Balans tuzilishi va uning moddalari mazmuni
Buxgalteriya balansidagi to’rt xil o’zgarish
Download 356.87 Kb.
|
Balans tuzilishi va uning moddalari mazmuni
Buxgalteriya balansidagi to’rt xil o’zgarish.O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR KORXONALARINING BALANSLARI O’RTASIDAGI FARQLARO’zbekiston Respublikasi bilan chet el mamlakatlari balanslari bir birovlaridan farq qiladi. Garchi umumiy tashqi ko’rinishidagi o’xshashlik (ularning ikki tomonlamaligi, qismlarining bir xil nomlanishi va hokazo) bo’lgan bo’lsa ham, bu farqlar dastlab oldingi tuzumni ijtimoiy- iqtisodiy xususiyatlari bilan shartlangandir. Ularning o’rtasidagi bu farqlarni yaxshi tushunib olish uchun AQShning yirik kompaniyalaridan birining balansini keltirib, uni yuqorida keltirilgan balans bilan solishtirib, ularning xususiyatlarini aniqlash mumkin. KOMPANIYA BALANSI 20 й. 31 dekabrga
Nomoddiy aktivlar Savdo markalari 500 Aktivlar jami 158916 Passiv
Birinchi navbatda shuni ta'kidlash lozimki, ularda o’zlarining mazmunlari bilan farq qiladigan qator moddalar mavjud. Masalan, vatanimiz balansi aktiv moddalari guruhlanishining tuzilishi resurslarning nolikvidligiga asoslangan, shuning uchun avval asosiy vositalar va ularning eskirishi, nomoddiy aktivlar va ularning amortizatsiyasi, so’ngra ishlab chiqarish zahiralari va chiqimlar va faqat ulardan keyin pul mablag’lari keltirilgan. Chet el mamlakatlarining balansida esa dastlab pul mablag’lari, keyin ishchi kapital va so’ngida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar aks ettiriladi. Mablag’lar manbaining muhim moddasi hisoblangan «Ustav kapitali» shu korxonalar mablag’larining asosiy qismi firmaning xususiy kapitali va mulk egalari tomonidan korxonaga qo’yilgan mablag’larning hajmini tavsiflovchi foyda hisobidan tashkil topganligini ko’rsatadi. Keltirilgan balansda bundaylar korxonaning aktsiyadorlik kapitali, aktsiyalarni sotishdan olingan emissiya daromadida keltirilgan moddalar hamda bizning balansda bitta modda bilan aks ettiriladigan taqsimlanmagan foydadan iborat. Undan tashqari, bizning balansda «Byudjetdan moliyalash» moddasi ko’zda tutilgan. Chet el korxonalaridagi korxonalar balansida davlat byudjetidan ajratilgan mablag’larni aks ettiruvchi moddalar juda kam uchraydi, chunki u erda davlat faqat uning buyurtmalarini bajaradigan xususiy korxonalargagina mablag’ ajratadi. Chet el korxonalarining balansida shuningdek bizning balanslarimizda ko’zda tutilmagan moddalar mavjud. Ularga, masalan, debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitob muomalalarining alohida shaklini anglatuvchi «Olinadigan schyotlar va veksellar» va «To’lanadigan schyotlar va veksellar» moddalari kiradi. Bizning korxonalar balanslari chet el korxonalari balanslaridan shuningdek bir turdagi moddalarning har xil salmoqqa ega ekanliklari bilan ham farq qiladilar. Masalan, korxona kassasida belgilangan limitdan ortiq summani, ish haqi berish kunlaridan tashqari, uzoq muddatda saqlab turish man’ etilgan, yirik summadagi debitorlik va kreditorlik qarzlari odatda kam uchraydi. Chet el korxonalari balansida bu moddalarning salmog’i boshqachadir. Bu korxonalar balansida «Naqd pullar» moddasining salmog’i ancha kattadir. Bu esa aktsiyadorlar va kreditorlarning korxonaning moliyaviy mustahkamligiga bo’lgan ishonchini saqlab turish imkonini beradi. Lekin bu korxonalar balansidagi debitorlik va kreditorlik qarzlar moddasi bo’yicha qoldiqlar bizning balansimizdagiga qaraganda juda yuqoridir, chunki u erda tijoratli kreditlash,ya'ni xo’jalik tashkilotlari tomonidan tovarlarni sotish va xarid qilishda ular uchun to’lovlar muddatlarini cho’zish yo’lida foydalanish keng tarqalgan. O’zlarining hajmlariga ko’ra boshqa korxonalarga turli tuman qo’yilmalarni aks ettiradigan moddalar (aktivning 6 moddasi) ko’pdir. «Qimmatli qog’ozlar» moddasi (aktiv moddasi) bilan birgalikda ular ushbu korxonadagi bo’sh kapitalning yo’nalishini ko’rsatadi. O’zlarining kapitallarini boshqa korxonalarga, shu jumladan chet eldagi korxonalarga, qo’yish bilan zamonaviy yirik korxonalar o’zlarining mablag’larini qo’yish ob’yektlarini kengaytirishga va mahsulotni sotishning yangi bozorlarini tortib olishga erishadilar. Bizning va chet el korxonalarining balanslari shuningdek mablag’lar va ularning manbalari turlarining har xil batafsilligi bilan ham farq qiladi. Masalan, chet el korxonalari balansida ish haqi bo’yicha majburiyatlar, uncha katta bo’lmagan summalarni birlashtirish maqsadida soliqlar bo’yicha to’lovlar va boshqa muddatli majburiyatlar bilan (passivning 3 moddasi) birgalikda ko’rsatiladi. Download 356.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling