Balans tuzilishi va uning moddalari mazmuni
Aks ettirish ob’yekti bo’yicha
Download 356.87 Kb.
|
Balans tuzilishi va uning moddalari mazmuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Balansning tarkibiy tuzilishi
- AKTIV PASSIV
- ХO’JALIK MUOMALALARINING BALANSGA TA’SIRI
Aks ettirish ob’yekti bo’yicha:yuridik shaxs bo’lgan korxonaning mustaqil balansi; alohida balans (filiallar, sexlar, bo’linmalar balansi). Tozalanish usuli bo’yicha:brutto-balansi – bu barcha tartibga soluvchi moddalarni o’z ichiga oluvchi balans; netto-balans – bu barcha tartibga soluvchi moddalarni chiqarib tashlab tuzilgan balans; Bizning respubikamizda netto-balansi qo’llaniladi. Balansning tarkibiy tuzilishiBalans
Balans va uning bo’limlari AKTIV PASSIV
= Balans Aktivlar =
ХO’JALIK MUOMALALARINING BALANSGA TA’SIRIHar bir xo’jalik yurituvchi sub’yektda o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida ko’plab xo’jalik muomalalari sodir bo’ladi. Barcha xilma-xil xo’jalik muomalalarining soni ikki mingga yaqin bo’lishi mumkin. 1972 yili professor A.S. Sotvoldiev tomonidan o’zbek tilida chop etilgan (Toshkent - 1972) “Kolxoz va sovxozlarda asosiy ishlab chiqarish-moliyaviy muomalalari bo’yicha buxgalteriya balansidagi schyotlar korrespodentsiyasi”da 1401 xo’jalik muomalalari keltirilgan. Agar hozirgi vaqtda hisobning yangi ob’yektlari (lizing, nomoddiy aktivlar, investitsiya, veksel va sh.k.) vujudga kelganini inobatga olsak, mavjud xo’jalik muomalalari ikki mingdan ham ko’p bo’lishi mumkin. Bu xo’jalik muomalalarining har biri sodir bo’lganda balansga ta'sir qilib, balans moddalari summalarini o’zgartirib yuboradi. Lekin bu xo’jalik muomalalari balansga faqat to’rt yo’l bilan ta'sir etadi. Birinchisi, shunday xo’jalik muomalalari borki, ular balansning faqat aktiviga ta'sir etadi. Bunda balansning aktivida bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi, lekin balansning umumiy summasi o’zgarmaydi. Ikkinchisi, shunday xo’jalik muomalalari sodir bo’ladiki, ular balansning faqat passiviga ta'sir qilib, passivda bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi. Bunda ham balansning umumiy summasi o’zgarmaydi. Uchinchisi, shunday xo’jalik muomalalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga ham passiviga ham ta'sir etib, ular summasini ko’paytirib yuboradi. To’rtinchisi, shunday xo’jalik muomalalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga ham passiviga ham ta'sir etib, ular summasini kamaytirib yuboradi. Balansga ta'sir qiladigan bunday o’zgarishlarni misollarda keltiramiz. Buxgalteriya balansi hisobot davrining I - kuniga tuziladi. Xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda xo’jalik mablag’lari tarkibi va hajmi sodir bo’layotgan muomalalar ta'sirida uzluksiz o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlar balansga albatta ta'sir etadi. Faraz qilaylik, hisobot davrining boshiga korxona balansi quyidagicha bo’lgan: BALANS (Boshlang’ich, qisqartirilgan)
Misolni ko’rib chiqayotganda korxona mablag’lari xo’jalik muomalalarida qatnashayotganda, o’zgarmasdan qolmasligiga e'tibor beramiz: ular yangi xususiyatga ega bo’ladilar yoki bir shakldan ikkinchi shaklga o’tadilar. Shuning uchun davr boshiga ko’rsatilgan dastlabki holati katta o’zgarishlarga duch keladi. Lekin bunda mablag’lar turining umumiy summasi bilan ularning manbalarining umumiy qiymati o’rtasidagi tenglik hech qachon buzilmaydi. Birinchi muomala. Kassadan korxona xodimlariga hisobdorlik shartlari bilan 600 so’m berildi. Pul berilgandan keyin «Kassa» moddasidagi summa 600 so’mga kamayadi va 400 (1000- 600) so’mni tashkil qiladi. Shu bilan bir vaqtda pullarning hisobdorlik shartlari bilan berilishi hisobdor shaxsning ushbu korxonaga qarzining paydo bo’lishiga olib keladi. Demak, balans aktivida hisobdor shaxsning korxonaga bo’lgan 600 so’mlik qarzi aks ettiriladigan «Debitorlar» moddasi paydo bo’ladi. Bunda ushbu muomala ta'sir etgan har ikkala balans moddasi ham aktividir. Mazkur hodisadan mablag’lar aktivining bir moddasidan ikkinchisiga o’tishigina sodir bo’ladi. Aktivning jami o’zgarmaydi va aktiv hamda passiv summalar o’rtasidagi tenglik saqlanib qoladi. Birinchi muomaladan keyin balans quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: BALANS (birinchi muomaladan keyin)
Ikkinchi muomala. Sof foydaning bir qismi (100000 so’m) hisobidan korxona ishining natijalarini yakunlashda qabul qilingan qarorga binoan rezerv kapital tashkil etilgan. Mazkur muomala korxonaning taqsimlanmagan foydasini 100000 so’mga kamaytiradi, lekin balansda yangi modda paydo bo’ladi: xuddi shu summaga dargumon qarzlar bo’yicha zahira. Demak, endi foyda miqdori 200000 (300000-100000) so’mni zahira jamg’armai esa - 100000 so’mni tashkil qiladi. Ikkinchi muomala natijasida faqat mablag’lar manbai o’zgaradi. Bir manba (foyda)ning kamayishi hisobiga boshqa (zahira jamg’armai) paydo bo’ladi. Bu muomala faqat passiv va kontraktiv moddalarga tegishlidir. Bunda passivning jami summasi o’zgarmaydi. Demak, aktiv va passiv summalaridagi tenglik ham buzilmaydi. Ikkinchi muomaladan keyingi balansni tuzamiz: BALANS (ikkinchi muomaladan keyin)
Uchinchi muomala. Mol yetkazib beruvchilardan sotib olingan 250000 so’mlik materiallar korxonaga kelib tushdi, lekin puli to’lanmadi. Mazkur muomala, birinchidan, materiallarning miqdorini ko’payishiga olib keladi. Demak, balansning «Xom ashyo va materiallar» moddasi 250000 so’mga oshadi. Ikkinchidan, materiallar mol yetkazib beruvchilardan sotib olinib, puli hali to’lanmagani uchun, korxonaning mol yetkazib beruvchilar oldida qarzi paydo bo’ladi. Balansda bu «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar » moddasi bo’yicha aks ettirilib, uning summasi ham 250000 so’mga oshadi va 750000 so’mga teng bo’ladi. Balansda aks etirilish tavsifi bo’yicha ushbu muomala oldingisidan farq qiladi. U bir vaqtning o’zida aktivga ham, passivga ham tegishlidir. Lekin uning aktivda ham, passivda ham yuzaga keltirgan o’zgarishlari bir xil summada ifodalanadi va bir tomonga yo’naltilgandir. Demak, aktiv va passivning jami summalari bir xilda o’zgaradi va ularning o’rtasidagi tenglik saqlanib qoladi. Uchinchi muomaladan keyin balans quyidagicha bo’ladi: BALANS (uchinchi muomaladan keyin)
To’rtinchi muomala. Hisob-kitob schyotidan bankka kredit bo’yicha qarzni uzish uchun 200000 so’m o’tkazilgan. Bu muomala hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larining kamayishiga olib keladi va bir vaqtning o’zida korxonaning kreditlar bo’yicha qarzining qisqarishiga olib keladi. Demak, balansda «Hisob-kitob schyoti» bo’yicha summa 299000 (499000 – 200000) so’mgacha kamayadi va «Bank kreditlari» passiv moddasi bo’yicha 0 (200000 – 200000) gacha kamayadi, ya'ni bu modda passiv moddasidan chiqarib tashlanadi. To’rtinchi muomala balans yakunlarini bir miqdordagi summaga kamaytirdi. Shuning uchun balans aktivi va passivi yakuniy summalari o’rtasidagi tenglik bu muomaladan keyin ham saqlanib qoladi. To’rtinchi muomaladan keyin balans quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: BALANS (to’rtinchi muomaladan keyin)
Keltirilgan to’rtta muomalalar ularni balansda aks ettirishning sodir bo’lishi mumkin bo’lgan hodisalarni o’z ichiga oladi (balans o’zgarishlarining turlari). Boshida balansning faqat aktiviga yoki passiviga ta'sir qiladigan voqealar (birinchi va ikkinchi muomalalar) ko’rsatilgan edi. Bunda balansda uning aktivi va passivini o’zgartirmaydigan summalarning faqat qayta guruhlantirilishi bo’lib o’tgan edi. Bu balans o’zgarishlarining birinchi va ikkinchi turlaridir. Boshqa muomalalar balansning aktiviga ham passiviga ham ta'sir etadi. Bunda qar ikkala ta'sir qilinadigan moddalar ularning yoki ko’payishi (uchinchi muomala) yoki kamayishini (to’rtinchi muomala) yuzaga keltiradi. Balans yakunlari tegishli tartibda ko’payadi yoki kamayadi/ bu balans o’zgarishlarining uchinchi va to’rtinchi turlaridir/ Yuqoridagi bayonlarga asoslanib, balansli o’zgarishlar tiplarini quyidagi tarzda ifodalash mumkin:
1 t.o’. 2 t.o’. 3 t.o’. 4 t.o’. Balansli o’zgarishlar turlarining mohiyatini aniqlash balans xususiyatlarini, ya'ni har qanday muomala uning albatta ikki moddasiga ta'sir etishini va hech qachon aktiv bilan passiv o’rtasidagi tenglikni buzmasligini tushunib olish uchun zarurdir. Muomalalarning iqtisodiy mazmunini o’rganishga ushbu guruhlash hech qanday aloqasi yo’q. Download 356.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling