Bu hamkorlikdan asosiy maqsad mijozlarga xalqaro standartlarga muvofiq xizmat ko’rsatish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, germaniyaning yetakchi moliya institutlarida xodimlar malakasini oshirishdan iborat.
Download 460.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling