Xalq banki barcha hududiy filiallari boshliqlariga
Download 335.64 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10 kun muddatda
- 2 xafta muddatda
№ 24-24/123 "17" 02 2022y Xalq banki barcha hududiy filiallari boshliqlariga Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi Sizga, ushbu xat orqali berilayotgan topshiriqlarni shaxsan nazoratga olish va belgilangan muddatda ijrosini ta’minlash uchun yubormoqda. Ma’lumki, bank Boshqaruvining 2014-yil 18-avgustdagi 83/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tizimidagi muhr va shtamplar hisobini yuritish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi” talablari asosida tuman (shahar) filiallarida muhr va shtamplar hisobini yuritish, saqlash va ulardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda ba’zi tuman (shahar) filiallarida ma’sul xodimlar tomonidan muhr va shtamplar hisobini yuritilishi, inventarizasiyadan o‘tkazish hamda eski shtamplarining yo‘q qilinishi o‘z holiga tashlab qo‘yilib, umuman nazorat o‘rnatilmagan. Buning natijasida ba’zi kassalar orqali o‘zlashtirishlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Shunga ko‘ra, zudlik bilan tasarrufingizdagi tuman (shahar) filiallarida boshqaruvchi o‘rinbosari rahbarligi ostida bosh buxgalter, chakana xizmatlar bo‘limi, Ichki nazorat va komplayns menedjeri hamda Axborot texnologiyalari va xavfsizlik sektori ma‘sul xodimlaridan iborat bo‘lgan ishchi guruh tuzish hamda ushbu ishchi guruhga; 10 kun muddatda filial tasarrufidagi universal kassalaridagi muhr va shtamplarni to‘liq inventarizasiyadan o‘tkazish va chakana kassalarining tegishli dumaloq muhr va shtamplarni yo‘q qilish uchun tegishli tartibda qabul qilib olinishi hamda faoliyati tugatilgan kassalarning muhr va shtamplarini belgilangan tartibda yo‘q qilish; 2 xafta muddatda bank tuman (shahar) filiallari binosi ichida joylashgan universal kassalar raqami yozilgan (ilovada ko‘rsatilgan namuna shaklida) shtamplar bilan ta’minlash; Shuningdek, ushbu shtamplardan xodimlar qat’iy nazorat ostida ishlatishi hamda har bir xodim bilan belgilangan tartibda to‘liq moddiy javobgarlik bo‘yicha shartnomalar, topshirish va qabul qilish yuzasidan dalolatnomalar imzolash hamda alohida “Muhr va shtamplarni ro‘yxatga olish kitobi”dan ro‘yxatdan o‘tkazgan holda topshirish va qabul qilish ishlarini amalga oshirish vazifasi yuklatilsin. Yuqoridagilardan kelib chiqib Sizga, yuklatilgan vazifalar ijrosi hamda inventarizasiya natijalari bo‘yicha (Ishchi guruh buyrug‘i, topshirish va qabul qilish bo‘yicha dalolatnomalar, yo‘q qilingan va yangi shtamplardan hamda “Muhr va shtamplarni ro‘yxatga olish kitobi”dan nusxalar ilova qilingan holda) amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joriy yil 3 mart sanasiga qadar Chakana biznes departamentiga taqdim etishingiz talab etiladi. Ilova 3 varaqda. Boshqaruv Raisi o`rinbosari D.Kutliyev Ijrochi: X.Umaraliyeva Tel: 998782736914 Download 335.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling