Balansdan tashqari rudalardan oltinni ajratib olish
Bank kafolatlarining tasnifi
Download 54.5 Kb.
|
BALANSDAN TASHQARI RUDALARDAN OLTINNI AJRATIB OLISH
Bank kafolatlarining tasnifi.
Xalqaro bank amaliyoti Shuni ko‘rsatadiki, 100 yillar davomida banklar aholidan o‘zlarining mablag‘larini ko‘paytirish maqsadida mablag‘lar jalb etilgan va qarzlarga asosiy daromad manbai sifatida tayanib qolishgan. Oxirgi yillarda esa banklar oldida jiddiy muammolar paydo bo‘lib qoldi, ya’ni omonatchilar jamg‘armalari va qarz oluvchilardan qarz mablag‘lariga bo‘lgan talablar orasidagi farqdan oshishi va odatiy qarz oluvchilar banklardan tashqari yana boshqa foydali kapital quyish manbalarini topishdi. Nobank moliyaviy institutlar (brokerlik, dilerlik, sug‘urta kompaniyalari) banklardan farqli ravishda naqd pulni boshqarishning yangi xizmatlarini taklif qilishdi. Buning oqibatida depozitlarning hajmi kutilgandan ko‘ra pasaydi va banklar yangi mablag‘ jalb etish yo‘llarini qidirishga majbur bo‘linmoqda. Bir qancha moliyaviy yangiliklar oxirgi vaqtlarda ommaviylashmoqda va ular fondlar o‘rtasidagi farqni to‘ldirishda keng yordam bermoqda. Bularga aktivlar sekyuritizatsiyasi, qarzlar savdosi, kredit kafolatlarini chiqarish, kreditda mijozlarning ist’emolini himoyalashni kiritish mumkin. Bank tashkilotlari va qarz oluvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni asosiy tamoyillridan biri bu bank beradigan qarzlarning ta’milanganligidir. Kreditni so‘ndira olmaslik riskidan qochish uchun qarzdor ta’minotga ega bo‘lishi lozim (ishonch kreditidan tashqari). Belgilangan qonun-qoidalarga ko‘ra bank tomonidan beriladigan kreditlar uchun ta’minot bo‘lib mol-mulk, qimmatli-qog‘ozlar, uchinchi shaxs kafolati, kredit so‘ndirilmasligi sug‘urtasi hisoblanadi. Shu tufayli oxirgi yillarda moliyaviy kafolatlar bozori rivojlanmoqda. Kafolatlar qarz beruvchining kreditorlar olgan qarzni sug‘urtalash orqali riskdan qochish va moliyaviy xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi. Moliyaviy kafolatlar qarzdor bankrot hisoblanib shartnomani bajarib bera olmagan taqdirda ham asosiy qarzni va foizlarni vaqtinchalik to‘lash uchun mo‘ljallangan. Balansdan tashqari faoliyatga asosan kredit kafolat xati, rezerv akkreditiv, tijorat akkreditiv va derivativlar kiradi. Moliyaviy kafolatlarining bir necha xili amalda bo‘lsa ham AQSH banklari doirasida kredit xati (KKX) keng tarqalgan KKX bankning balansdan tashqari majburiyati hisoblanadi. Bunday bank yoki nobank tashkiloti kreditni o‘zining jamg‘armalari hisobidan depozit shaklida yopadi va ularning joylashtirilishi bank krediti orqali qisartiriladi. Sekyuritizatsiya bosqichi turli xil darajalardan iborat. Birinchidan riskdan holi daromadli likvidli investitsion kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlari jamg‘arilishi ko‘payadi. Ikkinchidan yaxshi faoliyat yuritish aksiya, obligatsiya shaklidagi qimmatli qog‘ozlarning jamg‘arilishiga olib keladi.Bu esa real aktivlarga nisbatan moliyaviy aktivlarning oshishi va umumiy moliyaviy aktivlar tarkibida qimmatli qog‘ozlar salmog‘ini oshiradi. O‘zbekiston moliya bozorida banklar etakchi o‘rinni egallashi qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanmaganligi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining faolmsaligi bank aktivlarining sekyuritizatsiyalashning qo‘llanmasligiga olib keldi. Sekyuritizatsiyalash tamoyili 1970 yillarda paydo bo‘lgan va bu orqali bank qarzlari fond bozorida erkin aylanuvchi qimmatli qog‘ozlar sifatida aylanadi. Sekyuritizatsiyada bank daromadli aktivlarning bir qismini ipoteka va iste’mol ssudalariga joylashtiradi va ular ostida qimmatli qog‘ozlar emissiya qilib sotadi. To‘lash chog‘ida daromadni aksiya egalari tomonga qaytaradi va yangi daromadidan foydalaniladi Download 54.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling